Yembergenova Ayzada Ansatbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning imloviy savodxonligini takomillashtirish metodikasi (ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (qoraqalpoq tili) (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2419.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Matchanov Sapa, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Tlegenov Asqar Tólegnovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor; Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Guliston davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarning boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning imlo savodxonligini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarning boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini hamda imlo savodxonligini rivojlantirishning imperik, kognitiv, produktiv texnologiyalari kalligrafik, konstruktiv mashqlar, lug‘at ustida ishlash, saylanma diktant kabi mnemik-ta’limiy kompetensiyalarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ona tili ta’limida o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash, ona tili hamda xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirishish, hissiy idrok va matn ustida ishlash kompetensiyalarini nutqiy faoliyatda fonetik, leksik va grammatik birliklarini qo‘llashning integrativ tamoyillarini autentik o‘quv materiallari mazmunini anglash, tushunish manbalarini aniqlash asosida rivojlantirish orqali imloviy savodxonlikni oshirish mexanizmi takomillashtirilgan;
ona tili darslarida til va tafakkur uyg‘unligiga oid refleksiv, kommunikativ, kognitiv, integrativ, ijtimoiy-sotsiolingvistik kompetensiyalarini izchillik, samaradorlik, uzviylik, mantiqiylik, aniqlik, qiyosiylik tamoyillari vositasida rivojlantirish orqali o‘quvchilarni imloviy savodxonlikka o‘rgatishning reproduktiv texnologiyasi takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni imloviy savodxonlikka o‘rgatishning produktiv, evristik texnologiyasi nutqning ketma-ketligi va uzluksizligi, lug‘at ishi, til va tafakkur munosabati prinsiplari matn va lug‘at ustida ishlash, sharhlash, taqqoslash, didaktik o‘yinlarga doir mashg‘ulotlarni loyihalashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tili darslarida o‘quvchilarning imloviy savodxonligini takomillashtirish metodikasiga oid tadqiqot natijalari asosida:ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarning boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini hamda imlo savodxonligini rivojlantirishning imperik, kognitiv, produktiv texnologiyalari kalligrafik, konstruktiv mashqlar, lug‘at ustida ishlash, saylanma diktant kabi mnemik-ta’limiy kompetensiyalarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020 yillarda bajarilgan F3-2016-09081165532-son “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusida fundamental loyihada foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 3 iyundagi 127-son ma’lumotnomasi). Natijada ona tili ta’limida o‘quvchilarning imloviy savodxonligi va bog‘lanishli nutqini rivojlantirish texnologiyasi boyitilgan;
ona tili ta’limida o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash, ona tili hamda xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirishish, hissiy idrok va matn ustida ishlash kompetensiyalarini nutqiy faoliyatda fonetik, leksik va grammatik birliklarini qo‘llashning integrativ tamoyillarini autentik o‘quv materiallari mazmunini anglash, tushunish manbalarini aniqlash hamda til va tafakkur uyg‘unligiga oid refleksiv, kommunikativ, kognitiv, integrativ, ijtimoiy-sotsiolingvistik kompetensiyalarini izchillik, samaradorlik, uzviylik, mantiqiylik, aniqlik tamoyillari vositasida rivojlantirish orqali o‘quvchilarni imloviy savodxonlikka o‘rgatishning reproduktiv texnologiyasini takomillashtirishga doir metodik tavsiyalar Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan AI-XT-0-92997 “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy odob-ikromlilik ruhida tarbiyalash muammolari” mavzusidagi qoraqalpoq tili orfografiyasini o‘rgatishga oid amaliy loyihada foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 3 iyundagi 126-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tili orfografiyasini o‘rgatish asosida yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash texnologiyasi takomillashtirishga erishilgan;
o‘quvchilarni imloviy savodxonlikka o‘rgatishning produktiv, evristik texnologiyasi nutqning ketma-ketligi va uzluksizligi, lug‘at ishi, til va tafakkur munosabati prinsiplari matn va lug‘at ustida ishlash, sharhlash, taqqoslash, didaktik o‘yinlarga doir mashg‘ulotlarni loyihalashtirish bo‘yicha keltirilgan tavsiyalar yuzasidan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining “Assalom Qoraqalpog‘iston”, “Ta’lim va reforma” dasturlarida chiqishlar qilingan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2022 yil 14 iyundagi 05-22/ 328-son ma’lumotnomasi) Natijada ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarda imloviy savodxonlik texnologiyalarining ommalashishga erishilgan.