Muzaffarova Xayitgul Nesibovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Innovatsion texnologiyalar asosida maktabgacha logopediya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish», 13.00.03 – Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2022.4.PhD/P796.
Ilmiy rahbar: Yakubjanova Dilobar Batirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muxabbat Fayziyevna, pedagogika fanlari doktoti, professor; Arslanova Madina Mansurovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi innovatsion texnologiyalar asosida maktabgacha logopediya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Maktabgacha logopediya” fanini o‘qitish metodikasi talabaning potensial imkoniyatlarini maqsadli namoyon qilishga qaratilgan nazariy bilimlarni mustahkamlash, mashg‘ulotlar axborot ta’minotining yangi avlodini yaratish hamda o‘qitishning maxsus-pedagogik jihatlarini innovatsion texnologiyalarga tadrijiy ravishda moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
“Maktabgacha logopediya” fanini innovatsion texnologiyalar asosida o‘qitish jarayoni mashg‘ulotlarni didaktik rejalashtirish, predmetli-metodik va kasbiy-psixologik tayyorgarlik darajasiga amaliy va mantiqiy mushohada elementlarini oddiydan murakkabga arab integratsiyalash asosida takomillashtirilgan; 
“Maktabgacha logopediya” fanini o‘qitish samaradorligi talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash modelini innovatsion texnologiyalar mazmuniga moslashtirish, o‘zini-o‘zi rivojlantirish, pedagogik faoliyat traektororiyasini nazorat qilishning dominant funksiyalarini ta’lim maqsadlariga intensiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha logopediya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish natijadorligi bo‘lajak logopedlarning kasbiy motivatsiyasini loyihalashtirishning variativ, korreksion-pedagogik elementlari, intellektual-ijodiy, korreksion-rivojlantiruvchi va vizual xarakterdagi o‘yin mashg‘ulotlarini kirtish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion texnologiyalar asosida maktabgacha logopediya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Maktabgacha logopediya” fanini o‘qitish metodikasi talabaning potensial imkoniyatlarini maqsadli namoyon qilishga qaratilgan nazariy bilimlarni mustahkamlash, mashg‘ulotlar axborot ta’minotining yangi avlodini yaratish hamda o‘qitishning maxsus-pedagogik jihatlarini innovatsion texnologiyalarga tadrijiy ravishda moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar «Maktabgacha logopediya» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktabrdagi 522- son buyrug‘i asosida berilgan 522-063 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada Maktabgacha logopediya fanini o‘qitish metodikasini milliy va xorijiy tendensiyalari asosida o‘qitishning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
“Maktabgacha logopediya” fanini innovatsion texnologiyalar asosida o‘qitish jarayoni mashg‘ulotlarni didaktik rejalashtirish, predmetli-metodik va kasbiy-psixologik tayyorgarlik darajasiga amaliy va mantiqiy mushohada elementlarini oddiydan murakkabga qarab integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar «Maktabgacha logopediya» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktabrdagi 522-son buyrug‘i asosida berilgan 522-063 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada Bo‘lajak logopedlarni nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarni innovatsion texnologiyalar asosida tashkillashtirish amaliyotiga tayyorlashni takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
“Maktabgacha logopediya” fanini o‘qitish samaradorligi talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash modelini innovatsion texnologiyalar mazmuniga moslashtirish, o‘zini-o‘zi rivojlantirish, pedagogik faoliyat traektororiyasini nazorat qilishning dominant funksiyalarini ta’lim maqsadlariga intensiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar «Maktabgacha logopediya» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktabrdagi 522- son buyrug‘i asosida berilgan 522-063 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada“Maktabgacha logopediya” fanidan talabalarning kasbiy faoliyatiga doir bilim, ko‘nikma va malakasini jadal rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish samaradorligi ortgan; 
maktabgacha logopediya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish natijadorligi bo‘lajak logopedlarning kasbiy motivatsiyasini loyihalashtirishning variativ, korreksion-pedagogik elementlari, intellektual-ijodiy, korreksion-rivojlantiruvchi va vizual xarakterdagi o‘yin mashg‘ulotlarini kirtish asosida takomillashtirishga oid takliflar «Maktabgacha logopediya» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktabrdagi 522-son buyrug‘i asosida berilgan 522-063 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada “Maktabgacha logopediya” fanini o‘qitishda o‘qituvchining innovatsion ta’lim faoliyatini tashkil etish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish