Axmedov Feruz Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Soliq to‘lashdan qochish xavflarini aniqlashda zamonaviy fiskal nazorati mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt 2709
Ilmiy rahbar: Normurzaev Umid Xolmurzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Fayziev Farrux Abdullaxojaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi soliq to‘lovchilar tomonidan soliqdan qochishning oldini olish va uni kamaytirish instrumentlarini qo‘llash bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahsulot va xizmatlarning bozor narxini belgilashning inson omilisiz avtomatlashtirilgan tizimini amaliyotga joriy etish orqali tadbirkorlik faoliyati uchun teng sharoitlar yaratish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, insofli soliq to‘lovchilar va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish taklifi asoslangan;
mulkchilik shaklidan qat’iy nazar qurilish tashkilotlari tomonidan faoliyatini amalga oshirishda asosiy qurilish materiallarini birja savdolari orqali xarid qilish hamda Qurilish vazirligiga qurilish ishlarini boshlash borasidagi xabarnoma va olingan ruxsatnoma ma’lumotlarini Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish va onlayn rejimda taqdim etib borish orqali noqonuniy aylanmalarning oldini olish taklif etilgan;
korxonalarning ustav fondini shakllantirishda ta’sischi (fuqaro) tomonidan ustav fondi yoki aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kiritilayotgan pul mablag‘lari manbasi bo‘yicha soliq organlariga deklaratsiya taqdim etish tizimini joriy etish orqali ayrim soliq to‘lovchilar tomonidan soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish maqsadida hisob raqamiga “ustav fondini shakllantirish”, “aylanma mablag‘larni to‘ldirish” kabi to‘lov maqsadi bilan pul mablag‘lari tushumini amalga oshirish holatlarini oldini olish taklifi asoslangan;
deklarantlar tomonidan mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodlari (MXIK)ni ko‘rsatgan holda import va eksport bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirishda Davlat bojxona qo‘mitasi va Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasini integratsiya qilish orqali respublika ichida tovarlar harakatining to‘laqonli nazoratini ta’minlash taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Soliq tizimida soliq to‘lovchilarning soliq to‘lashdan qochish holatlarini oldini olish va uning darajasini kamaytirishga oid ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mahsulot va xizmatlarning bozor narxini belgilashning inson omilisiz avtomatlashtirilgan tizimini amaliyotga joriy etish orqali tadbirkorlik faoliyati uchun teng sharoitlar yaratish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, insofli soliq to‘lovchilar va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son qarori 8-ilovasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi soliq qo‘mitasining 2023-yil 17-fevraldagi 15-19396-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida insofli soliq to‘lovchilar va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish mexanizmi va soliqqa tortishning adolatlilik tamoyilining amal qilinishiga hamda soliqdan qochish holatlarining oldini imkoni yaratilgan;
mulkchilik shaklidan qat’iy nazar qurilish tashkilotlari tomonidan faoliyatini amalga oshirishda asosiy qurilish materiallarini birja savdolari orqali xarid qilish hamda Qurilish vazirligiga qurilish ishlarini boshlash borasidagi xabarnoma va olingan ruxsatnoma ma’lumotlarini Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish va onlayn rejimda taqdim etib borish orqali noqonuniy aylanmalarning oldini olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6098-son Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi soliq qo‘mitasining 2023-yil 17-fevraldagi 15-19396-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifing amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish sohasida yashirin iqtisodiyotni yuzaga keltirayotgan “bir kunlik firmalar”ning soliq to‘lashdan qochish holatlarini kamaytirish hamda davlat byudjetga qo‘shimcha 15,8 mlrd. so‘m moliyaviy mablag‘larni jalb etish imkoniyati yaratilgan;
korxonalarning ustav fondini shakllantirishda ta’sischi (fuqaro) tomonidan ustav fondi yoki aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kiritilayotgan pul mablag‘lari manbasi bo‘yicha soliq organlariga deklaratsiya taqdim etish tizimini joriy etish orqali ayrim soliq to‘lovchilar tomonidan soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish maqsadida hisob raqamiga “ustav fondini shakllantirish”, “aylanma mablag‘larni to‘ldirish” kabi to‘lov maqsadi bilan pul mablag‘lari tushumini amalga oshirish holatlarini oldini olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6098-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi soliq qo‘mitasining 2023-yil 17-fevraldagi 15-19396-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ayrim soliq to‘lovchilar tomonidan soliqqa tortiladigan bazani sun’iy ravishda kamaytirish hamda davlat byudjetiga qo‘shimcha 13,2 mlrd. so‘m hajmidagi soliq tushumlarini jalb qilishga erishilgan;
deklarantlar tomonidan mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodlari (MXIK)ni ko‘rsatgan holda import va eksport bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirishda Davlat bojxona qo‘mitasi va Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasini integratsiya qilish orqali respublika ichida tovarlar harakatining to‘laqonli nazoratini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 249-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi soliq qo‘mitasining 2023-yil 17-fevraldagi 15-19396-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikaga import tarzida olib kirilayotgan mahsulotlarni o‘z vaqtida to‘g‘ri hisobga olish natijasida import qiluvchi 60 dan ortiq korxonalar tomonidan soliq to‘lashdan qochish holatlarining oldini olish hamda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish imkoni yaratilgan.