Bo‘ronova Gulnora Yodgorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Virtual ta’lim platformasi asosida robototexnika to‘garagi faoliyatini takomillashtirish metodikasi (umumiy o‘rta ta’lim maktablari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3864.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Bahodir Boltayevich, texnika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Lutfillayev Mahmud Hasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Murodova Feruza Rashidovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi virtual ta’lim platformasi asosida robototexnika to‘garagi mashg‘ulotlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim robototexnikasini o‘qitishda konstruktorlar va robototexnika ta’limiy dasturlari to‘garaklar faoliyati konstruktivlik, kreativlik, texnologik, ijodiy yovdashuvlarni qo‘llash bosqichlari hamda loyihalash, izchillik, ko‘rgazmalilik, ta’limda onglilik va faollik tamoyillariga ustivorlik berish orqali aniqlashtirilgan; 
konstruktorlardan foydalanib robotni loyihalash va modellashtirishga qaratilgan intuitiv interfeysli ta’limiy dasturlarni virtual ta’lim platformasi va integrativ simulatsiyalash orqali robototexnika to‘garak mashg‘ulotlarini o‘qitish metodikasi mazmunan takomillashtirilgan;
to‘garak faoliyatini virtual ta’lim platformasi orqali o‘qitish modeli innovatsion vositalar (multimedia mahsulotlari, 3D animatsiyalar, virtual simulyatorlar, intellektual o‘yinlar)ning didaktik imkoniyatlaridan foydalanib, o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, muammoni hal etish, kreativlik, texnik-konstruktorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga oid texnologik yo‘riqnomalarni mazmunan singdirish asosida takomillashtirilgan; 
robototexnika to‘garagi faoliyatini virtual ta’lim platformasi va konstruktor dasturlarini amaliy virtuallik (uch o‘lchamli model) va illyustrativlik (animatsiya, simulatsiya) xususiyatlarini integratsiyalash asosida diagnostik baholash mezonlari aniqlanib, innovatsion kreativ faoliyatga yo‘naltirilgan mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi “Detalni top”, “Juftini aniqla”, “Problem Solving”, “Tanqidiy fikrla” interfaol metodlardan foydalanish samaradorligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi virtual ta’lim platformasi asosida robototexnika to‘garagi faoliyatini takomillashtirish metodikasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
robototexnika to‘garagi faoliyatini virtual ta’lim platformasi va konstruktor dasturlarini amaliy virtuallik (uch o‘lchamli model) va illyustrativlik (animatsiya, simulatsiya) xususiyatlarini integratsiyalash asosida diagnostik baholash mezonlari aniqlanib, innovatsion kreativ faoliyatga yo‘naltirilgan mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi “Detalni top”, “Juftini aniqla”, “Problem Solving”, “Tanqidiy fikrla” interfaol metodlardan foydalanishga oid tavsiyalardan Buxoro muhandislik texnologiya institutining AIF-2/20 raqamli “Texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali injener kadrlar tayyorlash va professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish sifatini yaxshilash” (2019-2022 yy.) mavzusidagi grant loyihasini “Talabalarning mustaqil ta’limini samarali tashkil etishga qaratilgan innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va amalga tadbiq etish” qismini bajarishda foydalanilgan (Buxoro muhandislik texnologiya institutining 2022-yil 20-oktabrdagi 02/01-89-1056-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning umumtexnik ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularning innovatsion, mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajalari rivojlantirilgan;
ta’lim robototexnikasini o‘qitishda konstruktorlar va robototexnika ta’limiy dasturlari to‘garaklar faoliyati konstruktivlik, kreativlik, texnologik, ijodiy yovdashuvlarni qo‘llash bosqichlari hamda loyihalash, izchillik, ko‘rgazmalilik, ta’limda onglilik va faollik tamoyillariga ustivorlik berish orqali aniqlashtirishga oid takliflari “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-son buyrug‘i, 356/7-106 raqamli guvohnomasi). Natijada, robototexnikani mustaqil o‘rganuvchilar uchun didaktik shart-sharoit yaratilib, to‘garak faoliyatini amalga oshirishda ijodiy yondashuvlar orqali ta`lim samaradorligiga erishilgan;
to‘garak faoliyatini virtual ta’lim platformasi orqali o‘qitish modeli innovatsion vositalar (multimedia mahsulotlari, 3D animatsiyalar, virtual simulyatorlar, intellektual o‘yinlar)ning didaktik imkoniyatlaridan foydalanib, o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, muammoni hal etish, kreativlik, texnik-konstruktorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga oid texnologik yo‘riqnomalari “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 
13- maydagi 166-son buyrug‘i, 166-180 raqamli guvohnomasi). Natijada, virtual ta’lim muhitida robototexnikani o‘rganuvchilarning texnik-konstruktorlik va loyihalash-modellashtirishga oid kreativligini rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish