Kutlimuratov Sardor Sharipbayevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Astronomik kuzatuv natijalari va elektron ma’lumotlar bazalari asosida mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasi (pedagogik oliy ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (astronomiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4129.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Eshchanov Baxodir Xudoyberganovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Ergashov Maxamatrasul, texnika fanlari doktori, professor; Dadaboeva Feruzaxon Olimjonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasalarida astronomiya kursidan mustaqil ta’limni tashkil etishda talabalarda ilmiy izlanuvchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
astronomik kuzatuv natijalari va elektron ma’lumotlar bazalariga ko‘ra mustaqil ta’limni tashkil etishning didaktik imkoniyatlari talabalarning individual akademik traektoriyasini kasbiy yo‘nalganlik muhitda tashkil etishning barqaror natijadorligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
mustaqil ta’limni tashkil etishda astronomik kuzatuv natijalari va elektron ma’lumotlar bazalaridan foydalanish modeli reglamentli interval, vizual dizayn kabi talabalarda ijodiy faollik, ma’lumotlarni tezkor filtrlash ko‘nikmalarini tizimli rivojlantiruvchi tamoyillarni adaptiv o‘qitish muhitiga interpritativ ta’sirchanlikda kiritish asosida takomillashtirilgan;
mustaqil ta’limni tashkil etish texnologiyalari ADS NASA, VizieR, SDSS ma’lumotlar bazalarini qo‘llash jarayonida tadqiqotchilik motivatsiyasini kuchaytiruvchi axborotli mobil targ‘ibot, kontekstli sintez ish turlarini produktiv dinamikada qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
mustaqil ta’limda astronomik kuzatuv natijalari va elektron ma’lumotlar bazalaridan foydalanishning didaktik ta’minoti o‘quv-metodik resurslarni adekvat o‘zlashtirish muhitida “eshitish-ko‘rish-bajarish” majmuaviy ta’sirga ko‘ra modernizatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Astronomik kuzatuv natijalari va elektron ma’lumotlar bazalari asosida mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasi (pedagogik oliy ta’lim muassasalari misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
astronomik kuzatuv natijalari va elektron ma’lumotlar bazalari asosida mustaqil ta’limni tashkil etishning didaktik imkoniyatlari talabalarning individual akademik traektoriyasini kasbiy yo‘nalganlik muhitda tashkil etishning barqaror natijadorligini ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid taklif hamda tavsiyalardan Chirchiq davlat pedagogika universitetining PPI/APM/2019/1/00004 - raqamli «3D Digital Silk road” mavzudagi Polsha Respublikasining Akademik almashinuvlar agentligi (NAWA) fondi tomonidan moliyalashtirilgan xalqaro ilmiy loyihada foydalanilgan (Chirchiq davlat pedagogika universitetining 2023-yil 13-martdagi 04/920-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning astronomiya kursini o‘zlashtirish samaradorligiga erishilgan;
mustaqil ta’limni tashkil etishda astronomik kuzatuv natijalari va elektron ma’lumotlar bazalaridan foydalanish modeli reglamentli interval, vizual dizayn kabi talabalarda ijodiy faollik, ma’lumotlarni tezkor filtrlash ko‘nikmalarini tizimli rivojlantiruvchi tamoyillarni adaptiv o‘qitish muhitiga interpritativ ta’sirchanlikda kiritish hamda astronomik kuzatuv natijalari va elektron ma’lumotlar bazalari asosida mustaqil ta’limni tashkil etish texnologiyalari ADS NASA, VizieR, SDSS ma’lumotlar bazalarini qo‘llash jarayonida tadqiqotchilik motivatsiyasini kuchaytiruvchi axborotli mobil targ‘ibot, kontekstli sintez ish turlarini produktiv dinamikada qo‘llash yuzasidan ishlab chiqilgan takliflardan OT-F-2-13 raqamli “O‘zgravitatsiyalanuvchi sistemalar evolyusiyasining nochiziqli nostatsionar bosqichlarida ularning gravitatsion beqarorliklari va mavjud rezonans holatlarni hisobga olgan holdagi fazaviy qorishishi” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 15 dekabrdagi 04/11-8183-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining ilmiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari rivojlantirishga erishilgan;
mustaqil ta’limda astronomik kuzatuv natijalari va elektron ma’lumotlar bazalaridan foydalanishning didaktik ta’minoti o‘quv-metodik resurslarni adekvat o‘zlashtirish muhitida “eshitish-ko‘rish-bajarish” majmuaviy ta’sirga ko‘ra modernizatsiyalashga oid tavsiyalardan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kelib tushgan qonunlarni ilmiy jihatdan tahlil qilishda hamda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuning ijrosini o‘rganish natijalari bo‘yicha Yoshlar, Madaniyat va Sport masalalari Qo’mitasi qarorini tayyorlashda foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, Madaniyat va Sport masalalari Qo’mitasining 2022 yil 22 dekabrdagi 17-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori pedagogik va ilmiy salohiyatga ega kadrlar hamda innovatsion faoliyat sohasida kadrlar tayyorlashga erishilgan.