Radjapova Natal`ya Bazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlar davrida gender tenglik: nazariya va amaliyot”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fal489.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Saidqosimov Akbar Isoxonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Melikova Martaba Nugmanovna, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangilanayotgan O‘zbekistonda gender tenglikning tutgan o‘rni va ahamiyatini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yangi O‘zbekistonda gender tenglikni o‘rnatish va ta’minlashdagi oilaviy stereotiplarni keltirib chiqaruvchi dominant mental xususiyatlar va destruktiv omillar aniqlanib, ularni bartaraf qilishning individual va jamoaviy ishlash mexanizmi asoslangan;
mustaqillik yillarida gender tengligini o‘rnatish uchun qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning hayotga tadbiq etilishi va jamiyat taraqqiyotida xotin-qizlarning ijtimoiy faollashuvida milliy qonunchilikdan foydalanish mexanizmlarining izchillilik, davriylik, axloq kabi o‘ziga xos xususiyatlari takomillashtirilganligi ochib berilgan;
Yangilanayotgan O‘zbekiston voqeligida gender tenglik jarayonining aksiologik mohiyati, gnoseologik asoslari va praksiologik aspektlarini uyg‘unlashtirish xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faollashuvining deterministik asosi ekanligi aniqlangan;
fuqarolik jamiyati sub’ektlari manfaatlarini aks ettirish va ularning ijtimoiy muvozanatini ta’minlash uchun milliy qonunchilikni rivojlantirishning asosiy qismi sifatida gender tengligini shakllantirishda xalqaro tajriba, konstitutsiyaviy mohiyat, milliy mentalitet, an’anaviy urf-odatlar kabi umuminsoniy me’yorlar konstruktiv ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mamlakatimizda gender siyosatining o‘ziga xos xususiyatlarini asoslash hamda ichki mezon va me’yorlarga aloqadorligini belgilash va tadqiq etish asosida:
Yangi O‘zbekistonda gender tenglikni o‘rnatish va ta’minlashdagi oilaviy stereotiplarni keltirib chiqaruvchi dominant mental xususiyatlar va destruktiv omillar aniqlanib, ularni bartaraf qilishning individual va jamoaviy ishlash mexanizmi asoslanganligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturi IV. Ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh etishning ustuvor yo‘nalishlari bandining 4.3-qismida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2021 yil 24 noyabrdagi 03\03-391-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda aholi turli qatlamlari va siyosiy partiyalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarning nazariy va amaliy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
mustaqillik yillarida gender tengligini o‘rnatish uchun qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning hayotga tadbiq etilishi va jamiyat taraqqiyotida xotin-qizlarning ijtimoiy faollashuvida milliy qonunchilikdan foydalanish mexanizmlarining izchillilik, davriylik, axloq kabi o‘ziga xos xususiyatlari takomillashtirilganligiga oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalardan Chexiya Respublikasi Karlova universiteti Falsafa fakul`teti va Termiz davlat universiteti hamkorligida 2018-2021 yillarda bajarilgan “ Creativity and Adaptability as Conditions of the Success of Europe in an Interrelated World” mavzusidagi CZ.02.1.01/0.0/0.0/16_019/0000734 raqamli amaliy loyiha ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2022 yil 21 iyundagi 04\12-2095-son ma’lumotnomasi). Natijada Surxondaryo viloyati Boysun va Sherobod tumanlarida o‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar jarayonida jamlangan arxeologik materiallarni tahlil qilish, statistik ma’lumotlarni keltirish samaradorligiga xizmat qilgan;
Yangilanayotgan O‘zbekiston voqeligida gender tenglik jarayonining aksiologik mohiyati, gnoseologik asoslari va praksiologik aspektlarini uyg‘unlashtirish xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faollashuvining deterministik asosi ekanligiga oid ilmiy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar” dasturi II yo‘nalishiga oid “O‘zbekistondagi yangilanish jarayonlari, amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish”, “Yangi O‘zbekiston – Renessans sari” g‘oyasini ruyobga chiqarishga qaratilgan umummilliy harakatni yuzaga keltirish chora-tadbirlari qismi 5-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 10 yanvardagi 02\02\24-son ma’lumotnomasi). Natijada tajriba-sinov dasturi doirasidagi ishlanmalari plakatlar va qo‘llanmalar ishlab chiqish orqali mahalla va oilani rag‘batlantirish, ayollar va qizlar bilan ishlash jarayonida ayollarning ijtimoiy-huquqiy madaniyatini yuksaltirish, zo‘ravonlik va ta’qiblardan himoya qilishga xizmat qilgan;
fuqarolik jamiyati sub’ektlari manfaatlarini aks ‘ttirish va ularning ijtimoiy muvozanatini ta’minlash uchun milliy qonunchilikni rivojlantirishning asosiy qismi sifatida gender tengligini shakllantirishda xalqaro tajriba, konstitutsiyaviy mohiyat, milliy mentalitet, an’anaviy urf-odatlar kabi umuminsoniy me’yorlar konstruktiv ahamiyat kasb etishiga oid ilmiy asoslangan taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan 2022 yilda efirga uzatilgan “Dugonalar”, “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot” kabi radioeshittirishlar dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 30 maydagi 04-36-768-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilarning Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar davrida gender tengligini ta’minlash jarayoni va xotin-qizlarning ishtiroki haqidagi bilimlarini boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish