Raupova Mehrinigor Haydarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak biologiya o‘qituvchisining kvaziprofessional tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi (Biokimyo va molekulyar biologiya fani misolida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3620.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Mirxamitova Dilorom Xudayberdievna, kimyo fanlari doktori, professor; Karaxonova Lobar Musaxonovna, pedagogika fanlari doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kvaziprofessional faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak biologiya o‘qituvchisining kvaziprofessional tayyorgarligini takomillashtirishning tashkiliy-pedagogik jihatlari innovatsion tajriba va individual shaxsiy sifat kabi kasbiy rivojlanish komponentlarining qiyosiy motivatsiya determinantlari va samaradorlik vektori optimizatsiyasiga nisbatan muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda kvaziprofessional tayyorgarlikning metodik modeli vitagenlashtirilgan axborotli o‘quv muhitini tadrijiy va intensiv yaratishning diversifikatsion ish turlarini o‘zaro raqobat muhitiga funksional didaktika qoidalariga ko‘ra implemintatsiya qilish asosida takomillashtirish;
kvaziprofessional faoliyatni kompetensiyaviy darajalarda baholashning ehtiyojlarga yo‘naltirilgan mezonlari va sifatli (yoki raqamli) ta’lim paradigmalariga yo‘naltirilgan texnologiyalari STEAM rejalashtirishga xos reallik, o‘lchamlilik, reglamentlik tamoyillarini ratsional dualizatsiya muhitiga reproduktivlikda joriy etish asosida takomillashtirilgan;
kvaziprofessional faoliyat muhitida biologiya o‘qituvchisini tashkiliy uslubiy tayyorlashning didaktik ta’minoti obektlar transformatsiyasida qiymat-semantik tahlil, o‘z faoliyatini dinamik modellashtirish va prognozlashga o‘rgatuvchi autoadaptiv startegiyalarni kasbiy diagnostika bosqichlariga differensial kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kvaziprofessional tayyorgarligini takomillashitirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak biologiya o‘qituvchisining kvaziprofessional tayyorgarligini takomillashtirishning tashkiliy-pedagogik jihatlari innovatsion tajriba va individual shaxsiy sifat kabi kasbiy rivojlanish komponentlarining qiyosiy motivatsiya determinantlari va samaradorlik vektori optimizatsiyasiga nisbatan muvofiqligini ta’minlash hamda talabalarda kvaziprofessional tayyorgarlikni takomillashtirishning metodik modeli vitagenlashtirilgan axborotli o‘quv muhitini tadrijiy va intensiv yaratishning diversifikatsion ish turlarini o‘zaro tahliliy raqobat muhitiga funksional didaktika qoidalari ko‘ra implemintatsiya qilishga oid tavsiyalar I-OT-2019-8-"Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish" (2019-2021-yy) mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 91/15-09/49-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarning kvaziprofeessional tayyorgarligini takomillashtirish imkoniyatlari ortgan hamda kasbiy pedagogik faoliyat samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
kvaziprofessional faoliyatni kompetensiyaviy darajalarda baholashning ehtiyojlarga yo‘naltirilgan mezonlari va sifatli (yoki raqamli) ta’lim paradigmalariga yo‘naltirilgan texnologiyalari STEAM rejalashtirishga xos reallik, o‘lchamlilik, reglamentlik tamoyillarini ratsional dualizatsiya muhitiga reproduktivlikda joriy etishga doir takliflaridan “Bioximiya” o‘quv qo‘llanmasi tayyorlangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi “233”-sonli buyrug‘iga asosan olingan 233-0153 raqamli o‘quv adabiyoti nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak biologiya o‘qituvchisining kvaziprofessional faoliyatga tayyorlashning tarkibiy tuzilishi takomillashtirilgan;
kvaziprofessional faoliyat muhitida biologiya o‘qituvchisini tashkiliy uslubiy tayyorlashning didaktik ta’minoti obektlar transformatsiyasida qiymat-semantik tahlil, o‘z faoliyatini dinamik modellashtirish va prognozlashga o‘rgatuvchi autoadaptiv startegiyalarni kasbiy diagnostika bosqichlariga differensial kiritishga doir taklif va tavsiyalaridan Buxoro muhandislik-texnologiya institutida bajarilgan AIF-2/20 raqamli “Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malaka oshirish sifatini yaxshilash” nomli xalqaro loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 2022 yil 02/01-89-2155-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini diagnostikalash va kvaziprofessional tayyorgarligini rivojlanganlik darajasining baholash usullari takomillashtirilgan.