Qiyosov Sherzod Uralovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Iqt411. 
Ilmiy maslahatchi: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Haydarov Nizomiddin Xamraevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
II.Tadqiqotning maqsadi: Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat e’tirofidagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun daromad solig‘i bo‘yicha belgilangan imtiyoz mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravaridan 3 baravarigacha oshirish taklif etilgan;
norezident jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan oladigan daromadlari (dividendlar, foizlar va fraxtdan olinadigan daromadlardan tashqari) bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasini 12 foiz miqdorida belgilash taklif etilgan;
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan miqdordagi soliq summalariga faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlariga, shuningdek faoliyat amalga oshiriladigan turlarining mavsumiyligi qarab     0,7 dan 1,3 gacha kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffisentlar belgilash taklif etilgan;
soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxslar - qimmatbaho metallar qidiruvchilarning qonunchilikda belgilangan tartibda qazib olish yo‘li bilan ega bo‘lgan qimmatbaho metallarni realizatsiya qilishdan olgan daromadlarini soliqdan ozod qilish taklif etilgan;
jismoniy shaxslar daromadlariga soliq imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqish zaruriyati tufayli soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlarini soliqdan ozod qilish taklifi berilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 380-moddasida ko‘zda tutilgan bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun daromad solig‘i bo‘yicha belgilangan imtiyozning ta’sirchanligini oshirish maqsadida ularning ko‘lamini oshirishga qaratilgan taklifi 2022 yil 17 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-770-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ishlab chiqishda foydalanilgan va unga asosan amaldagi Soliq Kodeksi 380-moddasi birinchi qismining 3-band bilan to‘ldirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2022 yil               26 dekabrdagi 06/04-37/4213-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi natijasida 2022 yilning 1 martidan boshlab bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun daromad solig‘i bo‘yicha belgilangan imtiyoz mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravaridan 3 baravarigacha oshirilishi orqali joriy yilning II-choragida ushbu shaxslar ixtiyorida qo‘shimcha 19,8 mlrd. so‘mlik daromad qolishi ta’minlandi;
norezident jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan oladigan daromadlari (dividendlar, foizlar va fraxtdan olinadigan daromadlardan tashqari) bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasini 12 foiz miqdorida belgilash haqidagi taklifi 2022 yil 26 iyuldagi “Soliq va bojxona qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-785-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ishlab chiqishda foydalanilgan va unga asosan amaldagi Soliq Kodeksining 382-moddasi bilan to‘ldirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2022 yil 26 dekabrdagi 06/04-37/4213-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi bilan 2022 yil 1 maydan boshlab O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari uchun daromad solig‘i stavkasi birxillashtirilishiga erishildi va ushbu tadbir tadbirkorlik sub’ektlariga teng sharoitlar yaratish, xususiy investisiyalar hajmini keskin oshirish hamda biznes doiralarining ishonchini yanada mustahkamlanishini ta’minladi;
xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan miqdordagi soliq summalariga faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlariga, shuningdek faoliyat amalga oshiriladigan turlarining mavsumiyligi qarab 0,7 dan 1,3 gacha kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffisentlar belgilash bo‘yicha taklifi 2020 yil 30 dekabrdagi “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-659-sonli Qonuni  ishlab chiqishda foydalanilgan va unga asosan amaldagi Soliq Kodeksining 383-moddasi bilan to‘ldirildi (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2022 yil 26 dekabrdagi 06/04-37/4213-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi natijasida 2021 moliya yili yakuni bo‘yicha kamaytiruvchi koeffisientlar qo‘llanilgan hududlarda yakka tartibdagi tadbirkorlar ixtiyorida 16,44 mlrd so‘mlik mablag‘ qolishi ta’minlandi, markazlarda dam olish maskanlari va tog‘-oldi hududlarida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga oshiruvchi koeffisientlar qo‘llanilishi oqibatida tegishli shahar va tuman byudjetlariga qat’iy belgilangan miqdordagi soliqlardan qo‘shimcha            29,86 mlrd so‘m mablag‘ tushishiga erishildi;
soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxslar - qimmatbaho metallar qidiruvchilarning qonunchilikda belgilangan tartibda qazib olish yo‘li bilan ega bo‘lgan qimmatbaho metallarni realizatsiya qilishdan olgan daromadlarini soliqdan ozod qilish to‘g‘risidagi taklifi 2021 yil 21 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-683-sonli Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan va unga asosan amaldagi Soliq Kodeksining 378-moddasi 19-band bilan to‘ldirildi (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2022 yil 26 dekabrdagi 06/04-37/4213-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2021 yilning may-dekabr` oylarida qimmatbaho metallar qidiruvchilari soni 1,41 martaga, kon qidiruv xaritasidagi qimmatbaho metallarni qidirishlar soni 27 foizga, noan’anaviy usul va tartibda qazib olingan qimmatbaho metallar miqdori             31 foizga ko‘paygan, ular ixtiyorida 16,1 mlrd so‘mlik mablag‘ning qolishiga erishildi; 
jismoniy shaxslar daromadlariga soliq imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqish zaruriyati tufayli soliq to‘lovchining soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlarini soliqdan ozod qilish to‘g‘risidagi taklifi 2021 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-741-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan va unga asosan amaldagi Soliq Kodeksining 378-moddasi 191-band bilan to‘ldirildi (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2022 yil 26 dekabrdagi 06/04-37/4213-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi orqali 2022 yil 1 yanvardan uy-joylarini talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlarini o‘zining daromad solig‘i bazasidan chegirishi natijasida 2022 yilning 1 yarim yilligida 59,9 mlrd. so‘m mablag‘larning jismoniy shaxslar ixtiyorida qoldirilishi ta’minlandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish