Lagay Elena Aleksandrovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lingvistik oliy ta’lim muassasalari talabalari nutq madaniyatining shakllanishiga kompetensiyali yondashuv”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Ped45.
Ilmiy maslahatchi: Axmedova Layloxon Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xashimova Dil`dora Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Asilova Gulshan Asadovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent; Abdullaeva Rozanna Mirzatullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi lingvistik oliy ta’lim muassasalari talabalarining rus tili ilmiy nutq madaniyatini kompetensiyaviy yondashuv asosida shakllantirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lingvistik oliy ta’lim muassasalari talabalarining ilmiy nutq madaniyatini shakllantirish zarurati kasbiy faoliyatni maqbul amalga oshirish imkonini beruvchi tayanch va predmetli kompetensiyalar majmui bilan tavsiflanadigan mutaxassis kasbiy kompetensiyasining asosiy omili sifatida nazariy jihatdan asoslangan;
lingvistik oliy ta’lim muassasalari talabalarining ilmiy nutqini o‘qitish jarayonini kasbiy yo‘naltirilgan kommunikativ kompetensiyani shakllantirishni ta’minlovchi maqsadli, uslubiy, tashxislash, mazmunli-jarayonli va natijaviy komponentlarini birlashtiruvchi o‘qitish modelini aniqlash orqali talabalarni birlamchi kasbiy ijtimoiylashuv jarayoniga olib kirish shartlari sifatida optimallashtirishda kompetensiyaviy yondashuvdan foydalanish zarurati isbotlangan;
lingvistik oliy ta’lim muassasalari talabalarining nutq madaniyatini shakllantirishning tarkibiy-mazmuniy komponentlari o‘quv materialini tanlashda kompleks yondashuv, kasbiy yo‘naltirilganlik, kommunikativ kompetensiyani shakllantirishda bosqichlilik hamda talabalarning mustaqil fikrlash kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan didaktik ta’minot orqali takomillashtirilgan;
talabalarning muhim kasbiy kompetensiyalarini faollashtirish va rivojlantirishni ta’minlaydigan maxsus ishlab chiqilgan mashqlar tipologiyasi asosida filolog-talabalar ilmiy nutq madaniyatini shakllantirishning didaktik modeli zamonaviy pedagogik texnologiyalarga ko‘ra takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarning ilmiy nutq madaniyatini shakllantirishga qaratilgan o‘quv jarayonini tashkil etishning uslubiy ta’minoti hamda materialni o‘zlashtirishning eng samarali metod va usullarini tanlash imkonini beruvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash zarurati asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lingvistik oliy ta’lim muassasalari talabalarining rus tili ilmiy nutq madaniyatini kompetensiyaviy yondashuv asosida shakllantirishga qaratilgan nazariy-metodologik natijalar va amaliy tavsiyalar asosida:
lingvistik oliy ta’lim muassasalari talabalarining ilmiy nutq madaniyatini shakllantirish zarurati kasbiy faoliyatni maqbul amalga oshirish imkonini beruvchi tayanch va predmetli kompetensiyalar majmui bilan tavsiflanadigan mutaxassis kasbiy kompetensiyasiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Erudit” innovatsion loyihasi (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022 yil 02 avgustdagi 10/1327-son ma’lumotnomasi), shuningdek, T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining XTI-2015-1 “Boshlang‘ich sinflarda chet tillarni o‘qitishni jadallashtirish metodikalarini yaratish va joriy etish” innovatsion loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 19 avgustdagi 01/15-09/182-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu xulosa va tavsiyalar loyihalar doirasida elektron resurslar, nazariy va amaliy materiallar tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
lingvistik oliy ta’lim muassasalari talabalarining ilmiy nutqini o‘qitish jarayonini kasbiy yo‘naltirilgan kommunikativ kompetensiyani shakllantirishni ta’minlovchi maqsadli, uslubiy, tashxislash, mazmunli-jarayonli va natijaviy komponentlarini birlashtiruvchi o‘qitish modelini aniqlash orqali talabalarni birlamchi kasbiy ijtimoiylashuv jarayoniga olib kirish shartlari sifatida optimallashtirishda kompetensiyaviy yondashuvdan foydalanish zarurati to‘g‘risidagi xulosa va materiallardan T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining “Voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘kuvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari” mavzusidagi FZ-2016-0910202206 fundamental loyiha (T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 19 avgustdagi 01/15-09/182-son ma’lumotnomasi) amalga oshirishda, shuningdek, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan beshta muhim tashabbus doirasida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 24 avgustdagi 02/02/1278 IN-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya ishining asosiy qoidalari va xulosalari loyiha doirasidagi o‘quv-uslubiy materiallarni, shuningdek, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarning muhim kasbiy kompetensiyalarini faollashtirish va rivojlantirishni ta’minlaydigan maxsus ishlab chiqilgan mashqlar tipologiyasi asosida filolog-talabalar ilmiy nutq madaniyatini shakllantirishning didaktik modeli zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish borasidagi tavsiyalardan T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” mavzusidagi RZ-2014-0910185149 amaliy loyihada foydalanilgan (T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 19 avgustdagi 01/15-09/182-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari loyiha doirasida dasturlar, tipografik darsliklar, nazariy va amaliy materiallar tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarning ilmiy nutq madaniyatini shakllantirishga qaratilgan o‘quv jarayonini tashkil etishning uslubiy ta’minoti hamda materialni o‘zlashtirishning eng samarali metod va usullarini tanlash imkonini beruvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga oid tavsiyalardan “Rus tili va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari” darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 6 apreldagi 137-008-son guvohnomasi). Natijada, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va darslik mazmuni o‘quv jarayonini o‘quv-uslubiy jihatdan ta’minlovchi materiallar, shu bilan bir qatorda, o‘quv materialini o‘zlashtirishning eng samarali metod va usullarini tanlash imkonini beruvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalar tavsifi bilan boyitilgan.