Xudaykulov Amir Melikulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nomoddiy aktivlar hisobi va auditini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt1168.
Ilmiy rahbar: Ilxamov Shavkat Islamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Rizayev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatkulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda nomoddiy aktivlar hisobi va auditini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliyaviy hisobot shaklini MHXSlariga moslashtirish uchun buxgalteriya hisobida yangi 0440-«Foydalanish huquqi bo‘yicha nomoddiy aktivlar», 0540-«Foydalanish huquqi bo‘yicha nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi», 0460-«Uzoq muddatga ijaraga olish huquqi», 0490-«Nomoddiy aktivlarning qadrsizlanishi bo‘yicha rezervlar» nomli tahliliy schyotlarni kiritish orqali schyotlar qoldiqlarini hisob ob’ektlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash hamda mazmun va shaklning mos kelishini ta’minlash taklifi asoslangan;
nomoddiy aktivlar hisobini 7-sonli «Nomoddiy aktivlar» nomli buxgalteriya hisobining milliy standartidan xalqaro standartlarga transformatsiya qilishda 38-sonli MHXSga asosan turkumlash, qayta turkumlash (reklassifikatsiya qilish) mexanizmi asosida xalqaro moliyaviy hisobot elementlarini to‘g‘ri ifodalash, MHXSga o‘tishning moliyaviy samaradorligini belgilash va foyda solig‘i summasining avtomatlashtirilgan billing tizimi hamda boshqa milliy avtomatlashtirilgan dasturiy ta’minotlar boshlang‘ich qiymatini 20 foizi darajasida kamaytirish taklifi asoslangan;
nomoddiy aktivlar auditini o‘tkazishda «Auditning umumiy rejasi» va «Auditning ishchi dasturi» namunaviy shakllarini takomillashgan auditning xalqaro standartlari asosida, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi talablariga moslashtirgan holda auditorlik ishchi taomillarni mukammal ishlab chiqish, dalillar ishonchligini ta’minlash hamda auditorlik tekshiruvida sarflanadigan ish soatlarini tejash taklif etilgan;
nomoddiy aktivlar auditi jarayonida muhimlikni belgilash va auditorlik riskini aniqlash bo‘yicha nomoddiy aktivlarni iqtisodiy jihatdan tasniflash, ularning kirimi va chiqimi hisobi, ularga amortizatsiya hisoblash hamda qayta baholashga qaratilgan auditorlik taomillarini qo‘llash orqali auditorlik risklarni kamaytirib borish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nomoddiy aktivlar hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar hamda amaliy tavsiyalar asosida:
moliyaviy hisobot shaklini MHXSlariga moslashtirish uchun buxgalteriya hisobida yangi 0440-«Foydalanish huquqi bo‘yicha nomoddiy aktivlar», 0540-«Foydalanish huquqi bo‘yicha nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi», 0460-«Uzoq muddatga ijaraga olish huquqi», 0490-«Nomoddiy aktivlarning qadrsizlanishi bo‘yicha rezervlar» nomli tahliliy schyotlarni kiritish orqali schyotlar qoldiqlarini hisob ob’ektlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash hamda mazmun va shaklning mos kelishini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan nomoddiy aktivlar buxgalteri hisobi va auditi uslubiyotini takomillashtirishda foydalanilgan (Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2022 yil 28 noyabrdagi 72/MM-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida nomoddiy aktivlar hisobini xalqaro amaliyot asosida, shuningdek, korxonalar hisob siyosatini amalga kiritish asosida moliyaviy va boshqaruv hisobini yuritishga, har bir sintetik va analitik schyotlar qoldiqlarini hisob ob’ektlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlashga, mazmun va shaklning mos kelishiga erishilgan;
nomoddiy aktivlar hisobini 7-sonli «Nomoddiy aktivlar» nomli buxgalteriya hisobining milliy standartidan xalqaro standartlarga transformatsiya qilishda 38-sonli MHXSga asosan turkumlash, qayta turkumlash (reklassifikatsiya qilish) mexanizmi asosida xalqaro moliyaviy hisobot elementlarini to‘g‘ri ifodalash, MHXSga o‘tishning moliyaviy samaradorligini belgilash va foyda solig‘i summasining avtomatlashtirilgan billing tizimi hamda boshqa milliy avtomatlashtirilgan dasturiy ta’minotlar boshlang‘ich qiymatini 20 foizi darajasida kamaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan nomoddiy aktivlar buxgalteri hisobi va auditi uslubiyotini takomillashtirishda foydalanilgan (Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2022 yil 28 noyabrdagi 72/MM-sonli, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning 2022 yil 28 sentyabrdagi IAS-3P-12-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida milliy standart bo‘yicha moliyaviy hisobotlarda nomoddiy aktivlarni xalqaro standartlarga muvofiq turkumlashda va qayta turkumulashda (reklassifikatsiya qilishda) vujudga kelgan noaniqliklarga barham berishga, O‘zbekistonda nomoddiy aktivlar bo‘yicha milliy buxgalteriya hisobida xalqaro moliyaviy hisobot elementlarini to‘g‘ri ifodalashga, MHXSga o‘tishning moliyaviy samaradorligini belgilashga va hisob hamda hisobot ma’lumotlarining shaffof bo‘lishiga erishilgan;
nomoddiy aktivlar auditini o‘tkazishda «Auditning umumiy rejasi» va «Auditning ishchi dasturi» namunaviy shakllarini takomillashgan auditning xalqaro standartlari asosida, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi talablariga moslashtirgan holda auditorlik ishchi taomillarni mukammal ishlab chiqish, dalillar ishonchligini ta’minlash hamda auditorlik tekshiruvida sarflanadigan ish soatlarini tejash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan nomoddiy aktivlar buxgalteri hisobi va auditi uslubiyotini takomillashtirishda foydalanilgan (Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2022 yil 28 noyabrdagi 72/MM-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida nomoddiy aktivlar auditini rejalashtirish jarayonining Soliq kodeksi talablariga moslashtirilishiga va ishchi taomillarning mukammal ishlab chiqilishiga va dalillar ishonchliligining ortishiga, auditorlik tekshiruvida sarflanadigan ish soatlarining tejalishiga hamda xalqaro audit standartlariga amal qilishga erishilgan;
nomoddiy aktivlar auditi jarayonida muhimlikni belgilash va auditorlik riskini aniqlash bo‘yicha nomoddiy aktivlarni iqtisodiy jihatdan tasniflash, ularning kirimi va chiqimi hisobi, ularga amortizatsiya hisoblash hamda qayta baholashga qaratilgan auditorlik taomillarini qo‘llash orqali auditorlik risklarni kamaytirib borish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan nomoddiy aktivlar buxgalteri hisobi va auditi uslubiyotini takomillashtirishda foydalanilgan (Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2022 yil 28 noyabrdagi 72/MM-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida auditorlar ish vaqtining tejalishi, audit sifatining yaxshilanishi va nomoddiy aktivlar auditini xalqaro audit standartlari asosida tashkil etish va risklarni kamaytirib borish imkoniyati yaratilgan.