Bayjigitov Omonulla Israfilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek muloqot nutqidagi frazeologik birliklar: kognitiv va lingvokulturologik tamoyillari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil812.
Ilmiy rahbar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Jumayev Tursunali, filologiya fanlari doktori, dotsent; Mamatov Abdug‘ofir Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek nutqiy muloqotida qo‘llaniladigan frazeologik birliklarning pragmatik va lingvokulturologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek mentalitetining olam haqidagi folklor g‘oyalarini, tabiat va jamiyat qoidalarini aks ettiruvchi frazeologizmlarning mohiyatini dalillovchi lingvomadaniy va mintaqaviy-geografik sharoitida qo‘llaniladigan lisoniy, axborotning tabiatli vositasini anglatuvchi kognitiv-diskursiv xususiyatlari aniqlangan;
frazeologizmlarning frazema, ramziy ibora, chaqiriqlar kabi turlariga xos ta’sirli va emotsional-ekspressivlikni ifodalovchi nutqiy ma’nosi ochib berilgan;
muloqotda ishtirokchilarning fon bilimlari hamda kognitiv xotira chizgilari orqali o‘zbeklarning lingvokreativ tafakkur yuritish xususiyati, idrok etilayotgan dunyoni etnolingvistik tomondan o‘ziga xos leksik-semantik interpretatsiya qilinishi aniqlangan;
frazeologik birliklar shaxsning psixologik, ijtimoiy, milliy-madaniy, ma’naviy va gender xususiyatlarini mujassamlashtirgan nutqiy muloqotning ajralmas uzvi ekanligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek muloqot nutqidagi frazeologik birliklarning lingvokulturologik va kognitiv tamoyillarini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbek mentalitetining olam haqidagi folklor g‘oyalarini, tabiat va jamiyat qoidalarini aks ettiruvchi frazeologizmlarning mohiyatini dalillovchi lingvomadaniy va mintaqaviy-geografik sharoitida qo‘llaniladigan lisoniy, axborotning tabiatli vositasini anglatuvchi kognitiv-diskursiv xususiyatlari aniqlanganiga oid faktik materiallardan 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “Hozirgi o‘zbek tili” darsligining “Leksika, leksik-semantik sath, leksikologiya va leksikografiya” deb nomlangan qismini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 27 martdagi 274-son buyrug‘iga muvofiq 274-312 raqami asosida ro‘yxatga olingan). Natijada darslikdagi frazeologizmlar talqiniga oid ma’lumotlar nazariy va amaliy jihatdan boyitish imkonini bergan;
frazeologizmlarning frazema, ramziy ibora, chaqiriqlar kabi turlariga xos ta’sirli va emotsional-ekspressivlikni ifodalovchi nutqiy ma’nosi berilgan berilganiga oid xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 28 iyundagi 15-2157-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratishda yangi o‘zlashmalarning semantik va leksikografik xususiyatlarini yoritishga doir yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitish imkonini bergan.