Qo‘ldasheva Dilnavoz Xatamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Furqat g‘azallarining lingvopoetik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2022.1.PhD/Fil2168.    
Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifa Madaliyevna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Uluqov Nosirjon Muhammadaliyevich, filologiya fanlari doktori, professor, Jamoliddinova Dilnoza Mirxojiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Furqat g‘azallarida qo’llanilgan lisoniy birliklarni struktur-semantik va funksional-uslubiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Furqat g‘azallarida qo’llanilgan lisoniy vositalarning shakliy va ma’noviy munosabatlari, 2 tarkibdan 5 tarkibgacha bo’lgan sinonim birliklar, o’z va o’zlashgan qatlam, leksemalar ziddiyatiga asoslangan antonimik birliklarning semantik xususiyatlari, uslubiy va funksional o’zgarishlari asoslab berilgan;
Furqat she’riyatida qo’llanilgan telegrom, vistavka, gimnaziya, moshina singari umumiy, otash aroba, musulmoniya, nozikshunos kabi individual neologizmlar, shuningdek, qamar, sahv, kotib, qudrat, istig‘no, forig‘ kabi arabcha, chashma, bejo, dilbasta, zulf, jodu singari fors-tojikcha va tansa, pech, poroxot, muzikon kabi ruscha-baynalmilal so’zlarning o’rni, ulardagi ma’no kengayishi va torayishiga xos lug‘aviy qonuniyatlar ochib berilgan;
shoir g‘azallarida qo’llanilgan Kan’on, Dovud, Iskandar, Yusuf, Masih, Majnun, Farhod singari yuzga yaqin antroponim va Kashmir, Xo’tan, Yaman, Xito kabi toponimlarning mumtoz badiiy matndagi funksional xususiyatlari aniqlangan;
ijodkorning badiiy mahoratini belgilovchi biomorf, fazoviy, zoomorf, ornitonimik kodli individual o’xshatishlar, shoir g‘azallarida keng qo’llanilgan metafora, jonlantirish, sifatlash va badiiy takrorning an’anaviy va o’ziga xos lisoniy vositalar bilan ifodalanishi, ularning shoir ijodida tutgan badiiy qimmati yoritib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Furqat g‘azallarining lingvopoetik xususiyatlarini tadqiq etish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Furqat g‘azallarida qo’llanilgan lisoniy vositalarning shakliy va ma’noviy munosabatlari, 2 tarkibdan 5 tarkibgacha bo’lgan sinonim birliklar, o’z va o’zlashgan qatlam, leksemalar ziddiyatiga asoslangan antonimik birliklarning semantik xususiyatlari, uslubiy va funksional o’zgarishlariga doir xulosalardan O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan olib borilgan XT-F2-011 “Qoraqalpoq tilini o’qitishni takomillashtirishning nazariy-uslubiy asoslarini kompleks tadqiq etish va konsepsiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi va “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so’z yasalishi” (2021-2026) mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanildi (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali 2022-yil 20-oktabrdagi 282-son ma’lumotnomasi va 282/1-son dalolatnomasi). Natijada qoraqalpoq tilida funksional so’z yasalishi xususiyatlarini tahlil qilishda muayyan badiiy matnlardagi leksik birliklarning shakliy va ma’noviy munosabatlari sharhi boyitilishiga erishilgan; 
Furqat she’riyatida qo’llanilgan telegrom, vistavka, gimnaziya, moshina singari umumiy, otash aroba, musulmoniya, nozikshunos kabi individual neologizmlar, shuningdek, qamar, sahv, kotib, qudrat, istig‘no, forig‘ kabi arabcha, chashma, bejo, dilbasta, zulf, jodu singari fors-tojikcha va tansa, pech, poroxot, muzikon kabi ruscha-baynalmilal so’zlarning o’rni, ulardagi ma’no kengayishi va torayishiga xos lug‘aviy qonuniyatlariga oid xulosalardan O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan olib borilgan F3-2016-0908165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfavit va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamenal loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 20-oktabrdagi 283-son ma’lumotnomasi va 283/1-son dalolatnomasi). Natijada qoraqalpoq tilining semantik-tarkibiy tuzilishini yoritishga erishilgan, leksik birliklarning ma’no xususiyatlari boyitilgan;
shoir g‘azallarida qo’llanilgan Kan’on, Dovud, Iskandar, Yusuf, Masih, Majnun, Farhod singari yuzga yaqin antroponim va Kashmir, Xo’tan, Yaman, Xito kabi toponimlarning mumtoz badiiy matndagi funksional xususiyatlarini aniqlashga doir ilmiy xulosalardan O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan olib borilgan F3-2016-0908165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfavit va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamenal loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 20-oktabrdagi 283-son ma’lumotnomasi va 283/1-son dalolatnomasi). Natijada o’tkazilgan loyiha va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar badiiy-ilmiy jihatdan mukammallashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish