Daniyarova Zamira Jenisbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qoraqalpoq dostonlarida antroponimlarning lingvokulturologik tahlili”,10.00.03 – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil546.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IKraqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlara kademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Pirniyazova Alima Kudiyarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Seytkasimov Dauletnazar Beknazarovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi:Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq xalq dostonlaridagi antroponimlarning semantik xususiyatlarini aniqlash hamda ularda xalqning urf-odat va an’analarini lingvokulturologik ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq xalq dostonlari tilida uchraydigan antroponimlar semantikasidagi milliy-madaniy xususiyatlarni anglatadigan leksik birliklar (ya’ni, rang nomlari, hayvon, qush nomlari, qarindoshlik atamalari, sonlar semantikasi)ning antroponimlarni hosil qilishdagi ma’no xususiyatlari ochib berilgan;
qoraqalpoq dostonlaridagi antroponimlar tarkibidagi milliy-madaniy konseptlar (hayvon va qush konsepti) va ularning antroponimlarni yasashdagi asosiy manbalarni o‘zida aks ettiruvchi leksik qatlamligiga ko‘ra lingvamadaniy xususiyatga ega ekanligi dalillangan;
dostonlardagi antroponimlarning inson faoliyatidagi madaniy va moddiy madaniyat namunalarini saqlashi sababli nominativ vazifalarni bajarishi, xalqning urf-odat va an’analarini uzida aks ettirishi isbotlangan;
dostonlardagi antroponimlarning lisoniy kartinasi geneologik qatlamlarga bo‘linib, umumturkiy, arab, fors tillaridan o‘zlashgan antroponimlarning xalq o‘tmishi va turmush tarzi bilan bog‘liq etimologik madaniy xususiyatlariga aniqliq kiritilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq dostonlarida antroponimlarning lingvokulturologik tahlil qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qoraqalpoq xalq dostonlari tilida uchraydigan antroponimlar semantikasidagi milliy-madaniy xususiyatlarni anglatadigan leksik birliklar (ya’ni, rang nomlari, hayvon, qush nomlari, qarindoshlik atamalari, sonlar semantikasi)ning antroponimlarni hosil qilishdagi mano xususiyatlari bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqotinstitutida 2012-2016 yillardaFA-A1-G003 – “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 14 yanvardagi 15/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tilidagi sóz yasalishining semantik va funksional xususiyatlarini aniqlashga xizmat qilgan;
qoraqalpoq dostonlaridagi antroponimlar tarkibidagi milliy-madaniy konseptlar (hayvon va qush konsepti) va ularning antroponimlarni yasashdagi asosiy manbalarni o‘zida aks ettiruvchi leksik qatlamligiga ko‘ra lingvamadaniy xususiyatga ega ekanligi bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyida qoraqalpoq mumtoz shoirlari asarlarida qo‘llanilgan antroponimlarning ma’nosini yoritishda muhim manba sifatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022 yil 14 yanvardagi 2-03/53-son ma’lumotnomasi). Natijada antroponimlarni til va madaniyat, xalqimiz tarixi bilan bog‘liq urf-odatlar asosida o‘rganish va bu an’analarning kelib chiqishiga ko‘ra o‘rnini tadqiq qilish orqali olingan ma’lumotlarni olishga erishilgan;
dostonlardagi antroponimlarning inson faoliyatidagi madaniy va moddiy madaniyat namunalarini saqlashi sababli nominativ vazifalarni bajarishi, xalqning urf-odat va an’analarini uzida aks ettirish bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan Qoraqalpog‘iston telekanalining “Assalom Qoraqalpog‘iston”, “Qoraqalpoq tili maqomining 32 yilligiga bag‘ishlangan telemarofon” teleko‘rsatuvlarida hamda Qoraqalpog‘iston radiosining “Tilga e’tibor – elga e’tibor”, “Adabiyot va davr”, “Ona tilim oltin xazinam”, “Xayrli tong” radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2022 yil 7 yanvardagi 1-4-09/9-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqning kishi ismlarini tanlashdagi o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar keng jamoatchilikka tavsiya etilgan;
dostonlardagi antroponimlarning lisoniy kartinasi geneologik qatlamlarga bo‘linib, umumturkiy, arab, fors tillaridan o‘zlashgan antroponimlarning xalq o‘tmishi va turmush tarzi bilan bog‘liq etimologik madaniy xususiyatlari bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bajarilgan PZ-20170930309 “Qoraqalpoq folklori tilining adabiy til rivojiga ta’siri masalasi” (2018-2020 yy.) nomli ilmiy-tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining 2022 yil 9 avgustdagi 01-21-01-5/1849-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyihaning qoraqalpoq folklori tilini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘limlarini yozishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish