Raxmonova Barno Soxibjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yong‘oq yetishtirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.04–“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3PhD/Iqt663
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sangirova Umida Ravshanovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Iroda Baxramjanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yong‘oq yetishtirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon yong‘oq bozoridagi o‘rtacha baholar asosida yong‘oq navlari va navsiz yong‘oqlar mevasining o‘rtacha bahosi, yirikligi bo‘yicha bozorgirlik hamda nisbiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha raqobatbardoshlik indekslari orqali baholash yuzasidan uslubiy tavsiya ishlab chiqilgan;
agrosanoat klasteri tizimiga asoslangan yong‘oq ishlab chiqarish, qayta ishlash va tayyor mahsulot savdosi bilan shug‘ullanuvchi integratsiyalashgan tuzilma prinsipal sxemasi tavsiya qilingan hamda tuzilmaning maqsadi, vazifalari shakllantirilgan;
intensiv yong‘oq yetishtirishda yong‘oq ko‘chatlarini sertifikatlash tizimini yaratish hamda navdor yong‘oq ko‘chatlarini ekish asosida plantatsiyalar yaratuvchi tadbirkorlarni bir navdor ko‘chat ekilishining ikkinchi yilidan boshlab 15 foizlik stavkada subsidiyalash mexanizmi orqali davlat tomonidan rag‘batlantirish yo‘nalishlari tavsiya qilingan;
yong‘oq yetishtirish sohalarini intensiv rivojlantirish sharoitida Andijon viloyatida grek yong‘og‘ini yetishtirish hajmlarini oshirishning 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yong‘oq yetishtirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
intensiv yong‘oqchilikda yong‘oq yetishtirish iqtisodiy samaradorligini baholovchi ko‘rsatkichlar tizimi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 14 noyabrdagi №07/35-04/8383-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi intensiv yong‘oqchilikda yong‘oq yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini baholash imkonini bergan;
agrosanoat klasteri tizimiga asoslangan yong‘oq ishlab chiqarish, qayta ishlash va tayyor mahsulot savdosi bilan shug‘ullanuvchi integratsiyalashgan tuzilma bo‘yicha tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 14 noyabrdagi №07/35-04/8383-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududdagi qayta ishlash quvvatlaridan samarali foydalanish, mahsulot sifati va raqobatbardoshligi hamda eksport salohiyatini oshirish imkoniyatlari asoslangan;
intensiv yong‘oq yetishtirish tizimini rivojlantirishni davlat tomonidan rag‘batlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 14 noyabrdagi №07/35-04/8383-son ma’lumotnomasi). Natijada, har bir navdor ko‘chatga ekilishining ikkinchi yilidan boshlab ko‘chatni xarid qilish xarajatlarining 15 foizini qoplash, shuningdek, subsidiya oluvchilarga eksport tushumlarining 5 foizini eksport logistikasini rivojlantirishlari uchun yo‘naltirish imkoniyatlari yaratilgan;
yong‘oqchilik tarmog‘ini intensiv rivojlantirish sharoitida Andijon viloyatida grek yong‘og‘ini yetishtirishning 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 14 noyabrdagi №07/35-04/8383-son ma’lumotnomasi). Natijada, intensiv yong‘oqchilikni rivojlantirish hisobiga 2030 yilda viloyat bo‘yicha yong‘oq yalpi hosili hajmi 2022 yilga nisbatan 2,47 marotabaga, yoki 11109,5 tonnaga ortishi prognoz qilingan.