Sadullayeva Moxira Atavullayevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


Umumiy ma’lumotlar.
“Luqmon Bo‘rixonning qissa va hikoyalarida badiiy mahorat masalasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2732.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: G‘ayipov Dilshod Qadambayevich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Bahodir Nurmatovich, filologiya fanlari doktori, professor; Keruenov Turganbay Arazmedovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Luqmon Bo‘rixonning hikoya va qissalari poetikasi hamda yozuvchining badiiy mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Luqmon Bo‘rixon ijodida badiiy-estetik tafakkurining yuksalishiga ijtimoiy, ma’naviy omillar ta’sir ko‘rsatganligi, ijodkorning so‘z qo‘llash mahorati, obraz yaratish iqtidori ochib berilgan;
yozuvchi nasri poetikasini tashkil etuvchi syujet chizig‘i, epigraf, kiritma voqea, portret, peyzaj kabi uslubiy-kompozision va badiiy tasvirni kuchaytiruvchi vositalar (ritorik so‘roq gaplar, undov so‘zlar, undalmalar), alliteratsiya, tashbeh va takror singari ifodaviy unsurlar tizimi belgilanib, badiiy talqinda hayotiylik, ramziylik, umumbashariy qadriyatlarga sodiqlik tamoyillari yetakchilik qilganligi dalillangan;
adib hikoyalarida hayotiy voqeliklar va olamni badiiy tasavvur qilish uslubi, qahramonlar ruhiyati va xarakteridagi samimiylik, ochiqko‘ngillilik, quvnoqlik, mardlik singari milliy qadriyatlar, adolat, hurmat, mehr-oqibat, sevgi, haqiqat kabi umuminsoniylik qirralar ochib berilgan;
Luqmon Bo‘rixon qissalarida real hayot manzaralarini tashqi, ya’ni zohiriy emas, balki insonning ichki, botiniy olamini kashf etishdagi ahamiyatini yoritish orqali olam va odamni badiiy inkishof qilish iste’dodi yozuvchining dunyoqarashi bilan bog‘liqlikda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.    Luqmon Bo‘rixon qissa va hikoyalaridagi badiiy mahorat muammosini tadqiq etish hamda uning o‘zbek nasri takomilidagi ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish jarayonida olingan ilmiy natijalaridan: 
Luqmon Bo‘rixon ijodida badiiy-estetik tafakkurining yuksalishiga ijtimoiy, ma’naviy omillar ta’sir ko‘rsatganligi, ijodkorning so‘z qo‘llash mahorati, obraz yaratish iqtidori ochib berilgani haqidagi xulosalardan A1-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy va 2017-2020-yillarda amalga oshirilgan F3-2016-0908165532 - raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfavit va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotni rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental tadqiqoti loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 9-avgustdagi 193-son ma’lumotnomasi). Natijalar Luqmon Bo‘rixon asarlari badiiyati, ijodkor mahorati masalalarini tadqiq qilish orqali bugungi o‘zbek nasri taraqqiyotini o‘rganishda adabiyoshunoslik uchun muhim degan xulosaga kelishga asos bo‘lgan;
yozuvchi nasri poetikasini tashkil etuvchi syujet chizig‘i, epigraf, kiritma voqea, portret, peyzaj kabi uslubiy-kompozision va badiiy tasvirni kuchaytiruvchi vositalar (ritorik so‘roq gaplar, undov so‘zlar, undalmalar), alliteratsiya, tashbeh va takror singari ifodaviy unsurlar tizimi belgilanib, badiiy talqinda hayotiylik, ramziylik, umumbashariy qadriyatlarga sodiqlik tamoyillari yetakchilik qilganligi dalillanganligi yuzasidan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 9-avgustdagi 194-son ma’lumotnomasi). Natijada bugungi o‘zbek nasrida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan adib Luqmon Bo‘rixon ijodi ilk marotaba monografik talqinda o‘rganilgani, yozuvchi badiiy-estetik tafakkurining yuksalishiga bir qator omillar ta’sir etgani, yozuvchi nasri poetikasini tashkil etuvchi uslubiy-kompozision va badiiy-ifodaviy unsurlar tizimi belgilanib, badiiy talqindagi yetakchi tamoyillarni g‘oyaviy-badiiy mazmunini ochishdagi ahamiyati aniqlangani, adib hikoyalaridagi hayotiy voqelik va badiiy talqindagi uslub, o‘ziga xoslik ochib berilgan, shuningdek, Luqmon Bo‘rixon nasri badiiyatini, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish natijalari zamonaviy adabiyoshunoslik ilmiga yangi nazariy xulosalarni olib kirishi isbotlangan;
adib hikoyalarida hayotiy voqeliklar va olamni badiiy tasavvur qilish uslubi, qahramonlar ruhiyati va xarakteridagi samimiylik, ochiqko‘ngillilik, quvnoqlik, mardlik singari milliy qadriyatlar, adolat, hurmat, mehr-oqibat, sevgi, haqiqat kabi umuminsoniylik qirralar ochib berilganligi hamda Luqmon Bo‘rixon qissalarida real hayot manzaralarini tashqi, ya’ni zohiriy emas, balki insonning ichki, botiniy olamini kashf etishdagi ahamiyatini yoritish orqali olam va odamni badiiy inkishof qilish iste’dodi yozuvchining dunyoqarashi bilan bog‘liqlikda asoslanganligi yuzasidan tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston telekanalining “Assalawma aliykum, Qoraqalpog‘iston!”, “Adebiyat ham zaman” ko‘rsatuvlari va Qoraqalpog‘iston radiokanalining “Ruo‘xwylik bostani” eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2022-yil 25-oktabrdagi 05-22/6/0-son ma’lumotnomasi). Natijada, yozuvchi qissa va hikoyalarida ifoda etilgan yuksak insoniy tuyg‘ular, insonlar tafakkkuri, dunyoqarashining boyishida, zamondoshlar qiyofasi yangilanishi va jamiyatning ma’naviy-axloqiy takomilida muhim ahamiyat kasb etishi dalillangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish