Raxmanov Abdurauf Muxammedovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jamiyatni modernizatsiyalash jarayonida yoshlarning tadbirkorlik faolligini oshirish omillari», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fal330.
Ilmiy rahbar: Davronov Ziyodulla, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Abdullayeva Nasiba Bo‘ronovna, falsafa fanlari doktori, dotsent; G‘aniyev Bahodirjon Sodiqjonovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyat va davlatni modernizatsiyalash jarayonida yoshlar tadbirkorlik faolligini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatni modernizatsiyalash jarayonida yosh tadbirkorning kreativ tafakkur, zamonaviy huquqiy bilimlarga ega bo‘lishi, faoliyatini tashkil etishda qadriyatlarga asoslanishi, bilim va malakalarning egallanishi ijtimoiy rivojlantirish paradigmasi orqali ochib berilgan;
Yangi O‘zbekistonning dialektik taraqqiyotini ta’minlashda iqtisodiy modernizatsiya va yosh tadbirkorlik sub’ektlariga yaratilayotgan huquqiy, tashkiliy, institutsional ta’minotlarni integratsiyalashtirishning ijtimoiy-falsafiy, konseptual va aksiologik jihatlari ochib berilgan;
yoshlarning ijtimoiy faolligi, fuqarolik pozisiyasi, intellektual uyg‘unlashuvi natijasida yuzaga keladigan insoniy resurslarini samarali boshqarish tadbirkorlik faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi progressga xizmat qiluvchi va iqtisodiy faol aholi qatlami shakllanishida muhim omil ekanligi asoslangan;
tadbirkorlik fenomeni ijtimoiy taraqqiyotdagi asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida bunyodkor yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar katalizatori sifatida namoyon bo‘lishi hamda takrorlanmas va innovatsion shaklga ega ekanligi falsafiy jihatdan ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyatni modernizatsiyalash jarayonida yoshlarning tadbirkorlik faolligini oshirish omillarini o‘rganish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
jamiyatni modernizatsiyalash jarayonida yosh tadbirkorning kreativ tafakkur, zamonaviy huquqiy bilimlarga ega bo‘lishi, faoliyatini tashkil etishda qadriyatlarga asoslanishi, bilim va malakalarning egallanishi ijtimoiy rivojlantirish paradigmasi orqali ochib berilganligiga oid taklif va tavsiyalari O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining ish rejasiga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirishda o‘ziga xos ilmiy manba vazifasini o‘tamoqda hamda ushbu tadqiqot xulosalari partiya faoliyatidagi dolzarb masalalarni samarali hal etishga yordam berishi hisobga olingan holda amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2021 yil 3 maydagi 01-27/378-son ma’lumotnomasi). Natijada, Respublika yoshlarining jamiyatni modernizatsiya qilish jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, yoshlarning tadbirkorlik faolligini oshirish mexanizmlarini rivojlantirish orqali yoshlarda Vatanga daxldorlik hissini, mas’uliyat fazilatlarini shakllantirishda, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonning dialektik taraqqiyotini ta’minlashda iqtisodiy modernizatsiya va yosh tadbirkorlik sub’ektlariga yaratilayotgan huquqiy, tashkiliy, institutsional ta’minotlarni integratsiyalashtirishning ijtimoiy-falsafiy, konseptual va aksiologik jihatlariga oid amaliy takliflardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2021 yil 29 apreldagi 04-13/-490-son ma’lumotnoma). Natijada Respublika yoshlarining jamiyatni modernizatsiya qilish jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, yoshlarning tadbirkorlik faolligini oshirish mexanizmlarini rivojlantirish orqali yoshlarda Vatanga daxldorlik hissini, mas’uliyat fazilatlarini shakllantirishda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
yoshlarning ijtimoiy faolligi, fuqarolik pozisiyasi, intellektual uyg‘unlashuvi natijasida yuzaga keladigan insoniy resurslarini samarali boshqarish, tadbirkorlik faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi progressga xizmat qiluvchi va iqtisodiy faol aholi qatlami shakllanishida muhim omil ekanligi to‘g‘risidagi taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2022 yil 5 oktabr 11/03-15-10658-son ma’lumotnoma). Natijada ushbu tahlil etish uslubiyotini amaliyotda qo‘llash asosida innovatsion faoliyat, jamiyatni modernizatsiyalash jarayonida yoshlar tadbirkorlik faoliyati, rivojlantirish mexanizmlari, yoshlar innovatsion tadbirkorlik faoliyatining huquqiy, me’yoriy jihatlari hamda yoshlar tadbirkorligiga oid nazariy, amaliy xulosalar ishlab chiqilgan;
tadbirkorlik fenomeni ijtimoiy taraqqiyotdagi asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida bunyodkor yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar katalizatori sifatida namoyon bo‘lishi hamda takrorlanmas va innovatsion shaklga ega ekanligi falsafiy jihatiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 28 sentyabr 4-13 -23-3161-son ma’lumotnoma). Natijada tadqiqotda keltirilgan modernizatsiya jarayonida yoshlar tadbirkorlik faolliyatini rivojlantirish, innovatsion tadbirkorlik faoliyatining huquqiy, me’yori jihatlari Yangi O‘zbekiston yoshlarining tadbirkorlik ko‘nikma va salohiyatini oshirishga xizmat qilgan.