Jabborov Eshnazarning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jahon ma’rifatchilik adbiyoti: G‘arbiy Evropa va o‘zbek adabiyotining qiyosiy tahlili”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil982.
Ilmiy rahbar: Boltaboyev Hamidulla Ubaydullaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10. 
Rasmiy opponentlar: Pardaeva Zulfiya Jo‘raevna, filologiya fanlari doktori, professor; Saidov Ulug‘bek, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jahon adabiyotidagi ma’rifatchilik yo‘nalishining nazariy asoslarini o‘rganish orqali G‘arbiy Evropa va o‘zbek adabiyoti ma’rifatchiligi adabiyotini qiyosiy-tipologik jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XVIII asr G‘arbiy Evropa ma’rifatchiligining XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi o‘zbek ma’rifatchilik harakati va adabiyoti bilan mushtarak jihatlari, xususan ularda umumiy ma’rifatchilik g‘oyalarning mavjudligi dalillangan;
G‘arbiy Evropa va o‘zbek adabiyotida ijodkor shaxsining ma’naviy yuksalishi hamda ruhiy tantanasi davr adabiyotida badiiy ifodasini topganligi dunyo ma’rifatchilik an’analaridan kelib chiqqan holda isbotlangan;
o‘zbek adabiyoti tarixining muhim va murakkab bosqichini tashkil etgan o‘zbek ma’rifatchilik adabiyotining o‘ziga xosligi va G‘arbiy Yevropa ma’rifatchilik adabiyoti bilan o‘xshash bo‘lgan adabiy tur va janrlarni qo‘llashdagi, ibratli qahramon obrazini yaratishdagi umumiy jihatlari asoslangan;
o‘zbek ma’rifatchilidagi an’anaviy obrazlarning ijtimoiylik kasb etishi, milliy mustaqillik uchun kurashchan qahramonlarning adabiyotga kirib kelishi, matbuot va maorif tizimidagi yangilanishlar, jadidchilik taraqqiyot tamoyillarining nazariy asoslari isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jahon ma’rifatchilik adbiyoti: G‘arbiy Evropa va o‘zbek adabiyotining qiyosiy tahlili mavzusida bajarilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida: 
XVIII asr G‘arbiy Evropa ma’rifatchiligining XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi o‘zbek ma’rifatchilik harakati va adabiyoti bilan mushtarak jihatlari, xususan ularda umumiy ma’rifatchilik g‘oyalarning mavjudligiga oid xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2012-2016-yillarda bajarilgan F1-FA-O-43429, FA-F1, G002 raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiy janr va turlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 17 martdagi 17.01/240-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq adabiyotining XIX asr oxiri – XX asr boshlari davriga oid nazariy xulosalarda o‘zbek adabiyoti bilan uyg‘un kechganini ochib berishga erishilgan;
G‘arbiy Evropa va o‘zbek adabiyotida ijodkor shaxsining ma’naviy yuksalishi hamda ruhiy tantanasi davr adabiyotida badiiy ifodasini topganligiga oid xulosalalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-0005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyoshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzularidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 17 martdagi 17.01/240-son ma’lumotnomasi). Natijada G‘arbiy Yevropa va qoraqalpoq adabiyotidagi tarixiy davrlarni qiyosiy umumlashtirishda nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan;
o‘zbek adabiyoti tarixining muhim va murakkab bosqichini tashkil etgan o‘zbek ma’rifatchilik adabiyotining o‘ziga xosligi va G‘arbiy Evropa ma’rifatchilik adabiyoti bilan o‘xshash bo‘lgan adabiy tur va janrlarni qo‘llashdagi, ibratli qahramon obrazini yaratishdagi umumiy jihatlariga oid xulosalardan hamda o‘zbek ma’rifatchilidagi an’anaviy obrazlarning ijtimoiylik kasb etishi, milliy mustaqillik uchun kurashchan qahramonlarning adabiyotga kirib kelishi, matbuot va maorif tizimidagi yangilanishlar, jadidchilik taraqqiyot tamoyillarining nazariy asoslariga oid xulosalardan Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Ma’naviyat qalb ko‘zgusi”, “Kun mavzusi”, “Bir asar sharhi” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 17 maydagi 01-01/61-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvlarning mavzu doirasini kengaytirish va mazmuni boyitishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish