Maqsudova Nodira Alijonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarni inklyuziv sharoitida ishlashga tayyorlash mexanizmlari (boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi. (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped496.
Ilmiy rahbar: Mo‘minova Lola Raximovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Yakubjanova Dilobar Batirovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Akramov Xusniddin Muhiddinovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarni inklyuziv sharoitida ishlashga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarni inklyuziv sharoitida ishlashga tayyorlashning pedagogik mexanizmlari faoliyat jarayonida ijtimoiy pedagog refleksiyani vujudga keltirish, har bir bosqichda o‘z faoliyatining salbiy va ijobiy jihatlarini aniqlash va jamiyat integratsiyasiga yordam beruvchi faol xayotiy pozisiyasini shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarni inklyuziv sharoitida ishlashga tayyorlashning mazmuni shaxs shakllanishiga uzluksiz, maqsadga muvofiq, izchil ta’sir etish orqali mustaqil harakatga va muvaffaqiyatga erishish motivatsiyaning ratsional va maqsadga qaratilgan xatti-harakatlar bilan xarakterlanadigan amaliy pedagogik faoliyat barqarorligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarni inklyuziv sharoitida ishlashga tayyorlashning imkoniyatlari umumiy qulayligi, uzluksizligi, ta’lim sifati, o‘quvchilarning rivojlanish darajasi, psixologik xususiyatlari, muhitga moslashuvchanligi va variativligi ta’limiy muhitning yaxlitligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarni inklyuziv sharoitida ishlashga tayyorlashning metodik ta’minoti bolaning ijtimoiylashuvi va to‘la qonli rivojlanishi uchun psixologik, pedagogik sharoitlar yaratib beruvchi ijtimoiy munosabatlar tizimi samaradorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarni inklyuziv sharoitida ishlashga tayyorlash mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarni inklyuziv sharoitida ishlashga tayyorlashning pedagogik mexanizmlari faoliyat jarayonida ijtimoiy pedagog refleksiyani vujudga keltirish, har bir bosqichda o‘z faoliyatining salbiy va ijobiy jihatlarini aniqlash va jamiyat integratsiyasiga yordam beruvchi faol xayotiy pozisiyasini shakllantirish asosida takomillashtirishga doir takliflardan 2018-2020 yillarda bajarilgan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining 2023 yil 3 martdagi 04/11-1348 son ma’lumotnomasi ). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarni inklyuziv sharoitida ishlashga tayyorlashning pedagogik mexanizmlari aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarni inklyuziv sharoitida ishlashga tayyorlashning mazmuni shaxs shakllanishiga uzluksiz, maqsadga muvofiq, izchil ta’sir etish orqali mustaqil harakatga va muvaffaqiyatga erishish motivatsiyaning ratsional va maqsadga qaratilgan xatti-harakatlar bilan xarakterlanadigan amaliy pedagogik faoliyat barqarorligini ta’minlash asosida aniqlashtiriga doir takliflardan 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi PZ-20170930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat univrsitetining 2023 yil 10 martdagi 01-1010-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglarni inklyuziv sharoitida ishlashga tayyorlashda bolaning ijtimoiylashuviga yordam beruvchi bilimlarni yetkazish, ijtimoiy konikma va malakalarni shakllantirish jarayonining samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarni inklyuziv sharoitida ishlashga tayyorlashning mazmuni shaxs shakllanishiga uzluksiz, maqsadga muvofiq, izchil ta’sir etish orqali mustaqil harakatga va muvaffaqiyatga erishish motivatsiyaning ratsional va maqsadga qaratilgan xatti-harakatlar bilan xarakterlanadigan amaliy pedagogik faoliyat barqarorligini ta’minlash asosida aniqlashtirishga hamda oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarni inklyuziv sharoitida ishlashga tayyorlashning imkoniyatlari umumiy qulayligi, uzluksizligi, ta’lim sifati, o‘quvchilarning rivojlanish darajasi, psixologik xususiyatlari, muhitga moslashuvchanligi va variativligi ta’limiy muhitning yaxlitligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 2018-2020 yillarda bajarilgan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Universitetining 2023 yil 3 martdagi 04/11-1348-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarni inklyuziv ta’lim jarayonida ishlashga tayyorlashning ilmiy-pedagogik jihatlarini samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.