Badalov Feruz Amirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Amandara maydoni serpentinitlarini boyitish va magniy saqlovchi mahsulotlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari). 
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3267.
Ilmiy rahbar: Samadov Alisher Usmanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: “Mineral resurslar instituti” Davlat muassasasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Nosirov Nurzod Ixtiyorovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Amandara maydoni serpentinitlarini boyitish va magniy saqlovchi mahsulotlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
serpentinitlarni kompleks qayta ishlash maqsadida birinchi marotaba kombinatsiyalashgan boyitiish sxemasini qo‘llab temir va magniy tarkibli mahsulot olishning optimal texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
gidrometallurgik tadqiqotlar asosida magniy oksidining eritmaga ajralishiga ta’sir qiluvchi omillarning optimal sharoitlari aniqlangan;
eritma tarkibidagi zararli komponentlarni va magniy birikmalarini cho‘ktirish parametrlari ishlab chiqilgan;
magniy krisstalini hosil qilish va termik qayta ishlashning optimal parametrlari aniqlangan;
Amandara maydoni serpentinitlarini kompleks qayta ishlash asosida magniy mahsuloti va temir tarkibli mahsulot olishning chiqindisiz texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Amandara maydoni serpentinitlarini boyitish va magniy saqlovchi mahsulotlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Amandara maydoni namunalarini moddiy tarkibini kimyoviy, spektral, optik-emission spektral, rentgen-difraktometrik, granulometrik, fizik-mexanik, mineralogik tahlillari natijalari asosida serpentinitlarni qayta ishlashning texnologik sxemasi «Regionalgeologiya» DUKda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022 yil 18 noyabrdagi 14-43-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqiya, Yamchisay, Tangisay, Tamdi, Ashinintau, Agalik va boshqa serpentinit tarqalgan hududlarda istiqbolli maydonlarni ajratish imkonini bergan; 
Amandara maydoni serpentinitlarini kompleks qayta ishlash asosida magniy mahsuloti va temir tarkibli mahsulot olish bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologiya «Regionalgeologiya» DUKda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2022-yil 18-noyabrdagi 14-43-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Amandara serpentinit ma’danlarini kompleks xomashyo sifatida foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish