Axmadjanov Doniyor Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda bag‘rikenglik kompetensiyasini integrativ asosda rivojlantirishning etnopedagogik asoslari”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped2469.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Muxamedov Gafurdjan Israilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Mahkamov Ulfatjon Ilxamovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Rahimov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda bag‘rikenglik kompetensiyasini integrativ asosda rivojlantirishning etnopedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda bag‘rikenglik kompetensiyasini integrativ asosida rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari tolerantlik g‘oyasini ta’lim mazmuniga zamonaviy pedagogik paradigmalarga ustuvorlik berish orqali singdirish asosida aniqlashtirilgan;
ilmiy modellashtirishning universallik, izchillik, normativlik tamoyillarini invariant qo‘llash va ta’lim determinantlarini amaliyotda qo‘llash mexnizmlarini optimallashtirish asosida talabalarda bag‘rikenglik kompetensiyasini integrativ asosda rivojlantirishning pedagogik modeli takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning bag‘rikenglik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar mazmunini talabalarning rivojlanish vektoriga nisbatan to‘g‘ri yo‘naltirish hamda xalqaro baholash dasturlarining standartlari (FrameWork)ga moslashtirish orqali takomillashtirilgan;
ta’limning siklli jarayon sifatidagi o‘zaro aloqadorlik, sub’ektivlik, yaxlitlik va izchillik tamoyillarini amaliyotga joriy etishning funksional imkoniyatlarini aniqlashtirish asosida talabalarda bag‘rikenglik kompetensiyasini rivojlantirishning etnopedagogik asoslari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda bag‘rikenglik kompetensiyalarini integrativ asosda rivojlantirishning etnopedagogik asoslarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda bag‘rikenglik kompetensiyasini integrativ asosda rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari, ilmiy modellashtirishning universallik, izchillik, normativlik tamoyillarini invariant qo‘llash va ta’lim determinantlarini amaliyotda joriy etish mexanizmlarini soddalashtirish asosida ishlab chiqilgan pedagogik modeli, bag‘rikenglik kompetensiyasining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar tavsifi borasidagi ilmiy xulosa va tavsiyalar “Markaziy Osiyo xonliklari tarixshunosligi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-0098-raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarni auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashning ilmiy-metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
talabalarda bag‘rikenglikni rivojlantirishda ta’lim muhitining potensial imkoniyatlari va pedagogik strategiyalari, talabalarda bag‘rikenglik kompetensiyasini etnopedagogik asosda rivojlantirish konsepsiyasi, auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarni talabalarning rivojlanish vektoriga moslashtirish hamda xalqaro baholash dasturlarining standartlari (FrameWork)ga muvofiq takomillashtirilgan bo‘lajak o‘qituvchilarning bag‘rikenglik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari borasidagi taklif va tavsiyalardan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” (2012-2014 yy.) mavzusidagi hamda F3-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” (2017-2020 yy.) hamda Yo0-A1-009 raqamli “Oliy ta’lim muassasalaridagi fanlarni o‘qitishning metodik sistemasini ishlab chiqish va shu asosida innovatsion elektron o‘quv-uslubiy majmuasini yaratish” (2017-2018 yy.) mavzusidagi fundamental loyihalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O`zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqolpog`iston filialining 2023 yil 9 yanvardagi 8-son ma`lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda bag‘rikenglik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirishga erishilgan;
ta’limning siklli jarayon sifatidagi o‘zaro aloqadorlik, sub’yektivlik, yaxlitlik va izchillik tamoyillarini amaliyotga joriy etishning funksional imkoniyatlarini aniqlashtirish asosida ishlab chiqilgan talabalarda bag‘rikenglik kompetensiyasini rivojlantirishning etnopedagogik asoslarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan F3-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” (2017-2020 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasini bajarilishda foydalanilgan (O`zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqolpog`iston filialining 2023 yil
9 yanvardagi № 8 son ma`lumotnomasi). Natijada, tadqiqotning ilmiy xulosa va tavsiyalari ta’lim muassasalarining ilmiy va metodik ta’minotini hamda ta’lim tizimiga yangi islohotlarni joriy qilishni kuchaytirishga xizmat qilgan.