Ravshanova Nargiza Norboyevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha yoshdagi bolalarni ilk ekologik tarbiyalashda uzviylikni ta’minlash texnologiyasi”, 13.00.08- Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3 PhD/Ped1887.
Ilmiy rahbar: Hamdamova Mahzuna Tursunovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hurvaliyeva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Abdullayeva Nafisa Shavkatovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarni ilk ekologik tarbiyalashda uzviylikni ta’minlashni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarni ilk ekologik tarbiyalashda uzviylikni ta’minlash texnologiyasi aniq maqsadga qaratilgan ijtimoiy-ekologik jarayonlarning differensial va integrativ xususiyatlarini ta’limiy va tarbiyaiy faoliyatning didaktik imkoniyatlariga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotidagi turli yoshdagi bolalarda ekologik tarbiyani rivojlantirish modeli amaliy mashg‘ulotlarda jismoniy va intellektual xususiyatlariga ko‘ra ijodiy faoliyatlarni oshirish bilan bog‘liq turlarini harakatlanuvchi-o‘yinli, kommunikativ yo‘nalganlikning ketma-ket ko‘rinishlari bilan o‘zaro uyg‘unligi meta – analiz usulini uzviy jadallashtirish algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni ilk ekologik tarbiyalashda uzviylikni ta’minlash jarayoni uzviy ketma-ketlikning mazmunli, maqsadli, shaxsga yo‘naltirilganlik tamoyillarini amaliy-harakatli integrativ tarbiya muhitining o‘zaro aloqadorligi darajalari bilan situativ integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni ilk ekologik tarbiyalashda uzviylikni ta’minlash mezonlari  sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan faol o‘yinli muloqot, uzluksiz tarbiya jarayoni sub’ektlarining o‘zaro hamkorligi traektoriyasini diagnostik-prognostik jihatdan belgilash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ilk ekologik tarbiyalashda uzviylikni ta’minlash texnologiyasi natijalari:
maktabgacha yoshdagi bolalarni ilk ekologik tarbiyalashda uzviylikni ta’minlash texnologiyasi aniq bir maqsadga qaratilgan ijtimoiy-ekologik jarayonlarning differensial va integrativ xususiyatlarini ta’limiy va tarbiyaiy faoliyatning didaktik imkoniyatlariga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 10 fevraldagi 02-07-408/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilk ekologik tarbiyada uzviylik muammosining takomillashtirishni pedagogik imkoniyatlarini tahlil qilish imkoniyati kengaytirilgan; 
maktabgacha ta’lim tashkilotidagi turli yoshdagi bolalarda ilk ekologik tarbiyani rivojlantirish modeli amaliy mashg‘ulotlarda jismoniy va ientellektual xususiyatlariga ko‘ra ijodiy faoliyatlarni oshirish bilan bog‘liq turlarini harakatlanuvchi-o‘yinli, kommunikativ yo‘nalganlikning ketma- ket ko‘rinishlari bilan o‘zaro uyg‘unligi meta – analiz usulini uzviy jadallashtirish algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid taklfilar Toshkent davlat universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 10 fevraldagi 02-07-408/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk ekologik tarbiyani shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan; 
maktabgacha yoshdagi bolalarni ilk ekologik tarbiyalashda uzviylikni ta’minlash jarayoni uzviy ketma-ketlikning mazmunli, maqsadli, shaxsga yo‘naltirilganlik tamoyillarini amaliy-harakatli integrativ tarbiya muhitining o‘zaro aloqadorligi darajalari bilan situativ integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 10 fevraldagi 02-07-408/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bolalarni ilk ekologik tarbiyalashda uzviylikni amalga oshirishning pedagogik modelini takomillashtirish samaradorligi ortgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni ilk ekologik tarbiyalashda uzviylikni ta’minlash mezonlari  sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan faol o‘yinli muloqot, uzluksiz tarbiya jarayoni sub’ektlarining o‘zaro hamkorligi traektoriyasini diagnostik-prognostik jihatdan belgilash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 10 fevraldagi 02-07-408/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada maktabgacha yoshidagi bolalarni ilk ekologik tarbiya darajalarini aniqlash imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish