Soxibov Salohiddin Anvar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyatda korrupsiyadan xavfsizlik: ijtimoiy-falsafiy tahlil”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fal244.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdumalikov Abdulatif Abidjonovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Maxamadixon Isroilovich, falsafa fanlar doktori, professor; Abdusattarova Sitora Faxriddin qizi, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyatda korrupsiya xavfsizligini rivojlantirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashning ijtimoiy-falsafiy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatda korrupsiyaviy munosabatlarni shakllantiruvchi salbiy ijtimoiy fenomenlar (poraxo‘rlik, lobbizm, nepotizm, karusel) ijtimoiy hayotdagi noaniq o‘zgarishlar, manfaatlar to‘qnashuvi tendensiyalarning oldini olishi sababli adolatli ijtimoiy siyosatni tashkil etuvchi jamoaviy nazorat, demokratik boshqaruv, saylov tizimi kabi falsafiy paradigmalarning dinamik xarakteri aniqlangan;
kishilarda korrupsiyani idrok etish ko‘nikmasini shakllantirish ijtimoiy hodisa sifatida huquqiy javobgarlik va ijtimoiy murosasiz muhitni yuzaga keltiruvchi ijtimoiy faol shaxs pozisiyasini hosil qilishi sababli jamiyatni tashkil etuvchi sub’ektlar o‘rtasidagi sotsial kataklizmlar (bo‘hronlar)ni oqilona hal etishga qaratilgan imkoniyatlari asoslangan;
ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashning ijtimoiy ta’sir etuvchi, regulyativ (nazorat qiluvchi), integratorlik (birlashtiruvchi), legitimlik (qonunlashtiruvchi) funksiyalarini rivojlantirish orqali atributiv kategoriyalar (huquqiy ijtimoiylashuv, ijtimoiy ishtirok, ijtimoiy sheriklik, ijtimoiy nazorat va ijtimoiy birdamlik)ning ijtimoiy jarayonlar transformatsiyasiga intensiv ijobiy ta’sir etishi isbotlangan;
korrupsiyaga qarshi komplaens faoliyatning institutsional salohiyatini o‘stirish, “ochiqlik indeksi” (samaradorlik, hisobdorlik, jamoatchilik nazorati) mezonlari orqali jamiyatda ijtimoiy ishonchni shakllantirish, shaxsda statik (mavjud qonunlar) hamda dinamik (jamiyatning rivojlanishi qonunlari) qonunlarga nisbatan axloqiy mas’uliyatini yuksaltirishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyatda korrupsiya tahdidining oldini olishning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
jamiyatda korrupsiyaviy munosabatlarni shakllantiruvchi salbiy ijtimoiy fenomenlar (poraxo‘rlik, lobbizm, nepotizm, karusel)ni tizimlashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashning ma’naviy, huquqiy va ijtimoiy-falsafiy jihatlariga oid taklif va xulosalaridan Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining V- yo‘nalishiga oid targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yunalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo‘yicha ilmiy uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barkarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish bo‘yicha chora tadbirlar 25-bandi Ta’lim muassasalarida va mahallalarda «Korrupsiyasiz ma’rifatli jamiyat» mavzusida huquq tartibot idoralari bilan hamkorlikda davra suhbatlari, uchrashuvlar hamda ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 17 iyundagi 02/02/1095-son dalolatnomasi). Natijada ijtimoiy hayotdagi noaniq o‘zgarishlar manfaatlar to‘qnashuvlarining oldini olishga olib kelishi sababli adolatli ijtimoiy siyosatni tashkil etuvchi jamoaviy nazorat, demokratik boshqaruv, saylov tizimi kabi falsafiy paradigmalarning dinamik xarakterini ochib berishga xizmat qilgan;
kishilarda korrupsiyani idrok etish ko‘nikmasini shakllantirish, korrupsiyadan xavfsizlikni shakllantirishda javobgarlikning muqarrarligi prinsipini keng joriy etish, davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga doir tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi «Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6257-sonli Farmoni asosida Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashga doir faoliyatida, o‘tkazilgan tadbirlarda, tushuntirish hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanilgan (Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasining 2022 yil 13 apreldagi 12/1-5-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish va huquqiy javobgarlik muhitni yuzaga keltiruvchi ijtimoiy faol shaxs pozisiyasini hosil qilish, jamiyatni tashkil etuvchi sub’ektlar o‘rtasidagi sotsial kataklizmlar (bo‘hronlar)ni oqilona hal etishga xizmat qilgan;
ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashning ijtimoiy ta’sir etuvchi, regulyativ (nazorat qiluvchi), integratorlik (birlashtiruvchi), legitimlik (qonunlashtiruvchi) funksiyalarini rivojlantirish, ta’lim tizimida korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy ta’sir mexanizmlarini ishlab chiqish va yoshlarda huquqiy madaniyatni shakllantirishning zamonaviy innovatsion usullarini joriy etishga oid xulosa va takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi «YOshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3907-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 sentyabrdagi «Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 736-con Qarori bo‘yicha O‘zbekiston YOshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat kengashining «Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda yoshlar ittifoqining faoliyati vazifalari» nomli bir haftalik seminar-trening, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil qilishda, ta’limga oid ilmiy materiallarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston YOshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2021 yil 11 martdagi 04-13/424-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchi va talaba-yoshlarda ijtimoiy taraqqiyot, jamiyatning yangi rivojlanish bosqichida sifatli ta’limning o‘rni va ijtimoiy ahamiyatiga doir bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish hamda atributiv kategoriyalar (huquqiy ijtimoiylashuv, ijtimoiy ishtirok, ijtimoiy sheriklik, ijtimoiy nazorat va ijtimoiy birdamlik)ni rivojlantirishga xizmat qilgan;
korrupsiyaga qarshi komplaens faoliyatning institutsional salohiyatini yuksaltirish, xalq hokimiyatchiligi tamoyillarida qonuniylik, ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlashga doir taklif va tavsiyalaridan «Ma’naviyat va ma’rifat» markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining V yo‘nalishiga oid targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yunalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo‘yicha ilmiy uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar 25-bandi Ta’lim muassasalarida va mahallalarda «Korrupsiyasiz ma’rifatli jamiyat»mavzusida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda davra suhbatlari, uchrashuvlar hamda ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 17 iyundagi 02/02/1095-son dalolatnomasi). Natijada markaz tomonidan o‘tkazilgan davra suhbatlarida “ochiqlik indeksi” (samaradorlik, xisobdorlik, jamoatchilik nazorati) mezonlari orqali jamiyatda ijtimoiy ishonchni shakllantirish, shaxsda statik qonunlarga nisbatan axloqiy mas’uliyatni yuksaltirishini ochib berishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish