Axmadaliyeva Xosiyatposhsho Abduxayotovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar .
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tili darslarida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirish (akademik liseylar misolida)”. 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2797.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Ilmiy rahbar : Musurmanova Oynisa, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Ramiy opponentlar: Asqarova O‘g‘ulxon Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Jumanazarov Umid Umirzakovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akademik liseylarning aniq fanlar yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilarning ingliz tili darslarida kommunikativ kompetensiyasini innovatsion pedagogik texnologiyalar va texnikalar orqali takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi :
akademik liseylarning aniq fanlar yo‘nalishidagi o‘quvchilarning ingliz tili darslarida til bilish ko‘nikmasini rivojlantirish orqali kommunikativ kompetensiyasi komponentlari (lingvistik-fonetika, leksika, grammatika, nutqiy-gapirish, o‘qish, tinglab tushunish, yozish) eklektik (bir-biridan ajratmagan) mexanizmga ko‘ra takomillashtirgan;
akademik liseylar aniq fanlar yo‘nalishida ingliz tili darslarida o‘quvchilarni matn bilan ishlashga yo‘naltirilgan kommunikativ bilish faoliyati (diagnostik, prognostik, matematik tafakkur, idrok etish, formal va nofarmal muloqot) orqali kommunikativ kompetensiya komponentlarini takomillashtirish samaradorligi aniqlangan;
akademik liseylar aniq fanlar yo‘nalishidagi o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasi shaxslararo, guruhiy, jamoaviy munosabatlarga o‘rgatuvchi autentik manbalardan foydalanish orqali ularning kommunikativ vaziyatlarda ta’sir etuvchi (kreativlik, o‘ziga ishonch hissi, mustaqil qaror qabul qilish, tanqidiy va analitik fikrlash kabi) kompetentlik mezonlari integratsiyasiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
akademik liseylar aniq fanlar yo‘nalishi o‘quvchilarining kommunikativ kompetentligi interaktiv pedagogik texnolgiyalar, mantiqiy-lingvistik integratsiya, AKT texnologiyalari, munozara, mustaqil ta’lim, loyihaviy mashg‘ulotlar yordamida takomillashtirilgan pedagogik model vositasida samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akademik lisey aniq fanlar yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini ingliz tili dars jarayonida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
akademik liseylarning aniq fanlar yo‘nalishidagi o‘quvchilarning ingliz tili darslarida til bilish ko‘nikmasini rivojlantirish orqali kommunikativ kompetensiyasi komponentlari (lingvistik-fonetika, leksika, grammatika, nutqiy-gapirish, o‘qish, tinglab tushunish, yozish) eklektik (bir-biridan ajratmagan) mexanizmga ko‘ra takomillashtirgan taklif va tavsiyalar 2022-2023 o‘quv yili aniq fanlar yo‘nalishining “Ingliz tili” fani bo‘yicha tuzilgan o‘quv dasturiga o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirishga doir mavzular: Speaking. Developing pupils’ communicative competence in real contexs; Implementation of authentic materials to develop pupils’ integrated language skills; Modern Communicative games; Developing pupils’ communicative competence via ICT mazmuniga kiritilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 29 sentabrdagi 89-05-93-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning amaldagi mexanizmi takomillashtirilgan;
akademik liseylar aniq fanlar yo‘nalishida ingliz tili darslarida o‘quvchilarni matn bilan ishlashga yo‘naltirilgan kommunikativ bilish faoliyati (diagnostik, prognostik, matematik tafakkur, idrok etish, formal va nofarmal muloqot) orqali kommunikativ kompetensiya komponentlarini takomillashtirish samaradorligi aniqlanganligi hamda akademik liseylar aniq fanlar yo‘nalishidagi o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasi shaxslararo, guruhiy, jamoaviy munosabatlarga o‘rgatuvchi autentik manbalardan foydalanish orqali ularning kommunikativ vaziyatlarda ta’sir etuvchi (kreativlik, o‘ziga ishonch hissi, mustaqil qaror qabul qilish, tanqidiy va analitik fikrlash kabi) kompetentlik mezonlari integratsiyasiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan tavsiyalar “Teaching integrated language skills: Classroom language, classroom investigation, material design, planning for teaching and learning (teacher’s book, student’s book)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-sonli buyrug‘i, nashr guvohnomasi raqami 166-259; 2022 yil 9 sentabrdagi 302-sonli buyrug‘i, nashr guvohnomasi raqami 302-1281). Natijada, ingliz tili darslarida kommunikativ kompetensiya (lingvistik-fonetika, leksika, grammatika; nutqiy-gapirish, o‘qish, tinglab tushunish, yozish) komponentlarini eklektik tarzda rivojlantirishga erishilgan;
akademik liseylar aniq fanlar yo‘nalishi o‘quvchilarining kommunikativ kompetentligi interaktiv pedagogik texnolgiyalar, mantiqiy-lingvistik integratsiya, AKT texnologiyalari, munozara, mustaqil ta’lim, loyihaviy mashg‘ulotlar yordamida takomillashtirilgan pedagogik model vositasida samaradorligi asoslangan tavsiyalar “Teaching integrated language skills: Classroom language, classroom investigation, material design, planning for teaching and learning (teacher’s book, student’s book)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-sonli buyrug‘i, nashr guvohnomasi raqami 166-259; 2022 yil 9 sentabrdagi 302-sonli buyrug‘i, nashr guvohnomasi raqami 302-1281). Natijada, o‘quv qo‘llanma 2022-2023 o‘quv yilidan ingliz tili o‘qituvchilari, o‘quvchilar va umuman til o‘rganuvchilar uchun foydalanishga tavsiya etildi va o‘quv jarayoniga tatbiq qilingan.