Radjapov Odilbek Babanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangilanayotgan O‘zbekiston fuqarolarida ziyolilik madaniyatini yuksaltirish omillari (ijtimoiy-falsafiy tahlil)”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fal568.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Xajiyeva Maksuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Yaxshilikov Juraboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor; Maxmudova Aziza Nugmanovna, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston fuqarolarida ziyolilik madaniyatini rivojlantirish omillarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh avlodda ziyolilik madaniyatini shakllantiruvchi ratsional idrok etish, oqilona baholash, ta’lim-tarbiya tizimi uyg‘unligi va aqliy tarbiya kabi subyektiv determinantlar (belgilovchi va uning paydo bo‘lishida yordam beruvchi sabab va sharoitlar)ni optimallashtirish zarurligi mantiqiy jihatdan isbotlangan;
rivojlangan mamlakatlarning o‘z fuqarolarida ziyolilik madaniyatini yuksaltirish borasidagi ilg‘or vorisiylik tajribasi, olib borayotgan istiqbolli islohotlari davlat strategik siyosatining mazkur tizim subyektlari faoliyati samaradorligini ta’minlashdagi rolini oshirish segmentatsiyasi (ajratilishi), ma’naviy-axloqiy va axloqiy madaniyat akkumulyasiyasi (qo‘shilishi) asoslab berilgan;
O‘zbekiston fuqarolarida ziyolilik madaniyatini yuksaltirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan maxsus konsepsiya yaratish ehtiyoji zaruratining tashkiliy paradigmadagi o‘zgarishlar tizimining mental xususiyatlaridagi kognitiv qobiliyatlarni shakllantirish darajalari ochib berilgan;
“Ziyo”, “ziyolilik” va “ziyolilik madaniyati” tushunchalari bugungi davr shaxsiy va kasbiy rivojlanish jarayonidagi bilimlarning zamonaviy xususiyatlarini fuqarolar ongiga singdirish transformatsiyasi, generatsiyasi va regulyativ ta’sirini kognitiv komponentlarini oshirish mezonlari falsafiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mamlakatimizda ziyolilik madaniyatini, uni rivojlantiruvchi omillar va ularning jamiyat rivojiga ta’sirini asoslab berishga qaratilgan ilmiy xulosa, amaliy tavsiya va takliflar asosida:
yosh avlodda ziyolilik madaniyatini shakllantiruvchi ratsional idrok etish, oqilona baholash, ta’lim-tarbiya tizimi uyg‘unligi va aqliy tarbiya kabi subyektiv determinantlar (belgilovchi va uning paydo bo‘lishida yordam beruvchi sabab va sharoitlar)ni optimallashtirish zarurligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm Ma’mun akademiyasining “Xorazm shaharlarining tarixi, madaniy meroslari, obidalari va san’at asarlarining tadqiqodlari asosida SMART texnalogiyalarni yaratish” mavzusidag I-FA-2019-25 raqamli va “Dorul hikmat val maorif” zamonaviy virtual muzeyini yaratish” mavzusidagi PZ-2020103078 raqamli amaliy loyihalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm Ma’mun akademiyasining 2022-yil 16-maydagi 81/2-22-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihalarning tarixiy-falsafiy jihatlarini nazariy va amaliy jihatdan yoritishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
rivojlangan mamlakatlarning o‘z fuqarolarida ziyolilik madaniyatini yuksaltirish borasidagi ilg‘or vorisiylik tajribasi, olib borayotgan istiqbolli islohatlari davlat strategik siyosatining mazkur tizim subyektlari faoliyati samaradorligini ta’minlashdagi rolini oshirish segmentatsiyasi (ajratilishi), ma’naviy-axloqiy va axloqiy madaniyat akkumulyasiyasi (qo‘shilishi) asoslab berilganligiga oid xulosalar va amaliy tavsiyalardan “Yuksalish” umummilliy harakatining O‘zbekistonda “Innovatsiyalar uchun hamkorlik” dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Yuksalish” umummilliy harakatining 2022-yil 13-iyundagi 03-08/200-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimiz hududlarining ijtimoiy–siyosiy va ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq davlat, sohaga oid va hududiy dasturlarini ishlab chiqish ishlarini yanada takomillashtirishga hamda fuqarolarda ziyolilik madaniyatini shakllantirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston fuqarolarida ziyolilik madaniyatini yuksaltirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan maxsus konsepsiya yaratish ehtiyoji zaruratining tashkiliy paradigmadagi o‘zgarishlar tizimining mental xususiyatlaridagi kognitiv qobiliyatlarni shakllantirish darajalari ochib berilganliga oid amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyat bo‘limining “O‘zbekiston Respublikasida 2021-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samarodorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ning II yo‘nalishiga oid “O‘zbekistondagi yangilanish jarayonlari, amalga oshirilayotgan islohatlar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans sari” g‘oyasini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan umummilliy harakatini yuzaga keltrish chora-tadbirlari” bilan bog‘liq 9-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 6-iyundagi 137-son ma’lumotnomasi). Natijada respublika miqyosida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshishiga xizmat qilgan;
“Ziyo”, “ziyolilik” va “ziyolilik madaniyati” tushunchalari bugungi davr shaxsiy va kasbiy rivojlanish jarayonidagi bilimlarning zamonaviy xususiyatlarini fuqarolar ongiga singdirish transformatsiyasi, generatsiyasi va regulyativ ta’sirini kognitiv komponentlarini oshirish mezonlariga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan 2021-2022-yillarda efirga uzatilgan “Millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2022-yil 30-maydagi 04-36-769-son ma’lumotnomasi). Natijada Yangi O‘zbekiston yoshlarida ziyolilik madaniyatini yuksaltirish hamda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ziyolilik mas’ulyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilgan.