Tashmatov Rustam Xusanovichning
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning institutsional mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.04–“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Iqt138
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Berkinov Bozorboy Berkinovich, iqtisod fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidasror Saidaxmedovich, akademik, iqtisod fanlari doktori, professor; Rustamova Iroda Baxramjanovna, iqtisod fanlari doktori, professor; Saidaxmedova Nodira Ilxomovna, iqtisod fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligini tartibga soluvvhi institutsional mexanizmlarini takomillashtirish orqali O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligida mulk va shartnoma munosabatlarini yaxshilash va transaksiya xarajatlarini kamaytirish hamda boshqa institutsional muammolar majmuini yechishga qaratilgan institutsional mexanizm dastaklari tizimini qo‘llagan holda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning institutsional modeli ishlab chiqilgan;
institutsional birlik sifatida agrozonalar bo‘yicha asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi, tabiiy-iqlim, iqtisodiy va institutsional omillar uyg‘unligini ta’minlash hisobiga ekin maydonlarini oqilona joylashtirish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishga oid takliflar ilmiy asoslangan;
mulkdan foydalanish manfaatdorligini oshirish maqsadida jahon amaliyotida qo‘llanib kelinayotgan mulk huquqlari spesifikatsiyasini fermer xo‘jaliklarining yerga nisbatan mulk huquqlarini shakllantirish va taqsimlash mexanizmlarini takomillashtirishda qo‘llash bo‘yicha takliflar berilgan;
qishloq xo‘jaligi sub’ektlari o‘rtasida mulkchilik va shartnoma munosabatlarining amal qilishi va yuzaga keladigan transaksiya xarajatlari tarkibini baholash va ularni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etilgan;
mulkchilik va shartnoma institutlari normalarini takomillashtirish, transaksiya xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan institutsional mexanizmlarni, innovatsion texnologiyalar va raqamlashtirishni joriy etish hisobiga qishloq xo‘jaligini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2030 yilgacha mo‘ljallangan asosiy prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning institutsional mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy va amaliy takliflar asosida:
qishloq xo‘jaligida mulk va shartnoma munosabatlarini yaxshilash va transaksiya xarajatlarini kamaytirish hamda boshqa institutsional muammolar majmuini yechishga qaratilgan institutsional mexanizm dastaklari tizimini qo‘llagan holda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning institutsional modeli O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirliklari tizim tashkilotlari faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 05/033-1-1945-son hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 3 martdagi 03/05-749-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligini institutsional rivojlantirish yo‘nalishlarni belgilashga erishilgan;
institutsional birlik sifatida agrozonalar bo‘yicha asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari bo‘yicha hosildorlik, tabiiy-iqlim va iqtisodiy, institutsional omillar uyg‘unligini ta’minlash hisobiga ekin maydonlarini oqilona joylashtirish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tizim tashkilotlari faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2020 yil 26 fevaldagi 5-1/14-207-son xati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2020 yil 27 fevraldagi 01/287-son ma’lumotnomasi). Natijada asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hajmi 2 foizga oshirilgan, qayta ishlash, saqlash hajmi optimallashtirilgan, nobudgarchilik kamaytirilgan, hududlarda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi 1,5–2 foizga oshirilgan;
mulkdan foydalanish manfaatdorligini oshirish maqsadida jahon amaliyotida qo‘llanib kelinayotgan mulk huquqlari spesifikatsiyasini fermer xo‘jaliklarining yerga nisbatan mulk huquqlarini shakllantirish va taqsimlash mexanizmlarini takomillashtirishda qo‘llash bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining “Erga bo‘lgan mulkchilik, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlari” deb nomlangan 4-bobni takomillashtirishda joriy etilgan (Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 2 iyundagi null-06177-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligi sub’ektlari tomonidan yer resurslaridan unumli foydalanilishiga, shartnomada ishtirok etuvchi tomonlarning manfaatdorligini oshirishga erishilgan;
qishloq xo‘jaligi sub’ektlari o‘rtasida mulkchilik va shartnoma munosabatlarining amal qilishi va yuzaga keladigan transaksiya xarajatlari tarkibini baholash va ularni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirliklari tizim tashkilotlari faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 05/033-1-1945-son hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 3 martdagi 03/05-749-son ma’lumotnomalari). Natijada mulkiy huquqlar taqsimotini hamda shartnoma munosabatlarini takomillashtirish, shuningdek, shartnoma tuzish va uni bajarish jarayonida transaksiya xarajatlarini 8 foizga kamaytirishga erishilgan;
mulkchilik va shartnoma institutlari normalarini takomillashtirish, transaksiya xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan institutsional mexanizmlarni, innovatsion texnologiyalar va raqamlashtirishni joriy etish hisobiga qishloq xo‘jaligini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2030 yilgacha mo‘ljallangan asosiy prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirliklari tizim tashkilotlari faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 05/033-1-1945-son va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020 yil 15 iyuldagi 02-29/2787-son ma’lumotnomalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2020 yil 26 fevaldagi 5-1/14-207-son xati). Natijada yaqin va uzoq istiqbol yillarida yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 1,5–3 barobarga, qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlarning o‘rtacha daromadi 1,7–2,1 barobarga oshishi prognoz qilingan.