Iymanov Javlon Saidraxmonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy Osiyoda ma’naviy barqaror muhit istiqbollari: muammo va yechimlar (ijtimoiy-falsafiy tahlil)”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fal465.
Ilmiy rahbar: Qaxxorova Matlyuba Manofovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Erkayim Koziyevna, falsafa fanlari doktori, professor; Qambarov Abdumutal Axadjanovich, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikka yo‘naltirilgan hamkorik faoliyatining ijtimoiy-falsafiy jihatlari orqali mintaqa ma’naviy muhitini barqarorlashtirish texnologiyalarini aniqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Ma’naviy barqaror muhit” tushunchasi orqali mintaqada amalga oshirilayotgan hamkorlik aloqalarining siyosiy, iqtisodiy yoki xavfsizlik, ma’naviy barqaror muhitni shakllantirishga bo‘lgan harakat, hamkorlik faoliyatining Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar indikatorlari aniqlangan;
barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan shartnomalar va kelishuvlar, ko‘p tomonlama hamkorlik munosabatlari natijasi mintaqa barqarorligini ta’minlaydigan muhim omil ekanligi adekvatlik (o‘xshashlik) asosda davlatlarning o‘zaro hamkorligi umummanfaatlarga xizmat qilishi asoslangan;
Markaziy Osiyo davlatlarida ma’naviy barqaror muhitni shakllantirishda O‘zbekistonning bevosita manfaatdorlik jihatlarining tinchlik, ijtimoiy tenglik va boy ma’naviy qadriyatlarining tenglik tamoyillari ochib berilgan;
Markaziy Osiyo mintaqasida ma’naviy barqaror muhitni shakllantirishda o‘zaro tenglik va manfaatdorlikka asoslangan pragmatik siyosat aksidensiya (tasodif) emas, balki konvergensiya (yaqinlashish, o‘xshashlik) bo‘lgani uchun hamjihatlikda harakat qilish mintaqa davlatlari uchun birdek manfaatli ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalari bo‘yicha mintaqada barqaror muhit istiqbollari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida quyidagilarga erishildi:
“Ma’naviy barqaror muhit” tushunchasi orqali mintaqada amalga oshirilayotgan hamkorlik aloqalarining faqatgina siyosiy, iqtisodiy yoki xavfsizlik, ma’naviy barqaror muhitni shakllantirishga bo‘lgan harakat, hamkorlik faoliyatining Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar indikatorlari aniqlangani kabi xulosalaridan Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishda, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari hamkorligiga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasining 2022 yil 30 iyun 14-07-1105-son ma’lumotnomasi). Natijada Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari hamkorligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlarning ilmiy-metodik ta’minoti kuchaygan va amaliy ahamiyati ortgan;
barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan shartnomalar va kelishuvlar, ko‘p tomonlama hamkorlik munosabatlari natijasi mintaqa barqarorligini ta’minlaydigan muhim omil ekanligi adekvatlik (o‘xshashlik) asosda davlatlarning o‘zaro hamkorligi umummanfaatlarga xizmat qilishi asolanganligiga oid tadqiqot natijasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining aholi bilan uchrashuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2022 yil 20 iyul kungi 8-son dalolatnomasi). Natijada mudofaa va xavfsizlik sohasiga oid qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflar tayyorlashda xizmat qilgan; 
Markaziy Osiyo davlatlarida ma’naviy barqaror muhitni shakllantirishda O‘zbekistonning bevosita manfaatdorlik jihatlarining tinchlik, ijtimoiy tenglik va boy ma’naviy qadriyatlari tenglik tamoyillari ochib berilganiga hamda Markaziy Osiyo mintaqasida ma’naviy barqaror muhitni shakllantirishda o‘zaro tenglik va manfaatdorlikka asoslangan pragmatik siyosat aksidensiya (tasodif) emas, balki konvergensiya (yaqinlashish, o‘xshashlik) bo‘lgani uchun hamjihatlikda harakat qilish mintaqa davlatlari uchun birdek manfaatli ekanligi asoslanganiga doir ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyati bo‘limining 2021-2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tadbiq etilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 17 iyun 150-son dalolatnomasi). Natijalar, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohari rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi IX. Geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish 37-bandi Geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, turli ma’naviy tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro tajribani o‘rganishda xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish