Siddikov Ikromjon Iminjonovichning 
texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida
e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tarkibida fosfor, oltingugurt va metall saqlagan yong‘inbardosh polimer qurilish materiallarini tadqiq etish va texnologiyasini yaratish”, 05.10.02-“Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” hamda 02.00.14 – “Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi” ixtisosliklari. 
Dissertatsiyamavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1. DSc /T294.
ilmiy maslaxatchilar: Djalilov Abdulaxat Turopovich, kimyo fanlari doktori, akademik; Nurkulov Fayzilo Nurmuminovich, kimyo fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan tashkilotnomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi 
PhD 40/30.12.2020.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: Boxodirov Azizjon Abdulazizovich-“O‘zqurilishmateriallari” uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi, texnika fanlari doktori, professor; Beknazarov Hasan Soyibnazarovich- Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti yetakchi ilmiy xodimi, texnika fanlari doktori, professor; Madjidov Inomjon Urishevich - Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy xomashyolar yordamida samarador polifunksional oligomer antipirenlar yaratish va ular asosida polimer, yog‘och materiallarini hamda oltingugurt tarkibli betonlarni yong‘indan himoyalashning samarador texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
polimer va yog‘och materiallarini yong‘indan himoyalashda mahalliy xomashyolar asosida olingan ADj markali 5 ta polifunksional antipiren tarkiblar va oltingugurt bog‘lovchi asosidagi betonlarni yonuvchanlik ko‘rsatkichlarini kamaytirish uchun V1 va V2 marka modifikatorlarining yangi markalarni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
polifunksional antipiren tarkiblar bilan yog‘och materiallariga cho‘tka, purkagich va bosim ostida ishlov berish orqali olingan yong‘inbardosh qurilish materiallarning alanga ta’sirida massa yo‘qotish samaradorligi 68,9% dan 5,83% gacha pasayganligi aniqlangan;
polifunksional antipirenlar bilan ishlov berilgan polimer va yog‘och va materiallari strukturasi, fizik-mexanik va kimyoviy xususiyatlarini infraqizil spektroskopiyasi (IK), rentgenfazali (RFA) va termogravimetrik (TG)  rentgent tahlil usullari hamda yog‘och, polimer va oltingugurt tarkibli beton materiallarining olovbardosh xossalari standart usullardan foydalab aniqlangan;
tarkibida fosfor, oltingugurt va metall saqlagan ADj markali polifunksional oligomer antipirenlar yuqori harorat ta’sirida havodagi kislorod bilan birikishi orqali turli oksidlar hamda suv bug‘larni hosil qilishi natijasida qurilish materiallarining olovbardoshlik xossalarini yaxshilash mexanizmi aniqlangan; 
olovbardoshlilikni oshirish maqsadida yaratilgan V1 va V2 markali modifikator asosida tayyorlangan oltingugurt bog‘lovchili betonlarning fizik-mexanik, kimyoviy xossalari tadqiq etildi va ularning teplofizik xossalarini ortishiga hamda u asosidagi materialni yonuvchan guruhdan qiyin yonuvchan guruhga o‘tkazilishi aniqlangan bo‘lib, tarkibida fosfor-oltingugurt va metall bo‘lgan oligomer antipirenlarni yog‘och qurilish materiallarga bosim ostida shimdirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
oltingugurt bog‘lovchisi asosidagi materiallarni ishlatilish jabxalarini kengaytirish, ulardan konstruktiv materiallar sifatida foydalanish maqsadida maxalliy xom ashyolar asosida yaratilgan V1 va V2 modifikatorlar yordamida ularni yonuvchan guruxdan qiyin yonuvchan guruxga o‘tkazilishiga erishilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarkibida fosfor-, oltingugurt- va metall saqlagan yong‘inbardosh polimer qurilish materiallarini tadqiq etish va texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:  
yog‘och va polimer qurilish materiallarini yong‘indan himoyalash maqsadida yaratilgan fosfor, oltingugurt va metall saqlagan oligomer antipiren tarkiblar “Yong’indan saqlash Buxoro system servis” MChJ, Farg‘ona viloyati Ko‘ngilli yong‘in o‘chirish jamiyatiga qarashli “O’zbekiston yong’inga qarshi kurashish jamiyati”, hamda Xorazm viloyati Xonqa tumani “O’zbekiston yong’inga qarshi kurashish jamiyati” qurilish materiallarni ishlab chiqarish va ishlov beruvchi korxonalar bilan Favqulodda vaziyatlar xududiy bo‘limlari hamkorlikda muvaffaqqiyatli amaliyotga (O‘zbekiston Respublikasi O‘zsanoatqurilishmateriallari uyushmasining 2022 yil 11 apreldagi 05/15-907-son ma’lumotnomasi), (O‘zbekiston Respublikasi Favkulodda vaziyatlar vazirligining 2022 yil 20 apreldagi 4/4/32-1111-son ma’lumotnomasi) joriy qilingan. Natijada yong‘indan himoyalangan qurilish materiallarining yonuvchanlik guruhi (Yo3) yonuvchan guruhidan qiyin yonuvchi (Yo1) guruhiga o‘tkazilishiga erishilgan. Shuningdek, ADj-12 markali antipirendan foydalanishdagi iqtisodiy samaradorlik 19190 so‘m/kg ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish