Axmatova Yulduz Ablakulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda surunkali tubulointerstisial nefritda oqsillar metabolizmi holati va davolash taktikasi», 14.00.09-Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1684.
Ilmiy raxbar: Axmedjanova Nargiza Ismailovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Ik faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Rustamov Mardonqul Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Bobomuratov Turdiqul Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Akademik I.P. Pavlov nomidagi Birinchi Sankt- Peterburg davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi oqsil almashinuvi patogenetik parametrlari va buyrak naychalari disfunksiyasini hisobga olgan holda bolalarda surunkali tubulointerstisal nefritni erta tashxislash va kompleks davolash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali tubulointerstisial nefritning qaytalanuvchi va yashirin shakllari bilan og‘rigan bemorlarda buyrak funksiyasi buzilishining ko‘rsatkichlari va aseptik yallig‘lanish jarayonining belgisi bo‘lgan buyrakning zararlanish molekulalari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
surunkali tubulointerstisial nefrit bilan og‘rigan bemorlarda erta muddatlarda oqsil metabolizmidagi o‘zgarishlar (al`buminning samarali konsentratsiyasi va bog‘lab olish qobiliyati, toksiklik indeksi, peshobda buyrak zararlanishi molekulalarining ortishi) kasallikning erta diagnostik markeri ekanligi isbotlangan;
surunkali tubulointerstisial nefrit bilan og‘rigan bemorlarda buyrak funksiyasi holati va endogen intoksikatsiya ko‘rsatkichlari o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan;
ilk bor surunkali tubulointerstisial nefrit bilan og‘rigan bemorlarda an’anaviy davo usuli bilan birgalikda modifikatsiyalangan kompleks davolash usulini (an’anaviy davolash + rutin + buyrak sohasiga 0,5% eufillin bilan elektroforez) qo‘llash natijasida davolashdagi differensial yondashuvlar samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Bolalarda surunkali tubulointerstisial nefritda oqsillar metabolizmi holati va davolash taktikasini baxolash va takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot jarayonidan olingan tizimli tahlil bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
surunkali tubulointerstisial nefritni o‘z vaqtida tashxislash va bolalarda kasallik asoratlarining oldini olish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Bolalarda surunkali tubulointerstisial nefritning diagnostikasi va davolash usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28 fevraldagi 8n-r/213-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda surunkali tubulointerstisial nefritni erta tashxislash, uning surunkali buyrak etishmovchiligiga o‘tishini oldini olish va samarali kompleks davolash imkonini bergan;
surunkali tubulointerstisial nefritli bolalarda kasallik diagnostikasi va davolash natijalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasining bolalar bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 6 maydagi 8n-z/213-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi surunkali tubulointerstisial nefrit bilan og‘rigan bolalarda ishlab chiqilgan davolash sxemasini qo‘llash natijasida davolash samaradorligi 41% ga oshishi, kasalxonada yotish kunlarining soni esa 1,5 baravar kamayishi imkonini bergan.