Farxodjonova Nodira Farxodjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv sharoitida milliy madaniyatning modernizatsiyalashishi va integratsiyasi”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fal244.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ergashev Ibodulla, siyosiy fanlar doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Mamadjan Axmadjanovich, falsafa fanlari doktori, professor; Qoraboev Usmon Hosilovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv sharoitida milliy madaniyat modernizatsiya va integratsiyasining jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy -falsafiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
global o‘zgarishlar sharoitida modernizatsiya va integratsiya jarayonlari an’anaviy qadriyatlar universallashuvini belgilovchi gomogen xususiyatlari sababli jamiyat va davlatning o‘zaro dialektik faoliyatini yaxlitlovchi ijtimoiy mezonlar indikatori ekanligi aniqlangan;
jamiyatda yoshlar madaniy pozisiyasini rivojlantiruvchi (aksiologik sodiqlik, ma’naviy meros, ona tilini sevish) va «madaniy immunitet»ni shakllantiruvchi (milliy qadriyatlarga asoslangan ta’lim-tarbiya tizimi) mexanizmlar shaxs madaniy tafakkurini yuksaltiruvchi blender, kollaborativ kabi texnologiyalarning zaruriy sharti ekanligi asoslangan;
xalqaro munosabatlarda milliy-madaniy hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, madaniyatlararo aloqalar, interaktiv va perseptiv muloqotni oshiruvchi ob’ektiv (madaniy plyurializm, hamkorlik, informatsiya oqim, ta’lim savodxonligi) va sub’ektiv (shaxs, gurux, ijtimoiy institutlar, ijtimoiy sheriklik, volontyorlik) omillar, jamiyat ijtimoiy samaradorligini ta’minlovchi dialektik munosabatlar birligi hisoblanishi ochib berilgan.
jamiyatda milliy-madaniy integratsiya jarayonlarini rivojlantirish avlodlararo vorisiylik taraqqiyotini ta’minlovchi progressiya xususiyatining zaruriy ifodasi sifatida innovatsion milliy-madaniy tafakkurni an’anaviylikdan zamonaviylikka o‘zgarishini ta’minlovchi dixotomik yondashuvlar birligi bo‘lishi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Globallashuv sharoitida milliy madaniyatning modernizatsiyasi va integratsiyasi mavzusini o‘rganish yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy taklif va tadqiqot natijalari asosida:
global o‘zgarishlar sharoitida modernizatsiya va integratsiya jarayonlari an’anaviy qadriyatlar universallashuvini belgilovchi gomogen xususiyatlari orqali milliy madaniyat taraqqiyotini belgilovchi murakkab fenomen sifatida innovatsion rivojlantirishga oid ilmiy-falsafiy materiallardan A-1-099 raqamli «O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati» mavzusidagi loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8 oktyabrdagi 89-03-3775-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy loyiha yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan, fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish sharoitida jamiyat va davlatning o‘zaro dialektik faoliyatini yaxlitlovchi ijtimoiy mezonlar indikatorlarini mustahkamlashga xizmat qilgan;
jamiyatda yoshlar madaniy pozisiyasini rivojlantiruvchi (aksiologik sodiqlik, ma’naviy meros, ona tilini sevish) va «madaniy immunitet»ni shakllantiruvchi (milliy qadriyatlarga asoslangan ta’lim-tarbiya tizimi) mexanizmlar innovatsion milliy-madaniy tafakkur takomili an’anaviylik va zamonaviylik uyg‘unligiga erishishga doir taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019-2020 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida amaliyotga tatbiq etilgan, xususan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Namangan viloyati bo‘limi Nizomi II bob – bo‘linmaning maqsad va vazifalarini, yillik ish rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazining 2020 yil 28 oktyabrdagi 02/07-918-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxs madaniy tafakkurini yuksaltiruvchi blender, kollaborativ kabi texnologiyalar ma’naviy-ma’pifiy tapg‘ibot camapadopligini oshipishga, yoshlarning ajdodlar ma’naviy merosini o‘rganishga oid bilimlarini rivojlantirishga, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilishga xizmat qilgan;
xalqaro munosabatlarda milliy-madaniy hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, madaniyatlararo aloqalar, interaktiv va perseptiv muloqotni oshiruvchi ob’ektiv (madaniy plyurializm, hamkorlik, informatsiya oqim, ta’lim savodxonligi) va sub’ektiv (shaxs, gurux, ijtimoiy institutlar, ijtimoiy sheriklik, volontyorlik) yoshlarda madaniy pozisiyasini rivojlantirishga oid xulosalardan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining «YOshlarda axborotdan foydalanish madaniyatini shakllantirish yo‘lida», «Media maydon – axborot xurujisiz» mavzularida turli aksiyalar, tanlovlar, davra suhbatlari ssenariysini ishlab chiqishda, «Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari» tamoyilini keng targ‘ib qilishda foydalanilgan (Milliy tiklanish partiyasining 2020 yil 27 oktyabrdagi 01-260-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyat ijtimoiy samaradorligini ta’minlovchi dialektik munosabatlar yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, tashabbuskorlik, fidoiylik, daxldorlik tuyg‘usi sifatlarini yuksaltirishga xizmat qilgan;
jamiyatda milliy-madaniy integratsiya jarayonlarini rivojlantirish avlodlararo vorisiylik taraqqiyotini ta’minlovchi progressiya xususiyatining zaruriy ifodasi sifatida madaniy plyurializm, hamkorlik, informatsiya oqim, ta’lim savodxonligini yuksaltirishga doir taklif va tavsiyalaridan «O‘zbekiston» DUK teleradiokanalida efirga uzatilgan «Millat va ma’naviyat», «Hamroh», «Virtual dunyo» nomli eshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan («O‘zbekiston» milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 26 oktyabrdagi 04-25-1002-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar innovatsion milliy-madaniy tafakkurini an’anaviylikdan zamonaviylikka o‘zgarishini ta’minlovchi dixotomik yondashuvlar birligi ochib berishga xizmat qilgan.