Mamatqulova Feruza Abdurashid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Alohida qo‘riqlanadigan hududlarning tuproq-ekologik monitoring tizimini takomillashtirish (Zomin davlat qo‘riqxona tuproqlari misolida), 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, 03.00.13 –Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/B776.
Ilmiy rahbar: Djalilova Gulnora Tulkunovna, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/27.02.2020.V.01.15 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kulmatov Rashid Anarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xaqberdiev Obid Eshniyozovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: erni masofadan zondlash ma’lumotlari va GAT texnologiyalaridan foydalangan holda eroziyaga xavfli hududlarni aniqlash va baholash asosida tuproq-ekologik monitoringini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qiyalik nishabligi va ekspozisiyasi, joylashuv balandligi, o‘simliklar, tuproq tiplarini o‘zgarishi orasidagi indikatsion bog‘liqlikligi aniqlangan;
zamonaviy GAT texnologiyalari asosida masofadan zondlash materiallarini qayta ishlash orqali hudud tuproqlarining (yuqori qatlamdagi) gumus miqdori, ularning azot, fosfor va kaliy bilan ta’minlanishi bo‘yicha maydonlari  hisobi amalga oshirilgan;
GAT texnologiyalari asosida yaratilgan relefning uch o‘lchovli TIN modeli yordamida interpolyasiya usulidan foydalangan holda rel`efning morfometrik parametrlari aniqlangan; 
Zomin tog‘o‘rmon qo‘riqxonasi o‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va holatini tahlil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va joriy etish maqsadida o‘simliklar vegetatsion idnekslari hisoblari aks ettirilgan mavzuli xaritalari bo‘yicha ma’lumotlar banki yaratilgan;
masofaviy zondlash ma’lumotlari va GAT texnologiyalaridan foydalangan holda fazoviy-vaqt tahlili asosida eroziya xavfi bo‘lgan erlarning tuproq-ekologik monitoringi usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Alohida qo‘riqlanadigan hududlarning tuproq-ekologik monitoring tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
GAT ning ArcGIS Desktop/Workstation, Arc/Info, ArcView, ERDAS, 3D Analyst (Surfase/Create TIN from Features), Surfase/Interpolate Grid dasturiy ta’minotlar imkoniyatlaridan foydalangan xolda yaratilgan tadqiqot ob’ekti hududining tuproq-ekologik holatini belgilovchi va tuproqlarning turli xossalarini aks ettiruvchi mavzuli xaritalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi     tarkibidagi Davlat qo‘riqxonalari, kompleks (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi va ixtisoslashgan pitomniklar tashkiliy tuzilmasiga qarashli Zomin tog‘ o‘rmon qo‘riqxonasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 9 iyundagi 03-02/7-1508-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu xaritalar tadqiqot ob’ekti tuproqlarining ekologik holatini monitoring qilish, ekin turlarini tanlash va joylashtirish, hudud tuproqlarining holatini yaxshilash bo‘yicha bir qator asoslangan ekologik tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;  
1990, 2000, 2010, 2020 yillardagi masofadan zondlash tasvirlaridan foydalangan holda qo‘riqxona o‘simlik dunyosining me’yorlashtirilgan o‘simliklar farqi indeksi (NDVI)ni va o‘simliklarni tuproqqa ko‘ra korrektirovkalash indeksi (SAVI)ni xisoblash yo‘li bilan yaratilgan tematik xaritalar banki O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tarkibidagi Davlat qo‘riqxonalari, kompleks (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi va ixtisoslashgan pitomniklar tashkiliy tuzilmasiga qarashli   Zomin tog‘ o‘rmon qo‘riqxonasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 9 iyundagi 03-02/7-1508-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu xaritalar qo‘riqxona xududida tarqalgan o‘simlik dunyosi holatini tahlil qilish va uni muxofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
Microsoft Access dasturida yaratilgan tuproq eroziyasi jarayonlarini keltirib chiqaruvchi omillar (tuproq sharoiti, iqlim va o‘simlik dunyosi) bo‘yicha ma’lumotlar bazasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tarkibidagi Davlat qo‘riqxonalari, kompleks (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi va ixtisoslashgan pitomniklar tashkiliy tuzilmasiga qarashli Zomin tog‘ o‘rmon qo‘riqxonasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 9 iyundagi 03-02/7-1508-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ma’lumotlar bazasi tadqiqot ob’ektida tuproqlarni eroziya jarayonlaridan muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish