Tursunova Faridaxon G‘aniyevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hajviy asarda monologik nutqning o‘ziga xos xususiyatlari (Abdulla Qodiriy asarlari misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1110.    
Ilmiy rahbar: Solijonov Yo‘ldoshxo‘ja, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Tojiboyeva Muqaddas Abdurahimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr o‘zbek adabiyotining yangilanish jarayonida Abdulla Qodiriy hajviy asarlari, felyeton va hangomalarining o‘rnini, adib asarlarida badiiy nutq tiplari, xususan, monologik nutqning o‘ziga xos xususiyatlari orqali badiiy mahorat, individual uslub xususiyatlarini ochib berishdan iborat.    
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
XX asr o‘zbek adabiyotining yangilanish jarayoni va Abdulla Qodiriyning monologik nutq vositasida jamiyatdagi jaholat, qabohat, qoloqlik singari illatlarni achchiq kulgu yo‘li bilan fosh etish uchun hajviy qahramon, tipik xarakter yaratishdagi izlanishlari, yangicha obrazlar kashf etishdagi badiiy mahorati asoslangan;
hajviy xarakter yaratishda tashqi, ichki, epistolyar monologdan foydalanish, qahramon nutqini individuallashtirish borasida adibning mahoratini ko‘rsatish, monologik nutqni tasniflash yo‘li bilan muayyan davr ruhi ochib berilgan;
hajviy asarda monologik nutqning shakllanishiga ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, milliy urf-odatlar kabi omillarning ta’siri, shuningdek, qahramon ichki dunyosini ochishda qo‘llanilgan tasviriy vositalar: mubolag‘a, o‘xshatish, folklor an’analarining yoritilishi, frazeologizm, vulgar, varvar so‘zlar, maqol va o‘zlashma so‘zlar yordamida hajviy qahramon nutqi orqali uning xarakter qirralari ochib berilgan.
Kalvak maxzum, Toshpo‘lat tajang, Sharvon xola nutqiga xos xususiyatlarni qiyoslash, qahramon xarakteri, portretini yaratishda monologik nutqning o‘rnini belgilash orqali Abdulla Qodiriyning o‘zbek adabiyotida hajvchilik maktabini yaratgan yetuk so‘z san’atkori ekanligi isbotlangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hajviy asarda monologik nutqning o‘ziga xos xususiyatlari (Abdulla Qodiriy asarlari misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:
Kalvak maxzum, Toshpo‘lat tajang, Sharvon xola nutqiga xos xususiyatlarni qiyoslash, qahramon xarakteri, portretini yaratishda monologik nutqning o‘rnini belgilash orqali Abdulla Qodiriyning o‘zbek adabiyotida hajvchilik maktabini yaratgan yetuk so‘z san’atkori ekanligi doir xulosalardan 2021-2022 yillar “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan Web sayt, multimediya mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi FZ-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek folklor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat Xoreografiya Akademiyasining 2022-yil 6-apreldagi 1/04-18-son ma’lumotnoma). Natijada rus, ingliz, fransuz tillarini o‘rganuvchilar uchun o‘zbek xalqi madaniyati, milliy urf-odatlari va qadriyatlari, Abdulla Qodiriy ijodi va hajviy qahramonlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lgan;
hajviy xarakter yaratishda tashqi, ichki, epistolyar monologdan foydalanish, qahramon nutqini individuallashtirish borasidagi adibning mahorati doirasida e’lon qilingan “Abdulla Qodiriy hajviyalarida monologik nutq” nomli maqoladan “Adabiyoshunoslik nazariy kurslari bo‘yicha o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish mavzusidagi OT-A1-46 raqamli amaliy loyiha (2017-2018) ish rejasidagi oliy o‘quv yurti talabalari uchun “Adabiyot nazariyasi asoslari” nomli darslikning “Badiiy nutq” mavzusini o‘rganish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxatiga kiritilgan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 12-yanvardagi 39-04-84-son ma’lumotnoma). Natijada talabalarning “Badiiy nutq” mavzusini to‘liq o‘zlashtirishlariga qulaylik yaratilgan;
XX asr o‘zbek adabiyotining yangilanish jarayoni va Abdulla Qodiriyning monologik nutq vositasida jamiyatdagi jaholat, qabohat, qoloqlik singari illatlarni achchiq kulgu yo‘li bilan fosh etish uchun hajviy qahramon, tipik xarakter yaratishdagi izlanishlari, yangicha obrazlar kashf etishdagi badiiy mahoratidan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2022-yil 14-apreldagi 04-36-768-son ma’lumotnoma). Natijada dissertatsiyada yoritilgan qator masalalar keng ommaga namoyish etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish