Kuchkarov Mexriddin Asamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): "Maktab o‘quvchilarining o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini kimyoviy eksperiment vositasida shakllantirish metodikasi" mavzusidagi 13.00.02 – ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4131.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Saparov Kalandar Abdullayevich, biologiya fanlar doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSC.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Mirxamitova Dilorom Xudayberdiyevna, kimyo fanlari doktori, professor; Dumanov Baxromjon Muxtorovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktab o‘quvchilarining o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini kimyoviy eksperiment vositasida shakllantirish metodikasini takomillashtirish iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab o‘quvchilarining o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishda kimyoviy eksperimentdan foydalanishning kompleks imkoniyatlari optimal faraz, ratsional reja tamoyillarini virtual o‘quv muhitida reglamentli optimallashtirish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishning didaktik ta’minoti ilmiy va amaliy faoliyat integratsiyasini jadallashtiruvchi mobil kimyo laboratoriya dasturlarini algoritmik kombinatsiyalangan tajriba jarayonida ko‘p variantlilikda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishning metodik modeli tajribalarning dastlabki monitoringini instrumental to‘ldiruvchi virtual resusrlardan personal kashfiyotga motivatsiyalovchi instruksiyali jarayonda funksional davriylikka ko‘ra qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllanganligini baholash mezonlari gipotezalar klassifikatsiyasiga ko‘ra maqbullashtirilgan mustaqil topshiriqlar seriyasini optimal yechimga yo‘naltirilgan sintez trayektoriyalariga individuallik munosabatida adaptivlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinish. Maktab o‘quvchilarining o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini kimyoviy eksperiment vositasida shakllantirish bo‘yicha ilmiy-metodik, amaliy taklif va tavsiyalar asosida:
o‘quvchilarda o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishning didaktik ta’minoti ilmiy va amaliy faoliyat integratsiyasini jadallashtiruvchi mobil kimyo laboratoriya dasturlarini algoritmik kombinatsiyalangan tajriba jarayonida ko‘p variantlilikda qo‘llashga oid takliflari Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli «Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish» nomli amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan, tadqiqot natijalari asosida yaratilgan o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 17 noyabrdagi 02-07-4101/04-son dalolatnomasi). Natijada, maktablarda kimyoviy esperimentlarni ilmiy va amaliy integratsiyada tashkil etishning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishning metodik modeli tajribalarning dastlabki monitoringini instrumental to‘ldiruvchi virtual resusrlardan personal kashfiyotga motivatsiyalovchi instruksiyali jarayonda funksional davriylikka ko‘ra qo‘llash hamda o‘quvchilarda o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllanganlik darajasini baholash mezonlari gipotezalar klassifikatsiyasiga ko‘ra maqbullashtirilgan mustaqil topshiriqlar seriyasini optimal yechimga yo‘naltirilgan sintez trayektoriyalariga individuallik munosabatida adaptivlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli «Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish» nomli amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan, tadqiqot natijalari asosida yaratilgan o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 17 noyabrdagi 02-07-4101/04-son dalolatnomasi). Natijada, o‘quvchilarning o‘quv tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish borasida ijobiy natijalarga hamda ta’lim samaradorligini oshirishga erishilgan;
maktab o‘quvchilarining o‘quv-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishda kimyoviy eksperimentdan foydalanishning kompleks imkoniyatlari optimal faraz, ratsional reja tamoyillarini vertual o‘quv muhitida reglamentli optimallashtirishga oid tavsiyalaridan «Umumiy kimyodan laboratoriya mashg‘ulotlari» va «Anorganik kimyodan laboratoriya mashg‘ulotlari» nomli o‘quv qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 23-sentabrdagi 3-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu o‘quv qo‘llanma maktab o‘quvchilarida kimyoviy eksperimentlarni bajarish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qilgan.