Aripov Avaz Rozikovichningning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Vermikulit rudalarini boyitib, turli mahsulotlar olish texnologiyasini yaratish», 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2367.
Ilmiy rahbar: Xoliqulov Doniyor Baxtiyorovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Alimov Rasulxan Sarvarxanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: vermikulit rudalarini boyitish va ulardan qurilish, olovbardosh, issiqlikdan himoya qilish mahsulotlarini olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kimyoviy va mineralogik tarkibini o‘rganish natijasiga ko‘ra Tebinbuloq vermikulit rudalari tarkibida ko‘pchimaydigan bo‘sh tog‘ jinslari va zaif ko‘pchiydigan slyudalar mavjudligi aniqlangan;
Tebinbuloq vermikulit rudasini maydalashda bolg‘ali maydalagichdan foydalanish va boyitishda magnitli saralagich orqali temir birikmalarini chiqarib yuborish va havoli saralagichda boyitish samarali ekanligi aniqlangan;
birinchi marta “Tebinbuloq” koni vermikulitini ko‘pchitish uchun maqbul harorat 900°Sda -4+2 mm yiriklikdagi fraksiya 3 min, -2+1 mm yiriklikdagi fraksiya 2 min, -1 mm yiriklikkacha bo‘lgan fraksiya 1,5 min davomida kuydirish samarali ekanligi va ko‘pchitishdan keyin tez sovutish uning tarkibidagi elementar minerallarini yonib ketishdan asrab, mexanik mustahkamligi saqlab qolishi aniqlangan;
“Tebinbuloq” koni ko‘pchitilgan vermikulitiga bog‘lovchi sifatida kaolin, bentonit qo‘shish orqali olovbardosh plitalar, sement qo‘shish bilan qurilish plitalari hamda suyuq shisha qo‘shish orqali issiqlikdan himoyalovchi materiallar olish jarayonining maqbul parametrlari aniqlangan;
tajriba-sanoat sinovlarini o‘tkazish natijasida vermikulit rudalarini boyitish va u asosida turli mahsulotlar olish texnologiyasi va dastgohlar zanjir sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Vermikulit rudalarini boyitib turli mahsulotlar olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Tebinbuloq koni vermikulit rudasini magnitli saralagich yordamida temir birikmalarini chiqarib yuborish va havo saralagichda boyitish texnologiyasi «SVERXBELPROEKT» MChJ va «TRUMF-VERMICULIT» MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 28 dekabrdagi 05/15-3160-son ma’lumotnomasi). Natijada, vermikulit rudasidan vermikulitni 85 % gacha ajratib olish imkonini bergan;
vermikulit boyitmasini ko‘pchitilgan vermikulit olish maqsadida aylanma quvurli pechda 900°C da kuydirish usuli «SVERXBELPROEKT» MChJ va «TRUMF-VERMICULIT» MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 28 dekabrdagi 05/15-3160-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilish plitalari va o‘tga chidamli issiqlikni himoyalovchi materiallar olish uchun ishlatiladigan ko‘pchitilgan vermikulit olish imkonini bergan;
ko‘pchitilgan vermikulitga bog‘lovchi materiallar: kaolin, bentonit, sement va suyuq shisha qo‘shish orqali o‘tga chidamli va issiqlikni himoya qiluvchi plitalar ishlab chiqarish usuli «SVERXBELPROEKT» MChJ va «TRUMF-VERMICULIT» MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 28 dekabrdagi 05/15-3160-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘tga chidamli va issiqlikni himoya qiluvchi plitalar olish imkonini bergan.