Sayfutdinova Maftuna Abror qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillari iqtisodiy diskursining lingvopragmatik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil606.
Ilmiy rahbar: Samigova Xushnuda Botirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zayniyevich, filologiya fanlari doktori, professor; Kurganov Anvar Muxtorovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida iqtisodiy dikursning lingvopragmatik xususiyatlarini chog‘ishtirma aspektda ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida iqtisod sohasida qo‘llaniladigan terminlarning tarixiy-genetik ildizlari (etimologiyasi), fondi, genafondi hamda tarixiy taraqqiyot bosqichidagi takomili doirasida so‘zlarning lingvopragmatik manipulyasiyaga uchrashi orqali ularning semantikasida uchraydigan o‘zgarish va yangilanishlar derivasion mexanizm orqali dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi iqtisodiy terminlarning hozirgi bosqichdagi holati, soha iqtisodiy diskursining ichki va tashqi omillar hisobiga boyib borish yo‘llari, o‘zlashma qatlamning og‘zaki va yozma nutqda qo‘llanishiga muvofiq faollik darajasi hamda miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillari iqtisodiy diskursi doirasida ma’no ko‘chish hodisasining lingvopragmatik xususiyatlari chog‘ishtirilayotgan tillarda bir xil mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotning bir-biridan farq qiluvchi nutq aktlari orqali ifodalanishi isbotlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi iqtisodiy sohaga oid matnlarning adekvat tarjimasida konnotativlik aspektining kasb etishi ko‘p tilli va izohli konnotativ elektron lug‘atlarni tuzishda leksik-semantik hamda funksional-strukturaviy tafovutlarni bartaraf etishi imkonini berishi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida iqtisodiy dikursning lingvopragmatik xususiyatlarini chog‘ishtirma aspektda ochib berishga qaratilgan nazariy-metodologik natijalar va amaliy tavsiyalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida iqtisod sohasida qo‘llaniladigan terminlarning tarixiy-genetik ildizlari (etimologiyasi), fondi, genafondi hamda tarixiy taraqqiyot bosqichidagi takomili doirasida so‘zlarning lingvopragmatik manipulyasiyaga uchrashi orqali ularning semantikasida uchraydigan o‘zgarish va yangilanishlar derivasion tahlil mexanizmiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi fan va tehnologiyalar agentligi tomonidan taqdim etilgan F-1-raqamli 2015–2017 yillardagi «O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 10 avgustdagi 03-03/1-1550-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili darslarida matnning lingvopragmatik tahlillariga tayangan holda talabalarni turli iqtisodiy nutqiy vaziyatlarga tayyorlashga xizmat qiluvchi samarali usul sifatida xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi iqtisodiy terminlarning hozirgi bosqichdagi holati, soha iqtisodiy diskursining ichki va tashqi omillar hisobiga boyib borish yo‘llari, o‘zlashma qatlamning og‘zaki va yozma nutqda qo‘llanishiga muvofiq faollik darajasi hamda miqdoriy ko‘rsatkichlariga oid xulosalardan Toshkent moliya institutining AM-P3-2019062030 raqamli «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kreditga layoqatliligini baholashning skoring modelini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent moliya institutining 2022 yil 16 apreldagi 3/902-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillari iqtisodiy diskursining lingvopragmatik xususiyatlarini o‘rganishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillari iqtisodiy diskursi doirasida ma’no ko‘chish hodisasining lingvopragmatik xususiyatlari chog‘ishtirilayotgan tillarda bir xil mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotning bir-biridan farq qiluvchi nutq aktlariga oid xulosalardan Toshkent moliya institutining FZ-2020041539 raqamli «O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini raqamlashtirish va innovatsion sug‘urta mahsulotlarini joriy qilish» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent moliya institutining 2022 yil 16 apreldagi 3/902-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqaro ma’lumot almashinuvi tizimi samaradorligini oshirishga doir ilmiy-nazariy qarashlar loyiha mazmun-mohiyatini boyitgan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi iqtisodiy sohaga oid matnlarning adekvat tarjimasida konnotativlik aspektining kasb etishi ko‘p tilli va izohli konnotativ elektron lug‘atlarni tuzishda leksik-semantik hamda funksional-strukturaviy tafovutlarni bartaraf etishi imkoniga oid xulosalardan Portugaliyadagi Porto universitetida amalga oshirilgan fundamental loyihada foydalanilgan (FEUP-Faculty of Engineering, University of Porto, 2020 yil 10 sentyabrdagi 4200-465 son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz iqtisodiy diskursining boyib borishida arab, fors va rus tillarining ta’sirini samarali o‘rganishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillari iqtisodiy diskursi doirasida nutq aktlarining muhim ahamiyat kasb etishiga oid xulosalardan Malayziya xalqaro Islom universiteti doirasida amalga oshirilgan fundamental loyihada foydalanilgan (Internatıonal Islamıc Unıversıty, 2020 yil 24 fevraldagi 0019-KOE-36-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz iqtisodiy diskursining o‘ziga xos xususiyatlari hamda ayrim terminlar etimologiyasini tadqiq qilishga erishilgan.