Aliboyeva Malika Alimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tog‘ jigarrang tuproqlarining xossalari, ekologik holati va ularningi o‘zgarishi (Toshkent viloyati Parkent tumani Chotqol davlat biosferasi qo‘riqxonasi misolida)», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/B769.
Ilmiy rahbar: Jabbarov Zafarjon Abdukarimovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.05.03.
Rasmiy opponentlar: Raupova Nodira Baxromovna, biologiya fanlari doktori, dotsent; Qorayev Aliyor Xasanovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasida tarqalgan tog‘ jigarrang tuproqlarining morfogenetik xususiyatlari, turli xossalarini tabiiy omillar ta’sirida o‘zgarishini ochib berish, ekologik holatini aniqlash hamda muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Chotqol davlat biosferasi qo‘riqxonasi hududidagi tog‘ jigarrang tuproqlarning kimyoviy, fizikaviy va biologik xossalari hamda morfogenetik tuzilishlarining turli omillar ta’sirida o‘zgarishi ilmiy asoslangan;
tog‘ jigarrang tuproqlardagi janubiy va shimoliy qiyalik relyeflari bo‘yicha jadal rivojlanadigan eroziya jarayonlari hamda suvga chidamli strukturalarning hosil bo‘lishida tabiiy omillarning ta’siri ochib berilgan;
muhofazalanadigan tog‘ tuproqlar xossalarini yaxshilashda gumus miqdorining tuproqda kechadigan kimyoviy jarayonlarga ta’siri ochib berilgan hamda mexanik tarkibi va gumusli holati bo‘yicha xaritanomalar ishlab chiqilgan;
iqlim o‘zgarishi ta’sirida o‘simliklar formatsiyasining o‘zgarishi natijasida tuproq hosil bo‘lish jarayoni hamda organik moddalar taqsimlanishining o‘zaro bog‘liqligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tog‘ jigarrang tuproqlarining xossalari, ekologik holati va ularning o‘zgarishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Chotqol davlat biosferasi qo‘riqxonasi hududida tarqalgan tog‘ tuproqlarining xossa-xususiyatlarini o‘rganish ishlab chiqilgan «Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi tuproqlarining xossalari va ularning muhofazasi» nomli tavsiyanomasi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasida 11018 gektar maydonda amaliyotga joriy etilgan (Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 4 iyuldagi 04-01/02-1070-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Chotqol davlat biosferasi qo‘riqxonasi tuproqlarining xossalarini o‘zgarishni baholash, ularni muhofaza qilish hamda samarali foydalanish imkonini bergan;
Chotqol davlat biosferasi qo‘riqxonasi hududida tarqalgan tog‘ tuproqlarining gumusli holati bo‘yicha 1:100000 masshtabli tuproq xaritanomasi qo‘riqxonaning 11018 gektar maydonida amaliyotga joriy qilingan (Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 4 iyuldagi 04-01/02-1070-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Chotqol davlat biosferasi qo‘riqxonasi tuproqlarining xossalari, gumusli holatini o‘zgarishni baholash, ularni muhofaza qilish hamda samarali foydalanish imkonini bergan;
Chotqol davlat biosferasi qo‘riqxonasi hududida tarqalgan tog‘ jigarrang tuproqlarining 1:100000 masshtabli tuproqlarning mexanik tarkibi bo‘yicha xaritanomasi qo‘riqxonaning 11018 gektar maydonida amaliyotga joriy qilingan (Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 4 iyuldagi 04-01/02-1070-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘riqxona hududida tarqalgan tog‘ jigarrang tuproqlarining eroziya holatini baholash, mexanik tarkibi asosida yerlardan samarali foydalanish, ularni muhofazalashga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish