Qurbonova Oftoboyim Husniddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qashqadaryo viloyati sharoitida kunjutdan mo‘l hosil etishtirish agrotexnologiyasini yaratish”, 06.01.01 – Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2019.3.PhD/Qx439
Ilmiy rahbar: Isaev Sabirjan Xusanbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Negmatova Surayyo Teshaevna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kunjutning “Tashkentskiy-122” navini ekish muddati, ekish me’yorlari, sug‘orish tartiblarining tuproq agrofizikaviy, agrokimyoviy xossalari, uning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligiga ta’sirini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, Qashqadaryo viloyatining qadimdan sug‘oriladigan, och tusli bo‘z, engil qumoq tuproqlari sharoitida kunjutning “Tashkentskiy -122” navini ekish muddati va me’yorlari amalga oshirilganda variantlarga nisbatan tuproq hajm massasi 0,02–0,03 g/sm3 kamayib, tuproqning g‘ovakligi esa 0,2–0,4 foizgacha ortib, tuproqning suv o‘tkazuvchanligi ko‘rsatkichlari 23,8–23,6 m3/ga gacha kamayishi aniqlangan;
kunjutning “Tashkentskiy-122” navini 15 may muddatida gektariga 2,0 mln dona urug‘ ekib, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 65-65-60 % da, mineral o‘g‘itlarni me’yori N100P80K60 kg/ga miqdorda oziqlantirilib, mavsumiy sug‘orish me’yori 1250 m3/ga sug‘orilib, kunjutdan 12,3 s/ga yoki nazoratga nisbatan 2,1 s/ga qo‘shimcha don hosili olishga erishilgan;
kunjutni 15 iyun` muddatida “Tashkentskiy-122” navini gektariga 2,0 mln dona urug‘ ekib, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 75-75-60 % da, mineral o‘g‘itlarni me’yori N100P80K60 kg/ga miqdorda oziqlantirilib, mavsumiy sug‘orish me’yori 1250 m3/ga sug‘orilib, kunjutdan 8,7 s/ga yoki nazorat variantiga nisbatan 2,3 s/ga qo‘shimcha don hosili olingan, har bir gektaridan 578,2 ming so‘m/ga sof foyda, rentabellik darajasi 28,3 % ga yuqori bo‘lishiga erishilgan;
kunjutni 15 mayda ekib, sug‘orish oldi tuproq namligi ChNDSga nisbatan 65-65-60 % tartibda, gektariga 1,5 mln dona (5 kg/ga) me’yorda ekilganda kunjut bo‘yi 135 sm, yon hosil shohi 5 dona, 1000 dona urug‘ og‘irligi 2,1 gramni tashkil etgan bo‘lsa, gektariga 2,0 mln dona (6 kg/ga) me’yorda etishtirilganda yuqoridagilarga mos holda 142; 7; 2,5; gektariga 2,5 mln dona (7 kg/ga) me’yorda ekilganda 138; 5; 2,4 va gektariga 3,0 mln dona (8 kg/ga) me’yorda ekilganda 140; 5; 2,3 grammni tashkil etgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qashqadaryo viloyatining qadimdan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kunjutning “Tashkentskiy -122” navini turl ekish muddatlari va me’yorini ekishni joriy qilish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Qashqadaryo viloyati sharoitida kunjut navidan yuqori va sifatli don hosili olish” bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 16 iyuldagi 02/027-04-4721-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tavsiyanoma Qashqadaryo viloyati sharoitida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida kunjutni ekish muddatlari va me’yorlarini qo‘llashda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Qashqadaryo viloyatining qadimdan sug‘oriladigan, och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kunjutning “Tashkentskiy -122” navini Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi “Maxmasha bobo agrochorva” fermer xo‘jaligida 11,7 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 16 iyuldagi 02/027-04-4721-son ma’lumotnomasi). Natijada, gektariga kunjut donidan 11,7 s/ga yoki nazoratga nisbatan 1,9 s/ga qo‘shimcha don hosil olingan. Kunjutning “Tashkentskiy-122” navlaridan ekish muddati va me’yorlaridan yuqori hosil olingan;
Qashqadaryo viloyatining qadimdan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kunjutning “Tashkentskiy -122” navidan yuqori va sifatli don hosili olish uchun Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi “Ixtiyorov Asrorbek” fermer xo‘jaligida 12,5 gektar va “Bobonazarov Doniyorbek” fermer xo‘jaligida 10,5 gektar, jami 23 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 16 iyuldagi 02/027-04-4721-son ma’lumotnomasi). Natijada andoza naviga nisbatan bir marta sug‘orish soni kam bo‘lishi hisobiga sug‘orish suvlari tejalishiga erishilgan hamda kunjut donidan 2,2 s/ga qo‘shimcha don hosili olingan.