Axmedov Jasur Israilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Global siyosiy o‘zgarishlar sharoitida ijro hokimiyati legitimligini ta’minlash texnologiyalari», 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ss3.
Ilmiy rahbar: Utamurodov Akbar, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Holbekov Abdugani Jumanazarovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Jumaev Rustam Ziyodovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: global siyosiy o‘zgarishlar sharoitida ijro hokimiyati legitimligini shakllantirish usullari va mexanizmlarini ochib berish hamda ijro hokimiyati tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijro hokimiyati legitimligining samarali tipologiyasi sifatida rahbar hodimlarida liderlik, moslashuvchanlik, kommunikativlik, tizimli faoliyat kompitensiyalarini shakllantirish ijro hokimiyatining institutsional mustaqilligi va jamoatchilik oldida hisobdorligini ta’minlovchi omillar ekanligi ochib berilgan;
ijro hokimiyatini aholiga xizmat ko‘rsatishga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hamda huquqiy tartibga solish funksiyalarini raqamlashtirilgan (avtomatlashtirish) tizimga o‘tkazish inson omili qisqartirilgan faoliyatining samarali legitimlashuviga olib kelishi asoslangan.
ijro hokimiyati organlari faoliyatini bahollashning davlat xizmatlarini ko‘rsatish, xalq bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholini qiynayotgan tizimli muammolarini bartaraf etish hamda qonunlar ijrosini samarali amalga oshirish kabi maqsadli ko‘rsatkichlar bilan belgilash yagona davlat siyosatini amalga oshirishdagi legitimligiga xizmat qilishi asoslab berilgan;
ijro etuvchi hokimiyatning boshqa hokimiyat tarmoqlari bilan hamkorlikda ishlashi texnologiyalarini takomillashtirishda inson qadri, manfaatlari, huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi rolini kuchaytirishda ijro hokimiyati organlarining vakillik organlari oldidagi mas’uliyati, hisobdorligini oshirish davlat hokimiyatini legitim demokratlashuv darajasi ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Global siyosiy o‘zgarishlar sharoitida ijro hokimiyati legitimligini ta’minlash texnologiyalari borasida olingan ilmiy natijalar quyidagi faoliyatlarga tatbiq qilingan:
ijro hokimiyati legitimligining samarali tipologiyasi sifatida rahbar xodimlarida liderlik, moslashuvchanlik, kommunikativlik, tizimli faoliyat kompitensiyalarini shakllantirish ijro hokimiyatining institutsional mustaqilligi va jamoatchilik oldida hisobdorligini ta’minlovchi omillar ekanligi ochib berilganligi borasidagi ilmiy yangilik asosidagi taklif hamda tavsiyalardan «Fuqarolik jamiyati» fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi 654-son buyrug‘i, nashr ruxsatnomasi № 654-004). Natijada «Fuqarolik jamiyati» fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmani nazariy-metodologik jihatdan takomillashtirishga xizmat qilgan;
ijro hokimiyatini aholiga xizmat ko‘rsatishga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hamda huquqiy tartibga solish funksiyalarini raqamlashtirilgan (avtomatlashtirish) tizimga o‘tkazish inson omili qisqartirilgan faoliyatining samarali legitimlashuviga olib kelishi asoslanganligi to‘g‘risidagi ilmiy yangilik asosidagi taklif hamda tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazida “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans sari” g‘oyasini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan umummilliy harakatni yuzaga keltirish chora-tadbirlari 8-bandida ko‘zda tutilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 24 dekabrdagi 02/02/1752-son dalolatnomasi). Natijada, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, debatlarning maqsadli o‘tishiga xizmat qilgan;
ijro hokimiyati organlari faoliyatini baholashning davlat xizmatlarini ko‘rsatish, xalq bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholini qiynayotgan tizimli muammolarini bartaraf etish hamda qonunlar ijrosini sifatli amalga oshirish kabi maqsadli ko‘rsatkichlar bilan belgilash yagona davlat siyosatini amalga oshirishdagi legitimligiga xizmat qilishi asoslab berilgan to‘g‘risidagi ilmiy yangilik asosidagi taklif hamda tavsiyalardan O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi faoliyatida ilmiy-amaliy va uslubiy ishlarda manba sifatida foydalanilgan O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasining 2021 yil 27 dekabrdagi 01-27/ 981-son dalolatnomasi). Natija davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ilmiy asoslangan normativ-huquqiy hujjatlar, dasturlar va “Yo‘l xarita”lari ishlab chiqishga xizmat qilgan;
ijro etuvchi hokimiyatning boshqa hokimiyat tarmoqlari bilan hamkorlikda ishlashini takomillashtirish hamda inson qadri, manfaatlari, huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi rolini kuchaytirishda ijro hokimiyati organlarining vakillik organlari oldidagi mas’uliyati va hisobdorligini oshirish davlat hokimiyatini legitim demokratlashuv darajasi ekanligi ochib berilganligi to‘g‘risidagi ilmiy yangilik asosidagi taklif hamda tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi faoliyatida amaliy-tahliliy va tanqidiy yondashuvlarni tatbiq etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 31 yanvardagi 4-13-23-253-son dalolatnomasi). Olingan natijalar “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ishlashni tashkil qilish, shuningdek yoshlarning ijro hokimiyatining legitimligini baholash layoqatini shakllantirishga xizmat qilgan.