Xatamov Ulugbek Altibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda uranoplastikadan keyingi yallig‘lanish asoratlarini oldini olish», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1255.
Ilmiy rahbar: Ikramov Gayrat Alimovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Fomenko Irina Val`erevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Boymurodov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Egey universiteti (EGE UNIVERSITY) (Turkiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasi va mahalliy himoya omillarini inobatga olgan holda, tug‘ma tanglay kemtiklari bo‘lgan bolalarda uranoplastikadan keyingi yallig‘lanish asoratlarini oldini olish va davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tug‘ma tanglay kemtigi bo‘lgan bolalarda uranoplastikadan oldin disbakterioz ko‘rsatkichi bo‘lgan anaerob flora miqdorining kamayganligi va immunitet tanqisligining namoyon bo‘lishi sifatida nospesifik himoya omillari (lizotsim, slgA, NFF) darajasini kamayganligi aniqlangan;
bemorlarni operatsiyadan oldin va keyin an’anaviy tarzda davolashda og‘iz bo‘shlig‘i disbakteriozi va himoya omillari darajasini normallashtirmasligi amaliyot kechirganlarning yallig‘lanish asoratlarini rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan;
mazkur patologiyali bolalarda yallig‘lanish jarayonlarini erta davrda tashhislash imkonini beruvchi operatsiyadan keyingi asoratlarni boshoratlash usuli ishlab chiqilgan;
sitologik tadqiqotlarda antiseptiklar va keratoplastiklarni birgalikda qo‘llanilishi yarani mikrobli flora bilan obsemenatsiyasini kamayishi, epitelial hujayralar, fibroblastlar, kollagen tolalari miqdorini oshishi, yara epitelizatsiyalandi va operatsiyadan keyingi asoratlar darajasini kamayishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda uranoplastikadan keyingi yallig‘lanish asoratlarini oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
YuLTTK bo‘lgan operatsiyadan oldingi tayyorgarlikni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Yuqori lab va tanglayning tug‘ma nuqsoni bo‘lgan bolalarni uranoplastikaga operatsiyadan oldin tayyorlashni takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 yanvardagi 8n-r/31-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma YuLTTK bo‘lgan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotsinozini inobatga olgan holda, operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
bolalarda o‘tkazilgan uranoplastikadan keyingi yallig‘lanishli asoratlarni oldini olish usulini ishlab chiqish va takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Yuqori lab va tanglayning tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalarda uranoplastikadan keyingi yallig‘lanishli asoratlarni oldini olishni takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 yanvardagi 8n-r/41-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yallig‘lanishli asoratlarni kamaytirish yo‘li bilan jarroohlik davolash usulini samaradorligini oshirish imkonini bergan;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi bolalar yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limi, Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi yuz-jag‘ jarooxligi bo‘limlari amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 fevraldagi 8n-z/101-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi YuLTTK bo‘lgan bolalarning stomatologik salomatligini yaxshilash, tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish, davolash va profilaktikaning takomillashtirilgan usullarini qo‘llash hisobiga bemorlar hayot sifatini yaxshilash, terapevtik samaradorlikni oshirish, statsionar davolanish muddatini qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini bergan.