Li Marina Vladimirovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi zamonaviy tibbiy radiologiyasida radiatsion himoya tizimini takomillashtirish yo‘llari» 14.00.07–Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Tib628.
Ilmiy maslahatchi: Zaredinov Damir Arifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Nizom Jumaqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xashirbaeva Dinara Maxkambaevna, tibbiyot fanlari doktori; Usmanov Islam Abbasovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasining zamonaviy tibbiy radiologiya protseduralarini bajarishda bemorlar va xodimlarning radiatsiyadan himoya qilishni takomillashtirish yo‘llarini ilmiy asoslash va ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta rentgenologik va yadro tibbiyoti bo‘limlarida tashxislash usullarini o‘tkazishda aholining nurlanish tavsifi va darajalari majmuaviy isbotlangan;
birinchi marta tibbiyot tashkilotlari xodimlarining kasbiy nurlanishini majmuaviy tahlili o‘tkazildi va insonlarni kichik qiymatlar bilan kundalik nurlanishining uzoq oqibatlarning xavfi 4,9E-5 dan 2,2 E-4 gacha oraliqda bo‘lganligi isbotlangan;
yadro tibbiyoti va rentgenoradiologik tashxislashning olingan muolajalari turiga bog‘liq xolda aholiga xavfning va doza yuklamalarining darajasini shakllantirish qonuniyatlari aniqlanib, ular bir martalik tekshirishlarda juda past (1,0E-5–1,0E-4) va past (1,0E-4–1,0E-3) ko‘rinishida tasniflangan;
tadqiqotlar soniga bog‘liq xolda jamoaviy samarali qiymatining o‘zgarishi, KT bilan tekshirishlar soni 175293 dan 375381 gacha (2,1 marta) ko‘payib, KTning jamoaviy belgilari 988 dan 2483 inson-Zv (2,5 marta) ko‘payishi, PET/KT skanerlashning jamoaviy qiymati 2018 yildagi 6871,5 dan 2022 yilda 57 498,7 ga oshganligi isbotlangan;
xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar takomillashtirilgan va unga muvofiq nurli tashxislash, davolash va yadro tibbiyoti xodimlari mehnatini nazorat qilish va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha uslubiy yondashuvlar majmuasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi zamonaviy tibbiy radiologiyasida radiatsion himoya tizimini takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tanlangan xududa zamonaviy tibbiy radiologiyasida radiatsion himoya tizimini takomillashtirish yo‘llarini baholash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Rentgen kompyuter tomografidagi bemorlar samarali qiymatlarni aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 3 dekabrdagi 8n-z/512-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma uzoq stoxastik samarani yuzaga kelish xavfini kamaytirish uchun tibbiy profilaktik xizmatlar majmuasini qo‘llash maqsadida MSKTda bemorlarda samarali nurlanish qiymatlarini baholash imkonini bergan;
tanlangan xududa zamonaviy tibbiy radiologiyasida radiatsion himoya tizimini takomillashtirish yo‘llarini baholash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Umumiy rentgen tashxislash muolajalarida bemorlarda samarali qiymatlarini aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 3 dekabrdagi 8n-z/512-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ionlanuvchi nurlanish ta’sirida uzoq samarani yuzaga kelish xavfini kamaytirish  uchun rentgen tashxislash muolajalarda nurlanish qiymatlarini baholash imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasi zamonaviy tibbiy radiologiyasida radiatsion himoya tizimini takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax va Farg‘ona viloyatlari fillialarining diagnostik tashxislash bo‘limlarining amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 8 fevraldagi 08-02940-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi turli rentgen tashxislash muolajalarini o‘tkazishda bemorlar olgan nurlanish qiymatlarini belgilashga, ionlanuvchi nurlanish ta’sirida uzoq stoxastik samarani yuzaga kelish xavfini kamaytirish maqsadida zamonaviy tibbiy radiologiyada radiatsion himoyaning majmuaviy tizimlarini takomillashtirishga qaratilgan gigienik chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish