Raximov Zakir Azimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Odil Yoqubov tarixiy romanlari poetikasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Fil252. 
Ilmiy maslahatchi: Sabirdinov Akbar G‘ofurovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Tojiboyeva Muqaddas Abdurahimovna, filologiya fanlari doktori; Yakubov Islamjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Nasirov Azimiddin Normamatovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Odil Yoqubov tarixiy romanlari poetikasining o‘ziga xos jihatlari ushbu janr spesifikasi, sujet-kompozision xususiyatlari, badiiy xronotop, individual uslub va badiiyat masalalarini ochib berishdan iboratdir. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    tarixiy roman genezisi va taraqqiyot bosqichlari, konsepsiyasi, semantik strukturasi va badiiyati bilan bog‘liq poetik jihatlar ijtimoiy-siyosiy, adabiy muhit bilan uyg‘unlikda ochib berilgan;     
    Odil Yoqubov tarixiy romanlari sujet qurilishidagi izchillik, tarixiy qahramon talqinidagi yozuvchi mahorati, tarixiy voqelik falsafiy fikr ifodasi uchun xizmat qilib, badiiy-estetik funksiya bajarishi isbotlangan;
    davr va qahramon talqinidagi tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima, ijodkor dunyoqarashi va badiiy qahramonlar o‘rtasidagi tasvir mushtarakligi adib tarixiy romanlari asosida qiyosiy-tipologik jihatdan isbotlangan;
    yozuvchining badiiy qahramon va harakter yaratish, tarixiylik va zamonaviylik, milliylik va umuminsoniylikni ifodalash mahorati tarixiy roman rivojidagi yetakchi tamoyil va taraqqiyot bosqichlari orqali asoslangan;
    adib tarixiy romanlarining xronotop poetikasi tarixiy qahramon va badiiy personajlar, zamon va makon, harakter va ruhiyat munosabati bilan bogliq ekanligi dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Odil Yoqubov tarixiy romanlari poetikasi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
tarixiy roman genezisi va taraqqiyot bosqichlari, konsepsiyasi, semantik strukturasi va badiiyati bilan bog‘liq poetik jihatlar ijtimoiy-siyosiy, adabiy muhit bilan uyg‘unligiga oid tavsiya va xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 9-avgustdagi 191-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy ahamiyati ortgan;
Odil Yoqubov tarixiy romanlari sujet qurilishidagi izchillik, tarixiy qahramon talqinidagi yozuvchi mahorati, tarixiy voqelik falsafiy fikr ifodasi uchun xizmat qilib, badiiy-estetik funksiya bajarishiga xususidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 9-avgustdagi 191-son ma’lumotnomasi). Shu asosda adabiyoshunoslikda tarixiy roman shakllanishi va tadriji, poetikasiga oid tegishli ilmiy-nazariy xulosalar chiqarilgan;    
davr va qahramon talqinidagi tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima, ijodkor dunyoqarashi va badiiy qahramonlar o‘rtasidagi tasvir mushtarakligi adib tarixiy romanlari asosida qiyosiy-tipologik jihatlariga oid xulosalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020-yillarda bajarilgan F3-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfavit va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 9-avgustdagi 192-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida o‘zbek romanchiligining tarixiy taraqqiyoti, bu jarayonda Odil Yoqubov ijodi va tarixiy romanlari badiiyatida xalq og‘zaki ijodi an’analarining tasviri muammolari ochib berilib, olingan nazariy va amaliy natijalarning qo‘llanilishi natijasida roman poetikasi, janr, kompozisiya, obraz xronotopiga doir nazariy xulosalarga ega bo‘lingan, natijada loyihalarning ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy ahamiyati ortgan;
yozuvchining badiiy qahramon va harakter yaratish, tarixiylik va zamonaviylik, milliylik va umuminsoniylikni ifodalash mahorati tarixiy roman rivojidagi yetakchi tamoyil va taraqqiyot bosqichlari yuzasidan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271 hamda 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli Qarorlarida belgilangan vazifalarning bevosita ijrosini ta’minlash, aholi o‘rtasida kitob, badiiy adabiyot, xususan, o‘zbek tarixiy romanlari va Odil Yoqubov ijodi targ‘ibotini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat Markazining 2022-yil 14-sentabrdagi 02/02/1299-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘tkazilgan tadbirlar va targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligiga erishilgan;
adib tarixiy romanlarining xronotop poetikasi tarixiy qahramon va badiiy personajlar, zamon va makon, harakter va ruhiyat munosabati bilan bogliq ekanligi yuzasidan xulosalardan Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2020-2022-yillarda efirga uzatilgan “Ma’naviyat sarchashmasi”, “Adabiy muhit”, “Qadriyat” ko‘rsatuvlarida, shuningdek, “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi” radioeshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 19-sentabrdagi 01-04-12/110-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashdi, ilmiy dalillar bilan boyidi, ko‘rsatuvlarning sifati oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish