Yuldashev Farrux Haqberdiyevichning
fan doktori (DSc) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ma’naviyat” leksik kategoriyasi: sistemasi, semantikasi va leksikografik talqini”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Fil374.
Ilmiy rahbar: Mengliyev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Iskandarova Sharifa Madaliyevna; filologiya fanlari doktori, dotsent Ergashova Guli Ismoil qizi; filologiya fanlari doktori, professor Begimov Odil To‘xtamishovich.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Ma’naviyat” leksik kategoriyasining lisoniy qimmatini sistema sifatida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tilshunoslikda “ma’naviyat” leksik kategoriyasining atov birliklarini tashkil etuvchilar orasidagi paradigmatik munosabarlar yoritilishi orqali kategoriya tarkibidagi leksemalar mazkur paradigmaga mansub so‘zlarning barchasiga birdek taalluqli emasligi aniqlangan;
“ma’naviyat” leksik kategoriyasining iyerarxik munosabati ma’noviy guruh, mavzuiy guruh, ma’noviy uyalar kabi murakkab tizimdan tashkil topganligi sababli ular “ma’naviyat” leksik kategoriyasining paradigmasidagi semantik strukturasi va leksik kategoriyaning sistemasini shakllantirishi ochib berilgan;
“ma’naviyat” leksik kategoriyasining mikrosistemasida yadroni voqelantirish jarayoni leksik kategoriyaga oid birliklarni aniqlash orqali kategoriyaga bevosita va bilvosita taaalluqli leksemalarning differensial semani kuchaytirish, markaz semani faollashtirish hamda periferik sema bilan markaz sema reallashuvida namoyon bo‘lishi isbotlangan;
leksik kategoriya tarkibidagi polisemantik va monosemantik leksemalarning xususiyatlari “ma’naviyat” leksik kategoriyasini ma’noviy guruhlarga ajratish maqsadida markaz va periferik chegaraga ajratish orqali leksik kategoriyaning yadrosiga tegishli bo‘lgan eng faol semalar markaz va periferiyaga taalluqli bo‘lishi aniqlangan;
o‘zbek tilining yangi izohli lug‘atlari “ma’naviyat” leksik kategoriyasining birliklari izohini ma’lum auditoriya tanlamaydigan, milliy ma’naviyatni aks ettiruvchi “ma’naviyat” konseptiga oid leksemalar bilan to‘ldirilganligi hamda son va sifat jihatidan nisbatan ustuvorlik kasb etganligi oydinlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tilimizdagi “ma’naviyat” leksik kategoriyasining atov birliklari semantik tahlili yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
tilshunoslikda “ma’naviyat” leksik kategoriyasining atov birliklarini tashkil etuvchilar orasidagi paradigmatik munosabarlar yoritilishi orqali kategoriya tarkibidagi leksemalar mazkur paradigmaga mansub so‘zlarning barchasiga birdek taalluqli emasligi aniqlanganiga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-20170927147 – “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 21-dekabrdagi 01/4-3527-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishi ma’naviyatga oid leksemalarning etimologik, semantik, struktur tahlili asosida ulardan eski turkiy tilga aloqador jihatlari to‘ldirish imkonini bergan;
“ma’naviyat” leksik kategoriyasining iyerarxik munosabati ma’noviy guruh, mavzuiy guruh, ma’noviy uyalar kabi murakkab tizimdan tashkil topganligi sababli ular “ma’naviyat” leksik kategoriyasining paradigmasidagi semantik strukturasi va leksik kategoriyaning sistemasini shakllantirishi ochib berilganiga oid xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan Bv-Atex-2018-(251+143) “Ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyurter texnikasidan foydalanish, matnrlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 12-dekabrdagi 01/4-3545-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’naviyatga oid leksemalarning matndagi o‘rni, ahamiyati va nutqiy, lisoniy imkoniyatlari haqidagi qarashlarga ta’siri, ma’naviyatga oid leksemalarning lisoniy, kognitiv, sotsiolingvistik tahlili asosida esa shaxs ma’naviy sifatlarining oshib borishi haqidagi muayyan xulosalarga kelingan.
“ma’naviyat” leksik kategoriyasining mikrosistemasida yadroni voqelantirish jarayoni leksik kategoriyaga oid birliklarni aniqlash orqali kategoriyaga bevosita va bilvosita taaalluqli leksemalarning differensial semani kuchaytirish, markaz semani faollashtirish hamda periferik sema bilan markaz sema reallashuvida namoyon bo‘lishi isbotlanganiga oid xulosalaridan 5220100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun yozilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 27-martdagi 274-son buyrug‘iga muvofiq 274-312 raqami asosida ro‘yxatga olingan). Natijada darslikdagi “ma’naviyat” leksik kategoriyasining mikrosistemasida yadroni voqelantirish jarayoni talqiniga oid ma’lumotlar nazariy va amaliy jihatdan boyitish imkonini bergan;
o‘zbek tilining yangi izohli lug‘atlari “ma’naviyat” leksik kategoriyasining birliklari izohini ma’lum auditoriya tanlamaydigan, milliy ma’naviyatni aks ettiruvchi “ma’naviyat” konseptiga oid leksemalar bilan to‘ldirilganligi hamda son va sifat jihatidan nisbatan ustuvorlik kasb etganligi oydinlashtirilganiga oid xulosalaridan Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining ko‘rsatuvlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan foydalanilgan (Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 15-dekabrdagi 04/1-3505-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori saviyali barkamol avlodni voyaga etkazish, yoshlar orasida milliy ma’naviyatni shakllantirish hamda ma’naviyatning shaxs faoliyati, dunyoqarashiga xos xususiyatlari ta’rifi, tavsifi haqidagi targ‘ibot ishlari mazmuni mukammallashtirish imkonini bergan.