Jo‘rayev Ahmad Muhammadiyevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tinchlikparvarlik tamoyili va uning milliy taraqqiyotdagi ahamiyati” (falsafiy-axloqiy tahlil), 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (etika) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Fal189.
Ilmiy rahbar: Husanov Bahodir Ergashovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Karimov Baxtiyor Raxmonovich, falsafa fanlari doktori, professor; O‘tamurodov Akbar O‘tamurodovich, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tinchlikparvarlik tamoyili va uning milliy taraqqiyotdagi ahamiyatini falsafiy-axloqiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“tinchlikparvarlik” tushunchasining tamoyil sifatidagi axloqiy mohiyati anglashda antikvarizm va prezentizm asoslariga tayanish, tinchlikni ehtiyoj va ijtimoiy zaruriyat sifatida his qilish hamda daxldorlik hissini jamiyat a’zolarida shakllantirishning umumnisoniy qadriyatlarga bog‘liqligi ochib berilgan;
globallashuv sharoitida tinchlikparvarlikni ta’minlashning metodologik va konseptual gipotezalari insoniyat tafakkur taraqqiyoti bosqichlarida insonparvarlik, adolatparvarlik, erkparvarlikka, tinchlikni ta’minlashga nisbatan davlatlararo hamkorlik dinamikasining indikator va indekslarga bog‘liqligi ochib berilgan;
tinchlikparvarlikni dunyoning ilmiy manzarasida aks ettirishda prognozlashtirishning urush xavfini bartaraf etishda demobilizatsiya va reintegratsiyaga erishishning madaniy-axloqiy va an’anaviy-akseologik jihatlari ochib berilgan;
yoshlarga tinchlikparvarlik g‘oyasining mazmun-mohiyatini zamonaviy davlatni boshqarishda adolatli qonunlarga tayanish mexanizmlari, gumanizmni axloqiy mazmunda tushuntirishga erishishning fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorlikdagi tinchlik – ogohlik – daxldorlikning g‘oyaviy yaxlitligi, ma’naviy integratsiyasi va axloq uyg‘unlikni ta’minlashning tendensiyalari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda tinchlikparvarlik va uning milliy taraqqiyotdagi ahamiyatini ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berish davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
“tinchlikparvarlik” tushunchasining tamoyil sifatidagi axloqiy mohiyati anglashda tarixiylik va zamonaviylik prinsiplarini hisobga olish, tinchlikni ehtiyoj va ijtimoiy zaruriyat sifatida his qilish hamda daxldorlik hissini jamiyat a’zolarida shakllantirishning integrativ va kommunikativ mezonlariga oid amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi hamkorligida tinchlikparvarlik axloqiy faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari va istiqbollari doirasida bir qator teleradio eshittirishlar “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Hamroh” dasturlari senariylarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 15 fevraldagi 04-25-224-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari yoshlar dunyoqarashida tinchparvarlik axloqiy tamoyilining bugungi kunda O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim aspekti ekanligini argumentlash, yangicha yondashuvlar asosida siyosiy savodxonlik va ijtimoiy mas’uliyatini oshirishga xizmat qilgan.
globallashuv sharoitida tinchlikparvarlikni ta’minlashning metodologik va konseptual gipotezalari shakllantirishning insonparvarlik, adolatparvarlik, erkparvarlikka bog‘liqligi, tinchlikni ta’minlashga nisbatan davlatlararo hamkorlik dinamikasining indikator va indikslarga bog‘liqligiga oid olingan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Jimoniy tarbiya va sport vazirligi ta’lim tizimida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2021 yil 15 fevraldagi 13-07-08-520-son ma’lumotnomasi). Natijalar, yoshlarning dunyoqarashidagi tinchlikparvarlikka nisbatan yangi yondashuvlar shakllanishiga xizmat qilgan;
tinchlikparvarlikni dunyoning ilmiy manzarasida aks ettirishda pragnozlashtirishning tarixiy analogiya, ekstropolyasiya, modellashtirish kabi metodlaridan foydalanishga didaktik, axloqiy, ijtimoiy-ma’naviy mezonlarga asoslanishning falsafiy jihatlariga oid g‘oyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 3 martdagi 1-son 1-ilova “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida” ma’naviy-ma’rifiy immunitetini mustahkamlashga doir chora tadbirlar dasturining 3 bob “Dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritish oid tadbirlar doirasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot materiallari, ma’ruzalar, bukletlar, flaerlar o‘quv-uslubiy materiallarda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 16 martdagi 02/07-253-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinchlik va tinchlikparvarlik ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga hamda ahalida vatanparvarlik, sadoqat va ogohlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan;
yoshlarga tinchlikparvarlik g‘oyasining mazmun-mohiyatini zamonaviy axloqiy tarbiya targ‘ibot texnologiyalari asosida singdirishning hamda ularning axloqiy faoliyatni jadallashtirishga yo‘naltirilgan amaliyotga erishishning samarali omillar, motivatsiyasini oshirishga qaratilgan ta’lim va tarbiya dialektikasiga erishishning nazariy asoslariga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining “Yoshlar-kelajagimiz” davlat dasturini Toshkent viloyati hududlarida bajarilishida, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi kuzatuv kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ega bo‘lgan tinchlikparvarlik va uning milliy taraqqiyotdagi ahamiyatining ilmiy xulosalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 26 dekabrdagi 4-13-23-4480-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar dunyoqarashida tinchlikparvarlikning ta’limiy va tarbiyaviy asoslari takomillashtirish, yoshlar o‘rtasida o‘z Vataniga, mahallasiga bo‘lgan muhabbatining yanada ortib borishi, yurt tinchligi va xalq farovonligini yuksalishiga xizmat qilgan.