Nafasov Mirzomurod Muxamadovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’limiy mobil ilovalarni yaratish texnologiyasi va ulardan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1510. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti. 
Ilmiy rahbar: Zakirova Feruza Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03 (bir martalik Ilmiy kengash). 
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Bahodir Boltayevich, texnika fanlari doktori (DSc), professor; Fayzieva Maxbuba Raximjonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ta’limiy mobil ilovalarni yaratish texnologiyasi va ulardan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’limiy mobil ilovalarni yaratish bosqichlari SCRUM usulidagi loyiha jadvali (Project backlog), vaqt oralig‘i (Sprint backlog), Scrum-doska, vazifalarni kuydirish diagrammasi (Burndown chart), tayyorlik mezoni (Definition of Done) komponentlarni qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
ta’limiy mobil ilovalar sifatini baholash (dizayni, qulayligi, funksionalligi, foydalanuvchiga ta’siri, barqarorligi) mezonlari mobil ta’lim samaradorligini tavsiflovchi FRAME (The framework for the Rational Analysis of Mobile Education) modelini tatbiq etish qurilmaviy, ta’limiy, ijtimoiy va ularning o‘zaro ta’sir jihatlarini belgilash orqali takomillashtirilgan;
talabalarning web dasturlashga oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish vositalari o‘quv jarayonini individuallashtirish imkonini beruvchi va mobil texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi krossplatformali Flutter dasturiy ta’minoti yordamida EduMobileApp ilovasini yaratish asosida takomillashtirilgan;
web dasturlash asoslari fanini o‘qitish metodikasi aralash ta’limning Selfbrender modeliga ustuvorlik berish orqali auditoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’limni tashkil etishda mobil kompilyator, mobil doska, mobil video texnologiyalarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’limiy mobil ilovalarni yaratish va ulardan foydalanish metodikasi bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
SCRUM usulidagi loyiha jadvali (Project backlog), vaqt oralig‘i (Sprint backlog), Scrum-doska (Scrum taskboard), vazifalarni kuydirish diagrammasi (Burndown chart), tayyorlik mezoni (Definition of Done) komponentlarni qo‘llash orqali takomillashtirilgan ta’limiy mobil ilovalarni yaratish bosqichlariga oid metodik tavsiyalardan 610170-EPP-1-2019-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP ELBA - “Markaziy Osiyoda katta hajmli ma’lumotlarning intellektual tahlili bo‘yicha o‘quv-tadqiqot markazlarini ochish va kurslarni ishlab chiqish” (2019-2022 yy) mavzusidagi xalqaro loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 10 noyabrdagi 84-05-153-son ma’lumotnomasi). Natijada mobil texnologiyalar asosida o‘qitish orqali talabalarning o‘zlashtirish darajasi oshgan va ta’lim samaradorligi ta’minlangan;
mobil ta’lim samaradorligini tavsiflovchi FRAME (The framework for the Rational Analysis of Mobile Education) modelini tatbiq etish asosida qurilmaviy, ta’limiy, ijtimoiy va ularning o‘zaro ta’sir jihatlarini belgilash orqali takomillashtirilgan ta’limiy mobil ilovalar sifatini baholash (dizayni, qulayligi, funksionalligi, foydalanuvchiga ta’siri, barqarorligi) mezonlari “Ta’limda multimedia ilovalari” nomli o‘quv qo‘llanma (ro‘yxatga olish raqami 285-095) mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 10 noyabrdagi 84-05-153-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak mutaxassislarning mobil texnologiyalarni kasbiy faoliyatda qo‘llashga oid kompetensiyalari rivojlangan;
o‘quv jarayonini individuallashtirish imkonini beruvchi va mobil texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi krossplatformali Flutter dasturiy ta’minoti yordamida EduMobileApp ilovasini yaratish asosida takomillashtirilgan talabalarning web dasturlashga oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish vositalarini ishlab chiqishga oid tavsiyalar “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma (ro‘yxatga olish raqami 1023-135) mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 10 noyabrdagi 84-05-153-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning ta’limiy mobil ilovalarni ishlab chiqish kompetensiyalari rivojlantirilgan;
aralash ta’limning Selfbrender modeliga ustuvorlik berish orqali auditoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’limni tashkil etishda mobil kompilyator, mobil doska, mobil video texnologiyalarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan web dasturlash asoslari fanini o‘qitish metodikasiga oid tavsiyalardan AIF 2/20 - “Texnik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali muhandislarni tayyorlash sifatini va o‘qituvchilar malakasini oshirish” (2019-2022 yy.) mavzusidagi xalqaro grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 10 noyabrdagi 84-05-153-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’limiy mobil ilovalardan foydalanib, talabalarning mustaqil ta’limini samarali tashkil qilish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish