Raxmanova Muqaddas Qaxramonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4DSc/Ped379.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Maxmudova Dilfuza Meylievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Hurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori (DSc); Ismoilova Zuxra Karabayevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogik ta’lim jarayonida talabalarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik aspektlari shaxsiy kamolot bosqichlarida kasbiy yetilishning individual tavsiflarini o‘qitishning ijtimoiy yo‘nalgan shakllarida progressiv monitoringli qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik muloqot va qadriyat kabi komponentlari o‘qituvchilik mavqeini anglashga undovchi prognostik, konstruktiv, tashkiliy, refleksiv loyihalarni kasbiy o‘zini anglash muhitida samarador ta’sir dinamikasida qo‘llanilishiga ko‘ra aniqlashtirilgan;
ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari talabalarning o‘z xulq-atvorini korreksiyalovchi refleksiv, fasilitasion, vitagen, mental texnologiyalarini differensial faollashtirilgan kasbiy muloqot muhitida muvaffaqiyatga erishish va empatik munosabatlarda invariant qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishning integrativ modeli talabalarning akademik va shaxslararo faoliyat trayektoriyasiga pedagogik madaniyat sifatlarini optimallashtirishning barqarorligini ijtimoiy kompetentlikning determinantlari orqali mas’uliyatlilik darajalarida ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishning didaktik ta’minoti talabalarda kasbiy va shaxsiy sifatlarni tashxis etishning axborotli, faoliyatli va monitoring bosqishlarini mustaqil ta’lim, pedagogik amaliyot oldi mashg‘ulotlariga tajriba va tahlil mutanoslbligi va kontent domenlarini personal darajali adaptivlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida talabalarning ijtimoiy kompetentligini takomillashtirish texnologiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shaxsiy kamolot bosqichlarida kasbiy yetilishning individual tavsiflarini o‘qitishning ijtimoiy yo‘nalgan shakllarida progressiv monitoringli qo‘llash asosida aniqlashtirilgan talabalarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik aspektlari, talabalarda ijtimoiy kompetensiyani rivojlantirishning metodik tuzilmasi motivasion-shaxsiy, faoliyatga doir, refleksiv-baholovshi komponentlarni ijodiy muhit barqarorligini ta’minlash, pedagogik-psixologik xususiyatlari, ijtimoiiy komptentlik va ijtimoiy faollikning tarkibiy asoslari, shaxsiy ijtimoiy tajriba va pozisiya bilan aloqadorligini aniqlashtirishga doir takliflardan “Ijtimoiy pedagogika” nomli darslik ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 09-sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan berilgan 302-0881 raqamli guvohnoma). Natijada, ijtimoiy kompetentlik rivojlantirishga asoslangan o‘quv uslubiy ta’minotni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
o‘qituvchilik mavqeini anglashga undovchi prognostik, konstruktiv, tashkiliy, refleksiv loyihalarni kasbiy o‘zini anglash muhitida samarador ta’sir dinamikasida qo‘llanilishiga ko‘ra aniqlashtirilgan talabalarda ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik muloqot va qadriyat kabi komponentlari, talabalarda ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish modelini amaliyotda tatbiq etishning metodik bosqichlari ta’lim va tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishning amaliy ahamiyatlilik darajasini oshirishga erishilganligi, ijtimoiy kompetentlikni belgilab beruvshi ijtimoiy-siyosiy, axloqiy bilimlar, shaxsiy ijtimoiy tajriba, mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, bilimdonlik, ishbilarmonlik mezonlarini amaliy kasbiy faoliyat tuzilmasiga kiritish asosida aniqlashtirilgan tavsiyalardan T.N.Qopi Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari Ilmiy tadqiqot instituti Qopaqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy va milliy va tapixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy-fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (T.N.Qopi Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari Ilmiy tadqiqot instituti Qopaqalpog‘iston filialining 2022 yil 20 sentyabrdagi 249-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishni samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarning o‘z xulq-atvorini korreksiyalovchi refleksiv, fasilitasion, vitagen, mental texnologiyalarini differensial faollashtirilgan kasbiy muloqot muhitida muvaffaqiyatga erishish va empatik munosabatlarda invariant qo‘llash asosida takomillashtirilgan ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari, oliy pedagogik ta’lim jarayonida talabalarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dars shakllari, passiv, faol, interfaol yondashuvlarga ko‘ra loyihalash jarayonlari, tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirishda darslarga qo‘yiladigan talablar, o‘quv faoliyatini jadallashtiruvchi ta’lim texnologiyalariga oid takliflardan “Ijtimoiy pedagogika” nomli darslik ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 09-sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan berilgan 302-0881 raqamli guvohnoma). Natijada, oliy pedagogik ta’lim yo‘nalishi talabalarining bilim samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarning akademik va shaxslararo faoliyat trayektoriyasiga pedagogik madaniyat sifatlarini optimallashtirishning barqarorligini ijtimoiy kompetentlikning determinantlari orqali mas’uliyatlilik darajalarida ta’minlash asosida takomillashtirilgan ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishning integrativ modeli, talabalarni ijtimoiylashuviga yo‘naltirilgan ijtimoiy kompetentli talaba modeli, ijtimoiy kompetentini rivojlantirishning kouch-trenerlikka tayyorlash texnologiyasining o‘quv jarayoniga joriy etilganligi hamda ijobiy natijalarga erishilganligi, shuningdek, mazkur ilmiy natijalardan talabalarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik tizimli kognitiv, individual, hissiy-psixologik, texnologik, integrativ va refleksiv yondashuvlarga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-005 «Qaraqalpoq folklorshunosligi, adabiyoshunosligi tarixini tadqiq etish» (2017-2021 yy.) mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti 2022 yil 04 oktyabrdagi 978/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur loyiha talabalarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik tizimini amaliyotga joriy etilishiga asos bo‘lib xizmat qilgan.