Sultanov Xaytboy Eraliyevichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tasviriy san’at ta’limida klaster yondashuvi asosida takomillashtirilgan o‘qitish texnologiyalari (oliy va umumiy o‘rta ta’lim hamkorligi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tasviriy san’at).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1398.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjamqulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matjonov Sapo Murotovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Bulatov Saidaxbor Sobitovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tasviriy san’at ta’limida klaster yondashuviga asoslangan o‘qitish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘qitish texnologiyalarini tasviriy san’at ta’limiga samarali tatbiq etish mexanizmlari klaster yo‘nalishlariga muvofiq ta’limni gorizontal va vertikal integratsiyalashda mustaqil va qo‘shimcha ta’limning pedagogik imkoniyatlarini hamkorlik tamoyiliga klaster modeli vositasida moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda ta’limga innovatsion klaster yondashuvini tatbiq etish texnologiyalari klaster hamkorlik tamoyillarini tasviriy san’atni o‘qitish metodikasini takomillashtirishga intensiv yo‘naltirishga ko‘ra talabalarda tayanch kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish asosida aniqlashtirilgan;
tasviriy san’at ta’limida o‘quv jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlar tizimi klaster hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishning tabiiy aloqadorlik, vorisiylik va o‘zaro nazorat tamoyillarini hududiy hamkorlikning amaliy empatiya va o‘zaro to‘ldiruvchilik metodlariga gorizontal va vertikal integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
tasviriy san’at ta’limida klaster yondashuviga asoslangan o‘qitish texnologiyalari va metodikasi klaster yondashuvi hamda zamonaviy pedagogik paradigmalar vositasida talabalarning individual ta’lim traektoriyasini aniqlash, ijodiy qobiliyatlarini kasbiy motivasiya bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tasviriy san’at ta’limida klaster yondashuvi asosida o‘qitish texnologiyalarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
klaster yo‘nalishlariga muvofiq ta’limni gorizontal va vertikal integratsiyalashda mustaqil va qo‘shimcha ta’limning pedagogik imkoniyatlarini hamkorlik tamoyiliga klaster modeli vositasida moslash asosida takomillashtirilgan o‘qitish texnologiyalarini tasviriy san’at ta’limiga samarali tatbiq etish mexanizmlari, klaster yondashuvini tasviriy san’at ta’limiga tatbiq etish va o‘qitish texnologiyalarini takomillashtirishning ilmiy va pedagogik asoslari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar, ilmiy xulosalar “Tasviriy san’at texnologiyasi va nusxa ko‘chirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 892/4-106-son nashr guvohnomasi). Natijada, psixologik-pedagogik omillarni aniqlashtirish orqali talabalarni ijodkorlikka qiziqtirishning ilmiy-metodik jarayoni mazmuniga mos integratsion ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari ishlab chiqilgan;
klaster hamkorlik tamoyillarini tasviriy san’atni o‘qitish metodikasini takomillashtirishga intensiv yo‘naltirish asosida aniqlashtirilgan talabalarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda ta’limga innovatsion klaster yondashuvi va o‘qitish texnologiyalarini tatbiq etishning pedagogik texnologiyalari, klaster yondashuvi hamda zamonaviy pedagogik paradigmalar vositasida talabalarning individual ta’lim trayektoriyasini aniqlash, ijodiy qobiliyatlarini kasbiy motivasiya bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan tasviriy san’at ta’limida klaster yondashuviga asoslangan o‘qitish texnologiyalari va metodikasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Rangtasvir (akvarelda natyurmort ishlash)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 dekabrdagi 1000-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 1000-100-son nashr guvohnomasi). Natijada, mavzuning ilmiy ahamiyati ortib, ta’lim va tarbiya uzviyligini ta’minlovchi mexanizmlar takomillashtirilgan;
klaster hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishning tabiiy aloqadorlik, vorisiyk va o‘zaro nazorat tamoyillarini hududiy hamkorlikning amaliy empatiya va o‘zaro to‘ldiruvchilik metodlariga gorizontal va vertikal integratsiyalash asosida takomillashtirilgan tasviriy san’at ta’limida o‘quv jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlar tizimi, klaster hamkorlik tamoyillarini tasviriy san’atni o‘qitish metodikasini takomillashtirishga intensiv yo‘naltirish asosida aniqlashtirilgan talabalarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda ta’limga innovatsion klaster yondashuvi asosida takomillashtirilgan o‘qitish texnologiyalarini tatbiq etishning pedagogik imkoniyatlari bo‘yicha takliflardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining A-1-30 raqamli “Milliy timsollar va ramzlar ensiklopediyasini nashrga tayyorlash” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2019 yil 1 apreldagi 44-U-son buyrug‘i). Natijada, tasviriy san’at darslarining samaradorligi oshirilgan hamda klaster yondashuvi asosida tasviriy san’atni o‘qitishning ilmiy-metodik mazmunini takomillashtirishga oid nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash usullari rivojlantirilgan.