Boboev Qobil Kamolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Parkinson kasalligining epidemiologik xolatini baxolash va ko‘rsatilayotgan davolash-profilaktik yordamni takomillashtirish (Toshkent viloyati misolida)», 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari), 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib1007.
Ilmiy rahbarlar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Raimova Malika Muxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Shaxnoza To‘lqinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Nargiza Nurmamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Parkinson kasalligining epidemiologik ko‘rsatkichlarini o‘rganish va bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Parkinson kasalligining erkaklarda ayollarga nisbatan aralash shakli (titroq va akinetik-rigid) neyrotoksinlar ta’sirida rivojlangan dofaminergik va xolinergik disfunksiya xisobiga keng tarqalishi va avj olishiga sabab bo‘lishi aniqlangan;
ilk bor Parkinson kasalligining kelib chiqishida ahamiyatli omillar uchrash xavfi darajasiga ko‘ra (irsiy moyillik-4,7; qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari bilan bog‘liq mexnat-3,5; bemorlarning koniqarsiz yashash sharoitlari-2,6; oilada qoniqarsiz ruxiy xolat-2,5) kompleks baxolovchi ikki maydonli prognostik ballik tizim orqali aniqlangan;
Parkinson kasalligining aralash turida barcha motor simptomlar va nomotor simptomlardan vegetativ buzilishlar xarakat cheklanishi bilan ko‘p kuzatilishi sababli erkaklarda nogironlik darajasi yuqoriligi aniqlangan;
sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi tibbiy bo‘g‘in muassasalarida bemorlarga ko‘rsatilayotgan tashxislash-davolash-profilaktik yordamni bemorga bog‘liq bo‘lgan va bo‘lmagan omillarni kamaytirishga yo‘naltirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish xarakat chizmasi (marshrutizatsiya) kasallikni boshlang‘ich va kechki bosqichlariga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Parkinson kasalligining klinik-epidemiologik xususiyatlari, turmush sharoiti, turmush tarzi va tibbiy faolligi, xavf omillari, kasallikning tibbiy, ijtimoiy iqtisodiy samaradorligini o‘rganish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
Parkinson kasalligining erta va kechki boskichlaridagi klinik belgilar va ularni davolash aspektlarini aniklash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Parkinson kasalligining erta va kechki boskichlaridagi klinik belgilar va ularni davolash aspektlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 noyabrdagi 8n-z/420-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bemorlar turmush tarzi va sharoitinibaxolash, yetakchi xavf omillarni aniqlash va ular asosida prognostik jadvallar ishlab chiqish, hamda individual differensiallashgan davolash-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish imkonini bergan;
Parkinson kasalligida tashxislashni optimallashtirish va nogironlik faktorlari taxlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Parkinson kasalligida tashxislashni optimallashtirish va nogironlik faktorlari taxlili» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 apreldagi 8n-r/336-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Parkinson kasalligidan kasallanish va nogironlik natijasida kelib chiqadigan iqtisodiy zararni xisoblash, ishlab chiqilgan chora tadbirlarni amalga oshirishda ushbu zararni kamaytirish, hamda bemorlarga individual differensiallashgan davolash-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini o‘tkazish yo‘li bilan ularning hayot sifatini va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishini yaxshilash imkonini bergan;
Parkinson kasalligiga chalingan bemorlar va ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy- ijtimoiy yordamni takomillashtirishga qaratilgan tizimli tadqiqot tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-klinikasining nevrologiya bo‘limi, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining tibbiy reabilitatsiya bo‘limi, Toshkent shaxar 5-son klinik shifoxonasi nevrologiya bo‘limi amaliyotiga joriy qilingan (Toshkent davlat stomatologiya institutining 04-295 ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar tibbiy-ijtimoiy muassasalarning tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini oshishi, kasallikka chalingan shaxslarning salomatligini va ularning hayot sifatini yaxshilash hamda ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordamdan qoniqish hissini oshirish imkonini bergan.