Haydarova Kamola Davranovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek, rus va ingliz tillarida meva-sabzavot hamda poliz ekinlari nomlarining lingvokulturologik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyoshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1240.
Ilmiy rahbar: Qulmamatov Do‘smamat Sattarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Sa’dullayeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Otajonova Dildor Baxtiyarovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi meva-sabzavot va poliz ekinlari nomlarining lingovokulturologik xususiyatlarini tavsiflash orqali ularning o‘xshash va farqli tomonlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi meva-sabzavot hamda poliz ekinlari nomlarining lingvokulturologik xususiyatlarinining ma’no kabi o‘xshash hamda shakl, nom kabi farqli jihatlari asoslangan;
o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi sabzavot hamda poliz ekinlari nomlaridan mazkur tillardagi toponimlar (Qizilolma; Yablochniy; Big Apple) va antroponimlar (Jiydasoy; Abrikosov; Walnut )ning yasalishida foydalanilishi dalillangan;
funksional xususiyatlariga ko‘ra, o‘zbek tilidagi ba’zi bir mevalarning nomlari rus va ingliz tillaridan farqli maqtov, ijobiy baho, go‘zal narsalarni tasvirlash yoki ayollarga murojaat qilishda qo‘llanilishi isbotlangan;
ingliz tilidagi sabzavot va poliz ekinlar nomlari kelib chiqishi nuqtai nazardan yunoncha, ispancha, fransuzcha, rus tilidagilari nemischa, italyancha, forscha, turkiycha, o‘zbek tilidagilari ruscha, forscha ekanligi, ularning matnda qo‘llanilishi va fonetik, semantik, morfologik jihatdan moslashishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek, rus va ingliz tillarida meva-sabzavot va poliz ekinlari nomlarining lingvokulturologik xususiyatlarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi meva-sabzavot hamda poliz ekinlari nomlarining lingvokulturologik xususiyatlarinining ma’no kabi o‘xshash hamda shakl, nom kabi farqli jihalari asoslash asosida olingan natijalardan hamda o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi sabzavot hamda poliz ekinlari nomlaridan mazkur tillardagi toponimlar va antroponimlarning yasalishida foydalanilish haqidagi xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-20170927147 – “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 24 dekabrdagi 01/4-3546-son ma’lumotnomasi). Natijada, meva, sabzavot va poliz ekinlari nomlarining o‘zbekcha, ruscha va inglizcha mahalliy nomlarini aniqlashga erishilgan;
funksional xususiyatlariga ko‘ra, o‘zbek tilidagi ba’zi bir mevalarning nomlari rus va ingliz tillaridan farqli o‘laroq maqtov, ijobiy baho, go‘zal narsalarni tasirlash yoki ayollarga murojaat qilishda qo‘llanilishi hamda ingliz tilidagi sabzavot va poliz ekinlar nomlari kelib chiqishi nuqtai nazardan yunoncha, ispancha, fransuzcha, rus tilidagilari nemischa, italyancha, forscha, turkiycha, o‘zbek tilidagilari ruscha, forscha ekanligi, ularning matnda qo‘llanilishi va fonetik, semantik, morfologik jihatdan moslashishini aks ettiruvchi natijalaridan Termiz davlat universiteti bilan hamkorlikda Erasmus + 574099-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP granti doirasidagi “PAWER – Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi loyihasida foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2022 yil 29 sentyabrdagi 04/12-4607-son ma’lumotnomasi). Natijada, qiyoslangan va chog‘ishtirilgan tillardagi meva, sabzavot va poliz ekinlariga oid leksemalarning fonetik, semantik, morfologik tahlili ularning matnlarda moslashuvi jihatlarini aniqlashtirish imkonini bergan.