Kazakov Rafiqjon Nabijon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarning kimyo fanidan eksperimental ko‘nikmalarini uy tajribalari asosida takomillashtirish (8-sinf misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3558.
Ilmiy rahbar: Askarov Ibrohim Raxmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Artiqova Muxayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Isaev Yusup Tojimamatovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablari 8-sinf o‘quvchilarining eksperimental ko‘nikmalarini uy tajribalari asosida takomillashtirishga doir tavsiya va takliflar hamda maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun eksperimental ko‘nikmalarni takomillashtirishga xizmat qiluvchi metodik ta’minot ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish usullari elementlarni qo‘llash asosida ularning kimyoga doir eksperimental ko‘nikma va malakalari, ijodiy va mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga ko‘ra takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning kimyo fanidan uy tajribalarini mustaqil bajarishiga oid metodik asoslar, eksperimental ko‘nikmalarni rivojlantirishning metodik va didaktik ta’minotini boyitish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini tashkil etish texnologiyasi, zamonaviy kimyo fanining mazmun va mohiyatiga oid malaka va ko‘nikmalarni uy tajribalari yordamida shakllantirish hamda rivojlantirish texnologiyalari bilan integratsiyalashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun uy tajribalarini tashkil etish metodikasi, tabiiy fanlar yo‘nalishida o‘zgaruvchan o‘quv rejalarni bosqichma-bosqich o‘quv jarayonida foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarning kimyo fanidan eksperimental ko‘nikmalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilarning kimyo faniga doir nazariy va amaliy bilimlarini uy tajribalari yordamida takomillashtirishga doir takliflari “Kimyo o‘qitish metodikasi” (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 25 dekabrdagi 538–son buyrug‘i bilan berilgan 538-072-son guvohnoma asosida nashr etilgan) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan hamda Andijon, Farg‘ona va Namangan maktablarida kimyo o‘quv kursi amaliy-laboratoriya ishlarini rivojlantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 22 iyundagi 01/11-03/9-856-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning 8-sinf kimyo o‘quv kursi mazmunidagi eksperimental ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasini ortishiga xizmat qilgan;
o‘quvchilarda eksperimental ko‘nikmalarni rivojlantirishda, nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash usullarini ishlab chiqishga doir takliflar “Kimyo o‘qitish metodikasi” (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 25 dekabrdagi 538–son buyrug‘i bilan berilgan 538-072-son guvohnoma asosida nashr etilgan) va “Zamonaviy kimyo asoslari” (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022 yil 13 maydagi 166–son buyrug‘i bilan berilgan 166-059-son guvohnoma asosida nashr etilgan) nomli o‘quv qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 22 iyundagi 01/11-03/9-856-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy o‘quv yurtlari bo‘lajak kimyo fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
an’anaviy va noan’anaviy usullarni uy tajribalaridan foydalangan holda, nazariy va amaliy bilimlarni o‘zaro integratsiyalash asosida o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini tashkil etish texnologiyasini takomillashtirish, tabiiy fanlar yo‘nalishida o‘zgaruvchan o‘quv rejalarni bosqichma-bosqich o‘quv jarayonida foydalanishni yo‘lga qo‘yish asosida ishlab chiqilgan uy tajribalarini tashkil etish metodikasiga doir takliflar “Kimyo o‘qitish metodikasi” (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 25 dekabrdagi 538–son buyrug‘i bilan berilgan 538-072-son guvohnoma asosida nashr etilgan) va “Zamonaviy kimyo asoslari” (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022 yil 13 maydagi 166–son buyrug‘i bilan berilgan 166-059-son guvohnoma asosida nashr etilgan) nomli o‘quv qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 22 iyundagi 01/11-03/9-856-son, 2021 yil 18 oktyabrdagi 01/09-1019-son ma’lumotnomalari). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablari kimyo ta’limi sifatini oshirishga va o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasini yuksaltirishga xizmat qilgan.