Ibragimov Javlon Yormatovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili mustaqil leksemalarining xususiy birikuvchilari va ularning modellari”, 10.01.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Fil2824.
Ilmiy rahbar: Mengliyev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Shahobiddinova Shohida Hoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Muhamedova Saodat Xudoyberdiyevna, filologiya fanlari doktori, professor; Umurqulov Bekpo‘lat Normurodovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili mustaqil leksemalarining xususiy birikuvchilarini aniqlash, ularning modellarini ishlab chiqishning birikuvchanlik lug‘atlarini yaratishdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon tilshunosligida so‘zlar birikuvi masalasi hamda valentlik nazariyasi birikuvchanlik lug‘atlarining yaratilishiga, lug‘atlar esa mashina tarjimasi, avtomatik matn kiritish kabi sohalar taraqqiyotiga xizmat qilganligi dalillangan;
birikuvchanlikning leksikografik xususiyatlari izohli lug‘atlarda bosh so‘z izohini aniqlashtirish orqali tarjima lug‘atlarida o‘zga tildagi so‘zning tarjimasini ta’minlash, birikuvchanlik lug‘atlarida boshqa so‘zlar bilan birikma hosil qilish imkoniyatini ifodalashdan iborat ekanligi ochib berilgan; 
o‘zbek tili so‘zlar birikuvchanligi lug‘atining lingvistik ahamiyati so‘z semantik xususiyatlarini to‘liq ochish, uning jonli nutqda qanday so‘zlar bilan va qanday nutq vaziyatlarida qo‘llana olishini aniqlashtirishda namoyon bo‘lishi isbotlangan;
o‘zbek tili mustaqil leksemalarining xususiy birikuvchili sodda va murakkab qoliplarining umumiy birikuvchili so‘z birikmalari qoliplaridan farqi xususiy birikuvchili qoliplarning nisbatan quyi bosqichda joylashishi orqali ochib berilgan; 
o‘zbek tili matnlarida qo‘llangan so‘zlarning bevosita va bilvosita xususiy birikuvchili birikmalarining ishlab chiqilgan modellari milliy korpus sintaktik analizatori uchun ta’minot vazifasini bajarishi isbotlangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dunyo hamda o‘zbek tilidagi leksemalarning birikuvchanlik xususyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
jahon tilshunosligida so‘zlar birikuvi masalasi hamda valentlik nazariyasining o‘rganilishi birikuvchanlik lug‘atlarining yaratilishiga, lug‘atlar esa mashina tarjimasi, avtomatik matn kiritish kabi sohalar taraqqiyotiga xizmat qilganligi dalillanganiga doir xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusida bajarilgan FA-F1-G003 fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 22-iyuldagi 17-01/186-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari so‘zlar birikuvchanligining yangi so‘z yasash bilan bog‘liq xususiyatlari, ularning umumiy va birikuvchanlik lug‘atlarida berilishiga oid yangi ilmiy manba va ma’lumotlar bilan boyitish imkonini bergan;
birikuvchanlikning leksikografik xususiyatlari izohli lug‘atlarda bosh so‘z izohini aniqlashtirish orqali tarjima lug‘atlarida o‘zga tildagi so‘zning tarjimasini ta’minlash, birikuvchanlik lug‘atlarida boshqa so‘zlar bilan birikma hosil qilish imkoniyatini ifodalashdan iborat ekanligi ochib berilganiga oid natijalaridan Toshmuhammad Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan 2020-2022- yillarda bajarilgan F3-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfavit va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotni rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (T.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 19-oktabrdagi 281-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar, tezislar hamda monografiyalar saviyasini oshirishda xizmat qilgan; 
o‘zbek tili so‘zlar birikuvchanligi lug‘atining lingvistik ahamiyati so‘z semantik xususiyatlarini to‘liq ochish, uning jonli nutqda qanday so‘zlar bilan va qanday nutq vaziyatlarida qo‘llana olishini aniqlashtirishda namoyon bo‘lishi isbotlanganiga oid nazariy fikrlardan 5220100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “Hozirgi o‘zbek tili” darsligining “Til birliklari”, “Barqaror birikmalar” deb nomlangan qismlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 27 martdagi 274-son buyrug‘iga muvofiq 274-312 raqami asosida ro‘yxatga olingan). Natijada darslikdagi til birliklari va barqaror birikmalar, ularning birikuvchanlik lug‘atlarida aks etishiga oid ma’lumotlar nazariy va amaliy jihatdan boyitish imkonini bergan;
o‘zbek tilshunosligi tarixidagi valentlik tushunchasi, so‘zlar birikuvi masalalari tadqiqi o‘rganilgan, ulardagi muammolar aniqlangan, xususiy birikuvchilar, ularning lug‘atlarini yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan yechim va vazifalar ochib berilganiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2018-2020-yillarga mo‘ljallangan Bv-Atex2018-(251+143) “Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audio kitob ta’minotini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 14-noyabrdagi 04-1-3108-1 son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek matnlaridagi mustaqil leksemalarning xususiy birikuvchanligi, birikuvchanlik lug‘atlarining ahamiyatiga oid ma’lumotlarni aniqlashtirishga erishish imkonini bergan;
o‘zbek tilida hokim va tobe mavqeli so‘zlarning birikuvchanlik xususiyatlari aniqlangan, so‘zlar birikuvchanligi lug‘atining o‘zbek tili mustaqil so‘zlari xususiy birikuvchilarining qoliplarini ishlab chiqish, so‘zlarning bevosita va bilvosita xususiy birikuvchili birikmalari modellashtirishdagi zarurati va ahamiyati dalillanganiga oid xulosalaridan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Oltin voha” dasturidagi “Ochiq muloqot” radioeshittirishining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 27-dekabrdagi 17-05/345-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur radioeshittirish uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish