Saurov Ravshonbek Ruslanbek o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat xizmatlari ko‘rsatish institutlarining ijtimoiy funksiyalari va falsafiy-huquqiy asoslari”, 09.00.04 – “Ijtimoiy falsafa” (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fal699.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Saidqosimov Akbar Isoxonovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Mavlonov Jurabek Yorqul o‘g‘li, siyosiy fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat xizmatlari ko‘rsatish institutlari (DXKI)ning jamiyatdagi ijtimoiy funksiyalarini falsafiy nuqtai nazardan asoslash va uni takomillashtirish bo‘yicha taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat xizmatlari ko‘rsatadigan markaz, agentliklar faoliyatining ijtimoiy o‘rni davlat boshqaruvining kratologik xarakteri, samarali ta’sir qilish vositasi, mexanizmi, fuqarolarni murojaatlari va ularning qonuniy talab-ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liqligi mantiqiy isbotlangan;
DXKIning immanent xususiyati, tamoyillari va ijtimoiy funksiyalarini dialektik aloqadorligi (tarkibiy tuzilmasi, talablari)ning determinlashuvi (aholiga axborot xizmatlari ko‘rsatish, mehnat bozoriga kirish va unda faol qatnashish) birlamchi omil ekanligi praksiologik jihatdan asoslangan;
DXKIlarning institusional belgisi, polifunksional jihati, innovatsion islohotlarni amalga oshiruvchi tamoyillari (ekotizimga integratsiyalashgan elektron platformalar) va  praksiologik raqamli xizmatlarni ratsional tashkil etishdagi regulyasiya qilish mexanizmlari falsafaning umumiylik, xususiylik, alohidalik kategoriyalari vositasida ochib berilgan;
Yangi O‘zbekistonda DXKIni tashkil etishning falsafiy-huquqiy asosi,  demokratizm va inson manfaatlariga moslik tamoyili, institusional tizimni  izchil shakllanishi, murojaat etuvchilarni ijtimoiy qiziqishlari hamda ehtiyojlarini paradigmal xususiyatlarga egaligi falsafiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mamlakatimizda davlat xizmatlari ko‘rsatish institutlarining ijtimoiy funksiyalari va falsafiy-huquqiy asoslarini asoslab berishga qaratilgan ilmiy, amaliy tavsiya hamda takliflar asosida:
davlat xizmatlari ko‘rsatadigan markaz, agentliklar faoliyatining ijtimoiy o‘rni, davlat boshqaruvining kratologik xarakteri, samarali ta’sir qilish vositasi, mexanizmi, fuqarolarni murojaatlari va ularning qonuniy talab-ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liqligiga doir amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi”da belgilangan “Ayollar tashabbuskorligini oshirish, zamonaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish”ga oid vazifalar doirasida o‘tkazilgan “Ayollar – innovatsion rivojlanish tarafdori” mavzusidagi targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zLiDePning 2022 yil 6 iyuldagi 01-27/326-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zLiDeP faoliyati samaradorligini oshirishga hamda aholining hayot sifati, ishchanlik muhitini yaxshilash va ijtimoiy ta’minot xizmatlarini yuksaltirishga xizmat qilgan;
DXKIning immanent xususiyati, tamoyillari va ijtimoiy funksiyalarini dialektik aloqadorligi (tarkibiy tuzilmasi, talablari)ning determinlashuvi (aholiga axborot xizmatlari ko‘rsatish, mehnat bozoriga kirish va unda faol qatnashish) birlamchi omil ekanligi praksiologik jihatdan asoslanganligiga oid ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan “ma’naviy-ma’rifiy tizimidagi rahbar va hodimlarni yangicha talablar va zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali ishlashga o‘rgatish va malakasini oshirib borish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022 yil 25 noyabrdagi 362-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan davlat xizmatlari institutlarining samarali faoliyat yuritishiga xizmat qilgan;
DXKIlarning institusional belgisi, polifunksional jihati, innovatsion islohotlarni amalga oshiruvchi tamoyillari (ekotizimga integratsiyalashgan elektron platformalar) va  praksiologik raqamli xizmatlarni ratsional tashkil etishdagi regulyasiya qilish mexanizmlari falsafaning umumiylik, xususiylik, alohidalik kategoriyalari vositasida ochib berilganligiga doir taklif va tavsiyalardan “Korrupsiyaga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy va huquqiy asoslari” nomli darslik mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 106-370-raqamli guvohnomasi). Natijada, bu takliflar davlat nomidan xizmat ko‘rsatish chog‘ida o‘z mansabini suiste’mol qiluvchi amaldorlar bilan shu xizmatdan foydalanuvchi firmalar, tashkilotlar va ayrim fuqarolar o‘rtasida yuz berishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlarni oldini olish imkonini bergan; 
Yangi O‘zbekistonda DXKIni tashkil etishning falsafiy-huquqiy asosi,  demokratizm va inson manfaatlariga moslik tamoyili, institusional tizimni  izchil shakllanishi, murojaat etuvchilarni ijtimoiy qiziqishlari hamda ehtiyojlarini paradigmal xususiyatlarga egaligiga oid ilmiy-amaliy tavsiyalardan “O‘zbekiston teleradiokanali”da “Xalq qabulxonalarida”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli  dasturlar ssenariysini tayyorlash va uni amalga oshirishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2022 yil 24 avgustdagi 04-36-1380-son ma’lumonomasi). Natijada, davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini tubdan isloh qilishning eng muhim yo‘nalishlari bilan bog‘liq dasturlar va innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish ishlarini yanada takomillashtirishga hamda aholining davlat xizmatlaridan keng foydalanishga doir huquqiy savodxonlikini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish